Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Tovar chiqishi bo‘- yicha normadan chet- lanish (salbiy - tejal- gan qismi, ijobiy - ortiqcha sarflangan qismi)



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə93/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Tovar chiqishi bo‘-
yicha normadan chet-
lanish (salbiy - tejal-
gan qismi, ijobiy -
ortiqcha sarflangan
qismi)


Bunday hisob va hisob-kitob algoritmiga rioya qilish o‘ta sermehnat jarayon bo'lsada, keyinchalik nazorat va tahlil uchun xarajatlar to'g'risida ishonchli axborotlami olishga imkoni beradi.


«Standart-kost» tizimi. Ushbu usulda muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun normativ (standart) xarajatlar foydalaniladi, ya’ni ushbu xarajatlar oldindan aniqlanadi va ularga asosan ishlab chiqarish xarajatlarining smetasi tuziladi.
«Standart-kost» tizimining mazmuni 9.10-rasmda ifodalangan.
Ma’lum davr ichida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi uchun qilingan normativ xarajatlar har bir mas’uliyat markazi bo'yicha alohida aks ettiriladi. Ushbu davr uchun haqiqiy xarajatlar ham mas’uliyat markazi schotiga yoziladi. Normativ va haqiqiy xarajatlami taqqoslash yo'li bilan chetlanishlar aniqlanadi.
Ushbu tizim chetlanishlami alohida tahlil qilish va qaror qabul qilish uchun chetlanishlar sababini aniqlashga imkon beradi.
«Standart-kost» tizimi sharoitida standartlar nafaqat ishlab chiqarish tannarxi uchun, balki daromadga ta’sir ko'rsatuvchi boshqa barcha omillar uchun ham hisob-kitob qilinadi. Masalan, sotish hajmi uchun, tijorat va ma’muriy xarajatlar uchun va boshqalar.
Amerika firmalarida xarajat moddalari bo'yicha standartlami belgilashga har xil yondashuvlar mavjud. Lekin, har qanday yondashuvda ham qabul qilingan standartlar «Standart tannarxni kalkulatsiyalash kartochkasi»da ishlab chiqarish jarayoni boshlangunga qadar umumlashtiriladi.
Bunday kartochkalar buyumlar va ushbu buyumlami tayyorlashda ishtirok etuvchi bo'linmalar bo'yicha tuziladi.

9.10-rasm. «Standart kost» tizimi.

«Standart-kost» tizimining afzalliklaridan biri shundan iboratki, ushbu tizim doirasida hisob ro'yxatdan chiqarish tamoyili bo'yicha


yuritiladi, ya’ni faqat standartdan chetlanishlargina hisobga olinadi. Korxona qanchalik barqaror faoliyat ko'rsatsa va ishlab chiqarish jara- yonlari qanchalik standartlashgan bo'lsa, hisob yuritish va kaiku- latsiyalash shunchalik osonlashadi.
Nonnativ usulni «Standart-kost» tizimi bilan taqqoslash quyidagi xulosalami yuzaga kilishiga imkon beradi:

  • har ikkala usulda xarajatlar normalar doirasida hisobga olinadi;

  • har ikkala usul xarajatlami to'liq hisobga olishni nazarda tutadi;

  • «Standart-kost» usuli bo'yicha hisob yuritishda o'matilgan normalardan oshiqcha xarajatlar aybdor shaxslar yoki korxona moliya- xo'jalik faoliyati natijalariga olib boriladi va normativ usuldagi kabi ishlab chiqarish xarajatlariga qo'shilmaydi;

  • «Standart-kost» usuliga ko'ra joriy hisobda normalami o'zgar- tirish ko'zda tutilmaydi. Normativ usulda esa normalar o'zgartirilishi mumkin.

«Standart-kost» usulidan farqli ravishda an’anaviy normativ usul realizatsiya jarayoniga yo'naltirilmagan (ishlab chiqarish jarayoniga qaratilgan), shutting uchun ham baho belgilashni asoslashga imkon bermaydi.
«Standart-kost» tizimi alohida xodimlar faoliyatini va butun boshqaruv faoliyatini baholash uchun, budjetlar va turli prognozlami tayyorlash uchun foydalaniladi, asosli baholami o'matish bo'yicha qaror qabul qilishga yordam beradi.
Ushbu tizim rivojlangan mamlakatlaming barcha kompaniyalarida keng qo'llanilmoqda.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin