«Direkt-kosting» tizimining negizini o'zgaruvchan xarajatlar asosida mahsulotlar tannarxini hisoblash va marjinal daromadni aniqlash tashkil etadi.
«Direkt-kosting» tizimi 1936-yilda amerikalik iqtisodchi Jonatan Garrison (Jonatan Harryson) tomonidan yaratilgan.
Ushbu tizimga muvofiq tannarx tarkibida faqat bevosita xarajatlar hisobga olinishi zarur. Hozirgi vaqtda direkt-kosting tizimi barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng qo'llanilmoqda. Jumladan, Germaniya va Avstriyada «xususiy xarajatlar hisobi», Buyuk Britani- yada «maijinal xarajatlar hisobi», Fransiyada «marjinal buxgalteriya» yoki «maijinal hisob» deb nomlangan.
Mamlakatimizdagi buxgalteriyaga oid adabiyotlarda «cheklangan yoki qisqartirilgan tannarx hisobi» atamalari uchraydi.
Ushbu tizimni «buxgalteriya hisobining maijinal usuli» deb nomlash eng maqbul hisoblanadi. Bu «direkt-kosting» tizimining asosiy ko‘rsatkichi maijinal daromad ekanligi bilan izohlanadi(9.1-jadval).
Ushbu ko'rsatkich yordamida zararsizlik nuqtasi, ya’ni rentabellik ostonasi aniqlanadi, mahsulotlami sotish uchun zarar ko'rilmaydigan baho aniqlanadi.
«Direct cost» bo‘yicha tuzilgan foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot 9.1-jadval
Jadvaldan ko'nnib turibdiki, mahsulot sotishdan tushum va 0‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi farq maijinal daromadni tashkil etadi.
Doimiy xarajatlar mahsulot tannarxiga qo’shilmaydi, balki bevosita ' korxona foydasini kamaytiradi.
«Direkt-kosting» tizimi korxona rahbariyati maijinal daromadning o’zgarishi butun korxona bo'yicha hamda har xil buyumlar bo'yicha e’tibor qaratishga, ya’ni rentabelligi yuqori mahsulotlami aniqlashga yordam beradi.
«Direkt-kosting» tizimining afzalligi shundan iborat-ki, u tannarxni faqat 0‘zgaruvchan xarajatlardan tashkil topishi xarajatlami norma- lashtirish, budjetlashtirish, hisobga olish va nazorat qilishni soddalash- tiradi. Chunk! mahsulotlar tannarxi ancha shaffof, moddalar kesimida keltirilgan xarajatlar yaxshiroq nazorat qilinadi.
«Direkt-kosting» tizimi ishlab chiqarishning bozor konyunkturasi o'zgarishiga javoban tez moslashishga imkon yaratadi. Shuningdek, u bozor sharoitida korxona boshqaruv tizimining tarkibiy qismiga aylanadi.
Nazorat savollari Kalkulatsiya tushunchasini ta’riflang.