Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə99/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Taqsimlovchi schotlar. Bu schotlar korxonaning ayrim turdagi xarajatlarini hisobga olish va tannarx obyektlariga taqsimlash maqsadida qo'llaniladi. Taqsimlovchi schotlar o'z navbatida yig'ib-taqsimlovchi va nazorat-taqsimlovchi (hisobot davrlari oralig'ida taqsimlovchi) schot- larga bo'linadi.

Yig'ib-taqsimlovchi schotlar ishlab chiqarishni boshqarish, tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko'rsatish sarflarini yig'ish va ulami keyinchalik tegishli hisob obyektlariga taqsimlash uchun mo'ljallangandir. Bunday schotlami qo'llash zaruriyatining ikkita sababi mavjud. Birinchidan, ayrim xarajatlar qilingan vaqtida ulami hisobga olish uchun tayinlangan hisob obyektlariga bevosita yozish imkoni bo'lmaydi, ikkinchidan esa bu schotlar (yig'ib-taqsimlovchi schotlar) xarajatlar normativini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Yig'ib- taqsimlovchi schotlarda jamlangan xarajatlar hisobot davri tugaganidan so'ng tegishli hisob obyektlariga taqsimlanadi. Yig'ib-taqsimlovchi schotlarga «Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» kiradi.
Nazorat-taqsimlovchi (hisobot davri oralig'ida taqsimlovchi) schotlar ma’lum xo'jalik jarayonida qilingan xarajatlami hisobga olish va ulami bir-biriga bog'liq bo'lgan hisobot davrlari oralig'ida taqsimlash uchun hamda keyinchalik sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xarajatlami qoplash va bu xarajatlami ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga to'g'ri qo'shish uchun qo'llaniladi. Bunday schotlarga «Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» va «Kelgusi xarajatlar va to'lovlar rezervlarini hisobga oluvchi schotlar» misol bo'ladi.
«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» aktiv schotlar bo'lib, ulaming debetida kelgusi hisobot davrlari uchun mazkur hisobot davrida qilingan sarflar, kreditida esa, shu sarflami ishlab chiqarish xarajatlariga qo'shish vaqti kelganda, ulaming taqsimlanishi aks ettiriladi. Bu schotlaming faqat debetidagina qoldiq qolishi mumkin va u kelgusi hisobot davrlari davomida ishlab chiqarish sarflariga qo'shilishi kerak bo'lgan xarajatlar hisoblanadi. «Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar»ning tuzilishi quyidagicha (5.5-rasm).

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin