Baholash - bu har xil o'lchovlarda ifodalangan hisob obyektlarini pul o'lchoviga o'tkazish usuli.
Baholash tufayligina buxgalteriya hisobida har xil o'lchovlarda ifodalangan hisob obyektlarini umumlashtirishga muvaffaq bo'linadi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, investitsiyalar, materiallar, chet el valutasi va hokazolar bitta umumlashtiruvchi o'lchov - pul o'lchovida ifodalanadi.
Baholash yordamida xo'jalik mablag'lariga sarflangan va xo'jalik jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shutting uchun buxgalteriya hisobida xo'jalik mablag'larini baholashning negizini ulaming haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa qiymat o'lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo'lish uchun baholashning boshqa usullari ham qo'llaniladi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ulami sotib olish, qurish va barpo qilish dastlabki qiymati bo'yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni sof qiymati bo'yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy vositalaming bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xomashyo va materiallar, boshqa tovar-moddiy zaxiralari haqiqiy tannarxi bilan bir qatorda ulguiji narxlari, normativ taimarxi bo'yicha; tayyor mahsulotlar-ishlab chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi bo'yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko'ra mehnat o'lchovini pul o'lchoviga o'tkazish usuli hisoblanadi.
Xo'jalik mablag'larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari bilan bog'liq xarajatlami buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi mumkin. Hisob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga kalkulatsiyalash deb ataladi. Baholash va kalkulatsiyalaslf buxgalteriya hisobi metodining asosiy usullaridan bo'lib, ularsiz buxgalteriya hisobining muhim umum- lashtiruvchi qiymat o'lchovlari to'g'risidagi axborotlami shakllantira- digan tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro'yobga chiqmaydi. Erkin iqtisodiyot sharoitida har bir xo'jalik yurituvchi subyekt aktivlari, passivlari, xo'jalik jarayonlari va ulaming natijalari o'zlarining aniq ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari, korxonalar hamda tashkilotlar bilan o'zaro munosabatlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital qo'yilmalaming harakati faqat qiymat shaklida aks ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni talab etadi.
Demak, baholash va kalkulatsiya korxona aktivlari, passivlari hamda xo'jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tizimining ajralmas qismidir. Ta’minot jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish materiallami tayyorlash tannarxini aniqlash bilan yakunlanib, ular ishlab chiqarishga shu tannarx bo'yicha beriladi. Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida tayyor mahsulot (bajarilgan ish, ko'rsatilgan xizmatjlaming haqiqiy tannarxi aniqlanib, ular shu tannarx bo'yicha sotiladi. Realizatsiya jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida mahsulot(ish, xizmatjlaming to'la tannarxiga qo'shilmaydigan realizatsiya xarajatlari hamda realizat- siyaning moliyaviy natijasi aniqlanadi (Mahsulot (ish, xizmat)lar tannar- xini kalkulatsiyalash 9-bobda alohida о ‘rganiladi).
Xo'jalik mablag'lari va ulaming vujudga kelishi manbalari alohida elementlar bo'yicha buxgalteriya hisobi schotlarida pul ifodasida aks ettiriladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining asosiy obyektlariga quyidagilar kiradi: o‘z mablag‘lari, qarz mablag'lar va ulaming harakati; xo'jalik jarayonlari bilan bog'liq bo'lgan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari; xo'jalik munosabatlari, ya’ni mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, davlat budjeti va shunga o'xshashlar bilan bo'ladigan hisob-kitob munosabatlari. Budjetdan moliyalashtiriladigan subyektlarda ayrim o'ziga xos hisob obyektlari mavjud. Bularga davlat budjetidan ajratiladigan mablag'lar; budjetdan ajratilgan mablag'lar hisobidan qilingan sarflar (tasdiqlangan smetalar bo'yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo'ladi.
Buxgalteriya hisobida baholanishi lozim bo'lgan asosiy obyektlami quyidagicha turkumlash mumkin (8.1-rasm):
Mulklar va majburiyatlar hamda xo'jalik jarayonlarini baholash mamlakat hududida arnal qilayotgan milliy valuta, ya’ni so'mda amalga oshiriladi. Agar ular xorijiy valutada ifodalangan bo'Isa, u holda uni xo'jalik muomalasi sodir bo'lgan sanadagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki o'matgan rasmiy kurs bo'yicha so'mga aylantiriladi. Bir vaqtning o'zida ko'rsatilgan ydzuvlar hisob-kitob va to'lov hujjatlarida xorijiy va milliy valutada aks ettiriladi.
8.1-rasm. Baholanadigan asosiy hisob obyektlari.
Shuning uchun baholash xalqaro standartlar bilan qat’iy belgilab qo'yilmagan bo'lsada, buxgalteriya hisobining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Hisob obyektlarining xo'jalik muomalasini hisobga qabul qiladigan sanadagi dastlabki bahosi bilan bir qatorda baholashning boshqa usullari ham qo'llaniladi. Boshqa baholash usullarini qo'llash- ning zarurati eng avvalo inflatsiya jarayonlari bilan bog'liq. Shuning uchun baholashning boshqacha usullaridan foydalanish dastlabki bahoni real mahsulot, ish va xizmatlami takror ishlab chiqarish xarajatlarining hozirgi holatiga yaqinlashtirishga yo'naltirilgan.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarida xo'jalik yurituvchi subyekt obyektlarini baholashning quyidagi uslublari e’tirof etilgan.
✓ haqiqiy sotib olish qiymati;
J tikiash qiymati, ya’ni tegishli aktivlar turlarining, ulami hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarishga mos keladigan qiymati;
Z normal bozor konyunkturasidan kelib chiqib, uning oddiy faoliyati sharoitida sotish mumkin bo'lgan baho;
•f diskontlangan qiymat.
Diskontlangan qiymat muayyan aktivni foydalanishdan yaqin kelajakda olinishi taxmin qilinayotgan iqtisodiy naflar yig'indisidan iborat. Ayrim hisob obyektlarini bevosita haqiqiy tannarxi bo'yicha hisobga qo‘yishga to'sqinlik qilayotgan boshqa bir sabab, ayrim xo'jalik muomalalarining ommaviy tavsifga ega ekanligi hisoblanadi. Bular asosan moddiy tusdagi, likvidligi yuqori hisoblangan xomashyo, asosiy materiallar, yoqilg'i va boshqalar. Ma’lumki, ulaming joriy hisobi har kuni yuritilib, xo'jalik muomalalari ko'p miqdorda sodir bo'lganida sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasini qayd qilish va berish paytida darhol schotlarda aks ettirish imkoni harnrna vaqt ham bo'lavermaydi. Hisob siklining oxiriga kelib dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlangan, ishlab chiqarish zaxiralarining harakati to'g'risida aniq va to'liq axborotga ega bo'linganida, ushbu baholar haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. Baholashni aniqlashtirish hisob-kitobining negizi- da qat’iy hisob baholarining mazkur zaxiralar haqiqiy qiymatidan chetga chiqishining o'rtacha foizini aniqlash yotadi.
Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar joriy hisobda dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlangan xo'jalik muomalalarining mazmunidan kelib chiqadigan summalarda ko'rsatiladi.
Ayrim hisob obyektlari bo'yicha ulaming dastlabki, nominal bahosi real bahosidan yuqori bo'lgan hollarda bunday obyektlaming qiymati balansda real bahoda aks ettirilishi lozim.
Shunday qilib, eng umumiy ko'rinishda baholash iqtisodiy hodisa- lami pul o'lchovida ifodalash usulidir.
Alohida hisob obyektlarining real bahosini noto‘g‘ri hisoblash natijasida iqtisodiy hodisalar faktlari noto‘g‘ri sharhlanadi (interpre- tatsiyalanadi). Keyinchalik ulami umumlashtirish esa korxona bosh- qaruv xodimlari tomonidan noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga olib keladi.
Shunday qilib, haqiqiy tannarx mulklar va majburiyatlami baho- lashning asosi bo'lib hisoblanadi. Uning ko'lami muayyan nomdagi mahsulot, bajarilgan ish yoki xizmat turini ishlab chiqarish hamda sotish xarajatlarining pulda ifodalanishini bildiradi. Tannarx shakllanishi ichki xo'jalik hisob-kitobini tashkil etishga bevosita ta’sir ko'rsatadi.
Mahsulot (ish, xizmat) laming sotish bahosi ulaming tannarxiga bog'liq holda shakllantiriladi. Natijada ishlab chiqarishning rentabelligi tannarxga bog'liq bo‘ladi. Shuning uchun menejerlar mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxini boshqarishga doimiy e’tibor qaratishlari, baho- lashning asosiy tamoyillari - reallik va birlik - hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Baholashning usullari mulklar va majburiyatlaming turlariga bog‘liq.
2.Materialism! kirimga olish vaqtida baholash
Tovar-moddiy zaxiralami baholash metodlari quyidagi me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi:
№4 «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BXMS (yangi tahriri) (O‘zR MV 52-sonli buyrug'i bilan 15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595-raqam bilan 17.07.2006-y. ro'yxatga olingan);
chet el valutasida ifodalangan operatsiyalami buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom (2.09.2004-y. O‘zR MV 98-sonli Iqtisodiyot vazirligi 41-sonli, DSK 2004-57-sonli, MB 257-V-sonli, DavStatQo'mita 8-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan, O‘zR AV 1411 raqam bilan ro'yxatga olingan).
Yuqorida ko'rsatilgan me’yoriy hujjatlaming qoidalarga muvofiq materiallami kirim qilishda quyidagi usullar bo'yicha baholash belgilangan (8.2-rasm).
Tovar-moddiy zaxiralar (xomashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob baholari bo'yicha: normativ yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ulami tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash sharti bilan hisobga olinadi.
8.2-rasm. Materiallami kirim qilishda baholash usullari.
Dostları ilə paylaş: |