Buyurtmali usul noyob yoki maxsus buyurtma bo'yicha tayyorlanadigan buyumlami ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Misol tariqasida kemasozlik va aviasozlik hamda poligrafiya korxonalarini keltirish mumkin. Bu yerda mahsulotlar seriyali chiqariladi va ulaming miqdori buyurtma tiraji bilan belgilanadi.
Buyurtmali usul fizik-kimyoviy jarayonlar qo'llaniladigan korxonalarda ayrim turdagi mahsulotlami cheklangan miqdorda ishlab chiqarishda ham qo'llaniladi. Masalan, kimyo sanoatida kimyoviy reaktivlarga buyurtmalami bajarishda, temir-beton yig‘ish korxonalarida temir-betondan yasaladigan buyumlar uchun buyurtmalami bajarishda va b.
Buyurtmali usulni qo'llash sanoat korxonalari bilan cheklanmaydi. U qurilishda, ilmiy tadqiqot institutlarida, sog'liqni saqlash muassa- salarida, xizmat ko'rsatish korxonalarida ham qo‘llaniladi.
Ushbu usulning mohiyati quyidagilardan iborat: barcha bevosita xarajatlar (asosiy material xarajatlari va asosiy ishlab chiqarishdagi xodimlaming ish haqi xarajatlari ajratmalari bilan birga) alohida ishlab chiqarish buyurtmalari bo‘yicha o‘matilgan kalkulatsiya moddalari kesimida hisobga olinadi. Qolgan xarajatlar ulaming vujudga kelish joylari bo'yicha hisobga olinadi va o'matilgan taqsimlash baza (stavka)siga muvofiq alohida buyurtmalar tannarxiga qo‘shiladi.
Ushbu usulda xarajatlar hisobi obyekti va kalkulatsiyalash obyekti bo‘lib, alohida ishlab chiqarish buyurtmasi hisoblanadi va uning haqiqiy tannarxi u tayyorlanganidan so‘ng aniqlanadi. Bunda buyurtma deganda mijozning ma’lum miqdordagi maxsus yaratilgan yoki tayyorlangan buyum uchun arizasi tushuniladi. Buyurtma turi buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq aniqlanadi. Unda buyurtmachi tomonidan to'lanadigan qiymat, hisob-kitoblar tartibi, mahsulot(ish, xizmatjni topshirish tartibi, buyurtmani bajarish muddati ko'rsatiladi. Buyurtma topshirilgunga qadar unga taalluqli bo'lgan xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarish hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ushbu usulda ishlab chiqarish materiallari, ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi va umumishlab chiqarish xarajatlari alohida buyurtma yoki mahsulotning ishlab chiqarish partiyasiga olib boriladi. Agar buyurtma bir nusxadagi buyum bo'lsa, u holda uning tannarxi barcha xarajatlami jamlash yo'li bilan aniqlanadi. Agar buyurtmaga muvofiq bir necha buyumlar yoki ulaming partiyasini ishlab chiqarish ko'zda tutilgan bo'lsa, u holda xarajatlami jamlash yo‘li bilan tayyorlangan butun partiya tannarxi aniqlanadi.
Alohida buyurtmalar bo'yicha xarajatlami hisobga olish buyurtma varaqasini ochishdan boshlanadi.