Fanidan O’quv-uslubiy majmua


-MAVZU.Buxgalteriya xodimlari vazifalar taqsimoti, ularning kasb maxorati va kasb madaniyati



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə72/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

12-MAVZU.Buxgalteriya xodimlari vazifalar taqsimoti, ularning kasb maxorati va kasb madaniyati.
O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012 yil 8 iyundagi 76-um-son buyrug’iga 19-ilova O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Markaziy buxgalteriyasi to’g’risida N I Z O M I. Umumiy qoidalar
1. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Markaziy buxgalteriyasi (bundan buyon matnda Buxgalteriya deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, bevosita O’zbekiston Respublikasi adliya vaziriga bo’ysunadi.
2. Buxgalteriya o’zining faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to’g’risidagi nizomga, Vazirlik Hay’atining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining (bundan buyon matnda vazir deb yuritiladi) buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. II. Buxgalteriyaning vazifalari va funksiyalari
3. Buxgalteriyaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek boshqa adliya organlari va muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va nazorat qilish; adliya organlari va muassasalarining buxgalteriya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish va umumiy rahbarlikni amalga oshirish; adliya organlari va muassasalarini belgilangan tartibda moliyalashtirish. 4. Buxgalteriya o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: pul mablag’larini, tovar-moddiy boyliklarni va asosiy vositalarni harakati bo’yicha buxgalteriya hisobi va hisobotlarini belgilangan qoidalarga asosan qat’iy olib borilishini ta’minlaydi moliyaviy hisobotlarni tahlil qiladi va umumlashtiradi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta xarajatlari ro’yxatiga muvofiq adliya organlari va muassasalarini o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirilishini ta’minlaydi; boshqarish ishlari samarasini oshirish maqsadida buxgalteriya hisobkitoblarining ko’rsatkichlarini umumlashtiradi va iqtisodiy tahlil qilib boradi; adliya organlari va muassasalarining byudjet va byudjetdan tashqari hisob raqamlariga pul mablag’larining kelib tushishi, ularning maqsadli va to’liq sarflanishini tashkillashtiradi, o’rganadi, tahlil qiladi va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot beradi; adliya organlari va muassasalarida ajratilgan mablag’larni hamda moddiytovar boyliklarning maqsadli ishlatilishi nazorat qiladi, bu yo’nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan vazirlik rahbariyatiga hisobotlar berib boradi; belgilangan ish haqi fondining limitlari miqdorida Adliya vazirligining markaziy apparati, adliya organlari va muassasalari xodimlari va xizmatchilari sonining shtat ro’yxatlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun taqdim etadi, xodimlar ish haqini o’z vaqtida berilishini ta’minlaydi; aktivlarning mavjud holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlar, kreditorlik va debitorlik qarzdorlik holati to’g’risidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobotlarida to’liq va to’g’ri aks ettirilishini ta’minlaydi; byudjet va byudjetdan tashqari hisob raqamlarga xo’jalik faoliyatidan, pullik xizmatdan kelib tushayotgan to’lovlarni to’g’ri hisoblanishini hamda o’z vaqtida o’tkazilishini tashkillashtiradi, hisobini yuritadi, umumlashtiradi va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot beradi; adliya organlari va muassasalarining buxgalteriya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va ularga uslubiy ko’rsatmalar beradi; tasdiqlangan smeta xarajatlari ro’yxati asosida moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag’larni belgilangan tartibda ko’chirish choralarini ko’radi va maqsadli ishlatilishining hisobini yuritadi; Vazirlikning Ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda moddiy-tovar boyliklarning, texnika, bino va inshootlarning, shuningdek, boshqa molmulklarning hisob-kitobini yuritadi, shu jumladan, ularni hisobdan chiqaradi, qayta baholash ishlarini amalga oshiradi, yetkazib berilgan mahsulotlarda kamomad, yaroqsiz va sifatsiz holatlar aniqlanganda, ular yuzasidan da’vo arizalari tayyorlaydi; adliya organlari va muassasalarining byudjet hamda Sudlar va adliya idoralarini rivojlantirish jamg’armasiga oid yillik, choraklik xarajatlar smetasini tayyorlaydi, boshqa hisob raqamlaridagi pul mablag’lariga oid yillik, choraklik xarajatlar smetasini umumlashtiradi, ajratilgan mablag’larni belgilangan tartibda ko’chiradi va maqsadli sarflanishini nazorat qiladi; adliya organlari va muassasalarida pul mablag’larini, moddiy-tovar boyliklarni va asosiy vositalarni harakati bo’yicha hisobotlarning lozim darajada yuritilishini tashkillashtiradi; adliya organlari va muassasalariga ajratilgan ish haqi fondining to’g’ri ishlatilishini, shuningdek, ish haqidan byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlarni to’g’ri hisoblanishini hamda o’z vaqtida o’tkazilishini tahlil qiladi; buxgalteriya faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilish va o’zaro tajriba almashish maqsadida adliya organlari va muassasalari buxgalteriya bo’limi xodimlari bilan seminarlar, o’quv mashg’ulotlari va boshqa tadbirlar o’tkazadi; moddiy-tovar boyliklar, naqd pul mablag’lari olib kelish, bajarilgan ishlar va xizmatlarni qabul qilish bo’yicha ishonchnomalar beradi, ularni ro’yxatga oladi va hisobini yuritadi; Vazirlik tomonidan tuzilgan xo’jalik shartnomalari ijrosini nazorat qiladi, to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydi, shartnomalar nusxasini saqlaydi. Buxgalteriya o’z vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
III. Buxgalteriyaning huquqlari va majburiyatlari
5. Buxgalteriya o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: tegishli tashkilotlardan, shu jumladan adliya organlari va muassasalaridan Buxgalteriya vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan hujjatlar va boshqa ma’lumotlarni so’rash, talab qilish va olish; adliya organlari va muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobotini belgilangan shakllarga mos holda yuritilishini taqdim etilgan hujjatlar asosida yoki rahbariyat buyrug’i asosida joyiga chiqib tekshirish, tahlil qiladi va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot berish; Buxgalteriya faoliyatini takomillashtirish, muvofiqlashtirish yuzasidan topshiriq xatlari, ko’rsatmalar, ogohnomalar, taqdimnomalar, tanbeh xatlari tayyorlash, rahbariyat buyrug’i asosida tekshirish olib borish va natijalari 4 bo’yicha ma’lumotlar hamda dalolatnomalar tuzish, qonunbuzarliklarni oldini olish choralarini ko’rish. Buxgalteriya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
6. Buxgalteriya o’ziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgardir. IV. Buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish
7. Buxgalteriya rahbarligini vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh buxgalter amalga oshiradi. Bosh buxgalter o’rinbosarga ega. Bosh buxgalterning o’rinbosari va Buxgalteriyaning boshqa xodimlari vazir tomonidan lavozimlariga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
8. Bosh buxgalter: Buxgalteriya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, *Buxgalteriya ishlarini tashkillashtiradi, yo’naltiradi va nazorat qiladi;
*Buxgalteriyaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
8*Buxgalteriya tarkibiy tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, xodimlar o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi va funksional vazifalar, aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik doirasini belgilaydi;
* vazirlik rahbariyati topshiriqlari, farmoyishlari, buyruqlari va ko’rsatmalarining xodimlar tomonidan bajarilishini tekshiradi, hujjatlarning o’z vaqtida ijro etilishini nazorat qiladi; vazirlik rahbariyatiga xodimlarni rag’batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida takliflar kiritadi;

*Buxgalteriya tarkibini hamda faoliyatini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi, buxgalteriya faoliyatiga oid muhim masalalar haqida vazir va uning o’rinbosarlariga muntazam ravishda axborot beradi;


*Buxgalteriya faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, tegishli dasturlar, rejalar va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun Buxgalteriyaning barcha xodimlari ishtirokida tezkor yig’ilishlar o’tkazadi;
*mavjud shtat jadvali asosida lavozimga tayinlash uchun tegishli tartibda vazirga nomzodlarni taqdim qiladi;
* Buxgalteriya xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni tegishlicha bajarmaganlik holatlari yuzasidan tushuntirishlar oladi;
* moliyaviy-rejalashtirish ishlariga boshchilik qiladi;
*hisob-kitob ish rejalari, boshlang’ich hisob-kitob hujjat shakllari, namunaviy shaklda belgilanmagan xo’jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishda qo’llaniladigan shakllar, ichki buxgalteriya hisobot hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish ishlariga rahbarlik qiladi;
* o’z vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.
9. Buxgalteriyada bosh buxgalter o’rinbosari, moliyaviy rejalashtirish sektori mudiri, yetakchi iqtisodchi, yetakchi buxgalter – taftishchi, moddiy ashyolar bo’yicha yetakchi buxgalter, xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha yetakchi buxgalter, buxgalter kassir faoliyat ko’rsatadi.
10. Buxgalteriya xodimlarining funksional vazifalari belgilangan tartibda bosh buxgalterning taqdimiga muvofiq tasdiqlanadi.
11. O’zlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uchun Buxgalteriya xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladilar.
12. Buxgalteriya o’z faoliyatini amalga oshirishda va rasmiy hujjatlarni muhrlashda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomi va O’zbek Respublikasi gerbi tushirilgan muhrdan foydalanish huquqiga ega.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin