Normativ usul. Xarajatlar hisobi va mahsulotlar tannarxini kalku- latsiyalash normativ usulining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
korxonada qo'llanilayotgan norma va normativlar asosida har bir mahsulot bo'yicha normativ tannarxi kalkulatsiyasini oldindan tuzish.
Ushbu tamoyil korxonada qo‘llanilayotgan texnologiya, konstruktorlik, moliyaviy va ma’muriy hujjatlar hamda boshqaruv ehtiyojlari uchun qo'llaniladigan hujjatlar asosida hisoblangan, normativ va smeta (budjet) ko‘rsatkichlaridan iborat normativ baza mavjud bo‘lganidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda quyidagilar bo'yicha normativlar bo'lishi lozim: ishlab chiqarish va tijorat jarayonlari uchun xarajatlar normativlari, ishlab chiqarish va xo'jalik ehtiyojlari material va yoqilg'i-energetika resurslarining normalari, mehnat haqi fondi, xodimlar soni, boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarining smetasi, transfer! baholari va h.k.
Normativ tannarxni tuzatish (korrektirovka) uchun amaldagi normalaming o'zgarishini oy davomida hisobga olish, ushbu o‘zgarishlaming mahsulot tannarxi va_normalami o'zgartirishga sabab bo'lgan tadbirlar samaradorligiga ta’sirini aniqlash.
Oy davomida xarajatlami normalar va undan chetlanishlar bo'yicha hisobga olish.
Normadan chetlanishlami ulaming vujudga kelish joylari bo'yicha sabablarini aniqlash va tahlil qilish.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini normativ tannarx, normadan chetlanish va normalar o‘zgarishining yig‘indisi sifatida aniqlash.
Haqiqiy
tannarx
,
Normativ
tannarx
Normaning o’zgarishi
natijasida normativ
tannarxni korrektirovka
qilish (ijobiy yoki
salbiy miqdor)