Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə98/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

(15.2-rasm).Balansdan tashqari schotlar

i '

• £




Depozit - mulkiy schotlari






Nazorat schotlari




Shartli huquq va majburiyatlar schotlari

15.2-rasm. Balansdan tashqari schotlaming turkumlanishi.

Hozirgi vaqtda balansdan tashqari schotlar qoldiqlari balansga ilo^a qilib berilsada, ular korxonaning moliyaviy holatini baholash uchun inobatga olimnaydi. Moliyaviy ahvolni to‘g‘ri baholash esa bozor munosabatlari sharoitida alohida ahamiyat va dolzarblik kashf etmoqda. Chunki, korxona faoliyati natijalarining haqqoniyligi mulkdorlar, aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar va boshqa moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilami befarq qoldirmaydi.
Balansdan tashqari schotlarda korxona moliyaviy ahvoliga ta’sir qilmaydigan xo‘jalik muomalalari hisobga olinsada, keyinchalik, asosan ushbu schotlardagi summalar ko'payib ketsa, ulaming moliyaviy holatga ta’siri sezila boshlaydi. Chunonchi, tovar-moddiy qiymatliklarining kirimi o‘z-o‘zidan balans o‘zgarishiga olib kelmaydi, lekin ushbu qiymatliklami qabul qilish va saqlash, yuklaming manzilini o'zgartirish va egalariga jo‘natish, balansga, keyinchalik esa korxonaning moliyaviy ahvoliga so'zsiz ta’sir etadi. Masalan, 007- «To'lovga qobiliyatsiz debitorlaming zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzlari» degan balansdan tashqari schotdagi summalar bo‘yicha xuddi shu fikmi asoslash mumkin. Uning ma’lumotlari moliyaviy ahvolni aniqlashda kelgusida hisobga olinishi, xususan, bu schotda katta summalar aks ettirilgan va ulami kelajakda undirishga ishonch bo‘lgan hollarda zarur. Ushbu schotga ehtiyoj paydo bo'lganligining sababi shundaki, qarzlaming debitorlar todovga qobiliyatsizligi oqibatida sud qarori bo’yicha hisobdan o’chirilishi qarzlar butunlay bekor qilindi degani emas.
Qarzdoming moliyaviy ahvoli yaxshilanganda qarzni undirish imkoniyatini kuzatib borish
uchun ular vujudga kelgan paytdan boshlab qonunchilikda belgilangan vaqt davomida
balansdan tashqari schotlarda hisobga olib boriladi.
Balansdan tashqari schotlarga doir muomalalami hisobda aks
ettirish bo‘yicha namunaviy yozuvlar



Muomala mazmuni

De­bet

(Cre­dit

1

Asosiy vositalar qisqa muddatli shartnoma bo'yicha olinganda

001




2

llgari qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vosita lizing beruvchiga qaytarilganda




001

3

Tovar-moddiy qiymatliklar mas’ul saqlash uchun qabul qilinganda

002




4

llgari mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar egalariga qaytarib berilganda.




002

5

Xomashyo va materiallar qayta ishlash uchun buyurtmachidan qabul qilinganda ‘

003




6

Xomashyo va materiallar qiymati qayta ishlangandan so'ng hisobdan o’chirilganda va buyurtmachiga qaytarib berilganda




003

7

Tovarlar komissiyaga qabul qilinganda

004




8

llgari komissiyaga qabul qilingan tovarlar sotilganda yoki egasiga qaytarilganda




004

9

Qurilmalar o’matish uchun buyurtmachidan qabul qilinganda

005




10

Buyurtmachilardan qabul qilib olingan asbob-uskunalar jihozlanib bo’lgandan so’ng hisobdan chiqarilganda




005

II

Qat’iy hisobot blankalari hisobga olinganda

006


12

Qat’iy hisobot blankalari hisobdan o’chirilganda




006

13

To’lashga qurbi yetmagan debitorlaming zararga yozib hisobdan o’chirilgan qarzlari hisobga olib qo’yilganda

007




14

Oldin zararga yozib hisobga olib qo’yilgan qarz undirib olinganda




007

15

Boshqa korxona va tashkilotlarga komissiyaga berilgan majburiyatlar, to’lovlar va tovarlami ta’minlashga olingan kafolatlar hisobga olinganda

008




16

Majburiyatlami bajarish bo’yicha oldin hisobga olingan kafolatlar summasi hisobdan o’chirilganda




008

17

Majburiyatlar va to’lovlami ta’minlash bo’yicha berilgan kafolatlar hisobga olinganda

009




18

Majburiyatlami va to’lovlami ta’minlash bo’yicha oldin berilgan kafolatlar qaytarilganda |




009




19

Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha berilgan asosiy vositalar qiymatiga

010




20

Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha berilgan asosiy vositalar qaytarib olinganda




010

21

Ssuda shartnomasi bo’yicha olingan mulklar qiymatiga

on




22



Ssuda shartnomasi bo’yicha olingan mulklar shartnoma muddati tugaganidan so’ng egasiga qaytarilganda




011



23

Mazkur hisobot davrining soliqqa tortiladigan bazasiga qo’shiladigan, ammo kelgusi hisobot davrlarining soliqqa tortiladigan foydasi(daromadi)dan chegiriladigan sarflar

012




24

O'tgan hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazaga qo’shilgan sarflar keyingi hisobot davrlaridagi soliqqa tortiladigan bazadan chiqarilganda




012

25

Vaqtinchalik soliq imtiyozlari berilganda ozod bo’lgan mablag’lar summasi (soliq turlari bo’yicha)

013




26

Soliqqa tortishdan vaqtinchalik imtiyoz berilishi natijasida ozod bo’lgan mablag’lar imtiyoz muddati tugaganidan hisobdan o’chirilganda




013

27

Foydalanishga berilgan inventar va xo’jalik jihozlari foydalanishga yaroqli davr davomida

014




28

Foydalanishdagi inventar va xo’jalik jihozlari hisobdan chiqarilganda




014

Ushbu vaziyat balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadigan obyektlami doimiy nazorat qilib borish zarurligini tasdiqlaydi. Bizning fikrimizcha, balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadigan barcha tovar-moddiy qiymatliklar, shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalar ham korxona balansida hisobga olinadigan qiymatliklar uchun belgilangan tartib va muddatlarda inventarizatsiya qilinishi zarur.


Balansdan tashqari schotlaming zarurligi to‘g‘risidagi fikr, ularda hisobga olinadigan obyektlardan yana biri - qatiy hisobda turadigan blankalar ekanligi bilan ham izohlanadi. Kuzatishlar tasdiqlashicha, tovar-moddiy boyliklami o‘g‘irlash va suiiste’mol qilish maqsadida keng tarqalgan qalbakilashtirish usullaridan biri - hisobga olinmay qolgan qat’iy hisobot blankalaridan foydalanish, shuningdek, ulami soxtalashtirishdir.
Shuning uchun hozirgi qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobotida balansdan tashqari mulklar, qiymatliklar, majburiyatlar va manbalaming holati to‘g‘risidagi axborotlami aks ettirish maqsadida moliyaviy hisobotning birinchi shakli - «Buxgalteriya balansi»ga ilova sifatida alohida «Balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadigan qiymat-liklaming mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot» degan jadval kiritilgan. Unda qat’iy hisobot blankalari shartli bahoda baholanishi mumkin.
Batafsillik darajasi bo'yicha schotlar sintetik va analitik schotlarga bo'linadi (4-mavzuning 4.3-paragrafida batafsil bayon qilingan).
3. Schotlarni hisob obyektining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra
turkumlash

Buxgalteriya hisobi schotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlash u yoki bu schotlarda nimalar aks ettiriladi degan savolga javob beradi.

Bunday guruhlash xo'jalik mablag'larini va ulaming tashkil topish manbalarini hamda xo'jalik jarayonlarining mavjudligini, holati va harakatini tavsiflash, ma’lumotlar olishda qaysi schotlardan foydalanish zarurligini ko'rsatadi. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobi schotlarining rejasi schotlami iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlashga asoslanib tuziladi.


Buxgalteriya hisobining schotlari iqtisodiy mazmuniga ko'ra uch guruhga bo'linadi:

  1. Xo‘jalik mablag'lari (aktivlar)ni hisobga oluvchi schotlar.

  2. Xo'jalik mablag'larining manbalarini (passivlar)ni hisobga oluvchi schotlar.

Ш. Xo'jalik jarayonlarini hisobga oluvchi schotlar(5.3-rasm).
Schotlami iqtisodiy mazmuniga ko'ra turkumlash buxgalteriya hisobining schotlar rejasini tuzishga asos bo'ladifSchotlar rejasining mazmuni va tuzilishi 5-bobda batafsilroq bayon qilingari).
Kontr-aktiv tartibga soluvchi schotlar balansning aktiv qismida alohida moddalar sifatida o‘zi bilan bog’liq aktiv schotlardan keying! satrda ko’rsatilib, aks ettirilgan xo‘jalik mablag’larining summasini tartibga soladi, ya’ni aktivlaming sof qiymatini aniqlash uchun xizmat qiladi. Kontr-aktiv tartibga soluvchi schotga «Asosiy vositalaming eskirishini hisobga oluvchi schotlar» misol bo’lib, uning qoldig’i tartibga solinuvchi «Asosiy vositalami hisobga oluvchi schotlar» asosiy aktiv schotidan ayrilib, keyingi satrda balansning aktiv tomonida ko’rsatiladi, ya’ni uni tartibga solib turadi.
Boshqacha qilib aytganda, «Asosiy vositalaming eskirishini hisobga oluvchi schotlar» asosiy vositalaming eskirishi haqidagi ma’lumotlami olishda foydalaniladi. Bu schotning kreditida asosiy vositalaming ishlatilish davridagi eskirishi hamda oldin boshqa korxonalarda ishlatilib, tekinga olingan asosiy vositalar eskirishi; debetida esa ishdan chiqqan yoki o’zimizda ishlatilib boshqa korxonalarga tekinga berilayotgan asosiy vositalaming hisobdan o’chirilishi ko’rsatiladi. «Asosiy vositalaming eskirishini hisobga oluvchi schotlar»ning qoldig’i faqat kreditda bo’ladi va xo’jalikdagi mavjud asosiy vositalaming eskirish summasini bildiradi. Bu qoldiq yordamida asosiy vositalaming qoldiq qiymati aniqlanadi, ya’ni asosiy vositalaming balans summasi («Asosiy vositalami hisobga oluvchi schotlar»ning debet qoldig‘i)dan eskirish summasini («Asosiy vositalaming eskirishini hisobga oluvchi schotlar»ning kredit qoldig’i) ayrib tashlanadi.
Kontr-passiv tartibga soluvchi schotlar balansning passiv qismida alohida moddalar sifatida ko’rsatilib, balansning passivida aks ettirilgan ma’lum schotlaming qoldiqlarini tartibga soladi. Bunga «Ustav kapitali» passiv schotini tartibga solib turadigan «Sotib olingan xususiy aksiyalami hisobga oluvchi schotlar» misol bo’la oladi.
To’ldiruvchi tartibga soluvchi schotlar ma’lum xo’jalik muomalalarini alohida-alohida hisobga olib, asosiy schotlarda hisobga olingan obyektlami baholashda foydalaniladi. Tartibga solinishi kerak bo’lgan schotlaming ma’lumotlari balansning qaysi qismida ko’rsatilsa, to’ldiruvchi tartibga soluvchi schotlaming ma’lumotlari ham ana shu qismida aks ettiriladi.
To’ldiruvchi tartibga soluvchi schotlar aktiv va passiv to’ldiruvchi tartibga soluvchi schotlarga bo’linadi. Masalan, «Materiallami tayyorlash va xarid qilish» schoti.
Aktiv to'ldiruvchi tartibga soluvchi schotga Materiallami hisobga oluvchi schotlar asosiy aktiv schotlami to'ldiradigan «Materiallar qiymatidagi farqlar» schoti misol bo'la oladi. Unda shartnoma baholar bo'yicha hisobga olinadigan materiallami baholashni to'ldiradigan summalar aks ettiriladi. Binobarin, sotib olingan materiallarning haqiqiy tarmarxini aniqlash uchun asosiy aktiv schotlar hisoblangan «Materiallami hisobga oluvchi schotlarwda hisobga olingan shartnoma bahosiga «Materiallar qiymatidagi farqlar» degan aktiv to'ldiruvchi- tartibga soluvchi schotdagi qoldiqlar summasi qo'shiladi.
Qishloq xo'jalik korxonalarida to'ldiruvchi tartibga soluvchi schotlar vazifasini analitik schotlar ham bajaradi.


  1. Yüklə 5,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin