Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Tranzit (taqqoslovchi) schotlar



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə102/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Tranzit (taqqoslovchi) schotlar. Bu schotlar korxonaning moliya-xo'jalik faoliyati natijalarini va yakuniy moliyaviy natijani aniqlashda ishlatiladi. Bularga «daromadlar va xarajatlami hisobga oluvchi schotlar» misol bo‘la oladi. Korxona moliya-xo'jalik faoliyatining natijalari xarajatlami hisobga oluvchi schotlaming debetida aks ettiriladigan sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmatlaming haqiqiy tannarxini, «daromadlami hisobga oluvchi schotlar»ning kreditida hisobga olingan shu mahsulot, ish va xizmatlaming sotish bahosi bo'yicha qiymati taqqoslash yo'li bilan aniqlanadi. Bunday taqqoslash «Yakuniy moliyaviy natija» schotida amalga oshiriladi. Aniqlangan natija (qoldiq) kreditda (sotilgan mahsulot, ish yoki xizmatlaming sotish bahosi bo'yicha qiymati reja tannarxidan yuqori bo'lsa) xo'jalikning foyda ko'rishini bildiradi, agar qoldiq debetda qolsa, aksincha, zarar ko'rganligini bildiradi.


«Xarajatlami hisobga oluvchi
tranzit schotlar»


«Daromadlami hisobga oluvchi
tranzit schotlar»


Xarajatlar
Oborot


Daromadlar
Oborot

Tranzit schotlar schotlar rejasining V qismida joylashgan bo'lib, ulaming mazmuni umumiy ko'rinishda quyidagicha (5.8-rasm) .

D-t


K-t


D-t


K-t





15.8-rasm. Tranzit schotlaming umumiy chizmasi.

«Yakuniy moliyaviy natija» schoti


«Yakuniy moliyaviy natija» schoti taqqoslovchi schot bo'lib, uning kreditida korxonaning mahsulot sotish, ish bajarish va xizmat ko'rsatish hamda mahsulot sotish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan turli xo'jalik
* Tranzit schotlaming mazmuni va xususiyatlari kilobning 10-bob, 10,3-bo‘limida misollar bilan batafsil bayon qilingan.
muomalalaridan tushgan daromadlar aks ettiriladi. Bu schotning kredit oboroti korxonaning hisobot yilidagi umumiy foydasini bildiradi.
«Yakuniy moliyaviy natija» schoti bo'yicha jamlangan debet va kredit oborotlari taqqoslanib, korxona faoliyatining moliyaviy natijasi (sof foyda yoki sof zarar) aniqlanadi.
5. Schotlar rejasining ta’rifi
Schotlar rejasi xos raqam (kod) belgilaridan foydalangan holda nazoratni amalga oshirish va moliyaviy hisobotni tuzish maqsadlarida korxona mulklari va kapitalining joriy buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ishlatiladigan, ilmiy asosda guruhlangan va bir tizimga solingan schotlar ro'yxatidir. Schotlar rejasining tuzilishi schotlami iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turkumlashga asoslanadi (5.3-rasmga qarang).
Bozor munosabatlarining rivojlanishi xo'jalik yurituvchi subyekt- lar moliya-xo'jalik faoliyati to‘g‘risida axborotlami shakllantirish jarayonlariga yangicha talablar qo’ymoqda. Buxgalteriya hisobi natija- viy axborotlarining foydaliligini ta’minlash muammolari mutaxas- sislaming diqqat markazida turibdi.' Bu manfaatdor axborotdan foydalanuvchilar nuqtayi nazaridan xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlaming ishonchliligi va obyektivligida ifodalanadi. Biroq yangi vazifalami hal etish uchun axborotlami to'plash va bir tizimga keltirish tartibini maqbullashtirish, ya’ni xo'jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirishni takomillashtirish talab qilinadi.
Schotlar rejasini qayta ko‘rib chiqish zarurati quyidagi asosiy omillar bilan bog'liq:

  • iqtisodiyotda bozor munosabatlarini qaror toptirish;

  • buxgalteriya hisobining uslublarini rivojlantirish;

  • buxgalteriya hisobi qoidalarini xalqaro tan olingan buxgalteriya amaliyoti bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlash.

Eski schotlar rejasida moliya-xo'jalik faoliyati natijalarini hisobga olish tartibi mulkdorlar, aksiyadorlar va boshqa investorlar uchun zarur bo’ladigan, moliyaviy natijalar to*g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlami tizimli tarzda shakllantirishni ta’minlamaydi. Xususan, eski schotlar rejasidagi foyda va zararlar schotining qoldig ‘ i na hisobot yilining sof foydasini, na taqsimlanmagan foydani bildiradi. Taqsimlanadigan haqiqiy sof foyda summasi to‘g‘risida aksiyadorlar va investorlaming talablarini qondirish uchun ко‘plab tuzatish yozuvlari qilinar edi.
Yangi schotlar rejasini qabul qilish va amaliyotda qo'llash mamlakatimizda buxgalteriya hisobini xalqaro tan olingan hisob amaliyoti bilan yaqinlashtirish bo'yicha faol va aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlami amalga oshirish alohida dolzarb hisoblanadi.
Hukumat tomonidan 0‘zbekistonda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi moliyaviy axborotlami shakllantirish jarayonlarini sezilarli darajada o'zgartirish zaruratini belgilab berdi. Buning natijasida milliy buxgalteriya hisobi tizimi moliyaviy hisobot xalqaro standartlari bo'yicha moliyaviy hisobot tuzish uchun yaroqli ma’lumotlami tayyorlash, eng kamida ushbu standartlar asosida olingan ma’lumotlar bilan taqqoslashni ta’minlaydi.
Schotlar rejasini qayta ko'rib chiqishga asosiy yondashuvlar eski schotlar rejasini va yangi schotlar rejasining loyihasini chuqur tahlil qilish natijasida shakllandi. Shuningdek, yangi schotlar rejasi amaliyotga bosqichma-bosqich tatbiq qilindi. Yangi schotlar rejasini tuzilish negizida quyidagi yondashuvlar yotadi:

  • buxgalteriya hisobida shakllanadigan moliyaviy axborotlar mazmunining schotlar rejasi tuzilmasiga bog'liq emasligi;

  • xo'jalik faktlari to‘g‘risidagi axborotlami shakllantirish va bir tizimga solish jarayonining soliqqa tortish maqsadlari uchun ma’lumot­lami shakllantirishdan nisbatan mustaqilligi;

  • hisob jarayonining buxgalteriya hisobotlarining qandaydir ma'lum turidan nisbatan mustaqilligi;

  • buxgalteriya hisobining umumuslubiy tamoyillariga rioya qilgan holda xo'jalik yurituvchi subyektlarga ishchi schotlari rejasini mustaqil tuzishlarini ta’minlash;

  • yangi schotlar rejasi bilan ishlashning amaliy jihatdan qulayligi;

  • schotlar rejasi tuzilishidagi qulaylik.

Schotlar rejasida schotlaming nomlari va xos raqamlari berilgan. Schotlaming xos raqamlari to'rt xonali, balansdan tashqari schotlamiki esa uch xonali.
Schotlarga xos raqam berilishi (kodlashtirilishi) dastlabki hujjatlarga ishlov berishni tezlashtiradi. Hujjatlarga belgi qo'yishda ularga debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlaming nomlari o'miga korrespondensiyalanuvchi schotlaming xos raqamlari ko'rsatiladi.
Analitik schotlar schotlar rejasiga kiritilmagan. Chunki bu uni foydalanuvchi uchun qo'pol va noqulay shaklga keltiradi. Schotlar rejasiga uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma ilova qilingan. Unda schotlaming iqtisodiy tavsifi va ulaming o'zaro korrespondensiyalanishi berilgan. Schotlar rejasining yo'riqnomasida keltirilgan schotlaming namunaviy korrespondensiyalanishi schotlar korrespondensiyalani- shining barcha variantlarini to'liq qamrab olmaydi. Xo'jalik faktlari bo'yicha xo'jalik muomalalarini aks ettirishda namunaviy schotlar korrespondensiyasida ko'zda tutihnagan bo'lsa, korxonaning o'zi ulami to'ldirishi mumkin. Bunda buxgalteriya hisobini yuritishning qoidalari va asosiy uslubiy tamoyillariga rioya qilinishi lozim. Schotlar rejasidagi barcha schotlar oltita qism va to'qqiz bo'limga guruhlangan (l-ilovaga qarang).
Buxgalteriya hisobining namunaviy schotlar rejasiga muvofiq har bir xo'jalik yurituvchi subyekt faqat mazkur subyektda qo'llaniladigan schotlardan iborat ishchi schotlar rejasini ishlab chiqadi. Ishchi schotlar rejasi korxona hisob siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Zarur hollarda namunaviy schotlar rejasiga, schotlaming bo'sh turgan xos raqam belgilaridan foydalanib, O'zR Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qo'shimcha schotlar kiritish mumkin.
Yagona schotlar rejasi buxgalteriya hisobini to'g'ri tashkil etish va yo'lga qo'yish uchun ulkan ahamiyatga ega. U buxgalteriya hisobining bir xilligini ta’minlaydi, uni tartibga solish va soddalashtirishga yordam beradi.
Schotlar rejasidan foydalanish amaliyotda buxgalter ishini ancha tezlashtiradi. Chunki schotlaming nomlari o'miga faqat ulaming xos raqamlari va ular asosida tuziladigan buxgalteriya provodkalari ko'rsatiladi.

Nazorat savollari



  1. Schotlar turkumlanishini ta’riflang.

  2. Buxgalteriya hisobi schotlarining tizimi deganda nimani tushunasiz?

  3. Buxgalteriya hisobining schotlari qanday belgilari bo'yicha turkum- lanadi?

  4. Schotlar balansga munosabati va batafsillik darajasi bo'yicha qanday turkumlanadi?

  5. Schotlar hisob obyektlarining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra qanday turkumlanadi?

  6. Quyidagi schotlar guruhlarining mazmunini va ularga qaysi schotlar turkumiga kirishini tavsiflang:

  1. mulklami hisobga oluvchi schotlar;

  2. mulklaming vujudga kelish manbalarini hisobga oluvchi schotlar;

d) xo'jalik jarayonlarini hisobga oluvchi schotlar.

  1. Schotlar tayinlanishi va tuzilishi bo'yicha qanday turkumlanadi?

  2. Tayinlanishi va tuzilishi bo'yicha schotlaming quyidagi guruhlariga qaysi schotlar kiradi?: -

  1. asosiy schotlar; -

  2. tartibga soluvchi schotlar;

  1. taqsimlovchi schotlar;

  2. kalkulatsiya schotlari;

1) tranzit schotlar;
g) balansdan tashqari schotlar.

  1. Schotlar rejasini ta’riflang.

  2. Schotlar rejasi buxgalteriya hisobini tashkil etishda qanday ahamiyatga ega?

  3. Ishchi schotlar rejasi deganda nimani tushunasiz?

  4. Schotlar rejasinining bo'limlari qaysi belgi bo'yicha guruhlangan?

  5. Schotlar rejasi nechta qism va bo'limlardan iborat?

  6. Schotlar rejasida quyidagi bo'limlarining mazmunini tushuntirib bering:

  1. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlar

  2. Tovar-moddiy zaxiralar

  3. Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlar-joriy qismi

  4. Olinadigan schotlar - joriy qismi

  5. Pul mablag'lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa aktivlar

  6. Joriy majburiyatlar

  7. Uzoq muddatli majburiyatlar

  8. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar

  9. Daromadlar va xarajatlar.

Balansdan tashqari schotlar

  1. Balans bo'limlari va schotlar rejasi bo'limlari o'rtasida qanday aloqadorlik mavjud?

  2. Schotlar korrespondensiyasining namunalari nima va ularga misol keltiring?

  3. Amaliyotda schotlar korrespondensiyasining namunalaridan qanday foydalaniladi?


Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin