Oddly (jarayonli) usul mahsulotlar nomenklaturasi cheklangan korxonalarda va tugallanmagan ishlab chiqarish bo'lmaydigan yoki kam miqdorda mavjud bo'ladigan korxonalarda qo'llaniladi.
Masalan, ko‘mir sanoati korxonalarida 1 t ko'miming ishlab chiqarish tannarxi jami xarajatlami qazib chiqarilgan ko‘mir miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan topiladi. Bunda shaxta ichida qolgan ko‘mir hisobga olinmaydi.
Bo'lakli (yarim fabrikatsiz) usul sanoatning xomashyoni qayta ishlashda ketma-ket bir qancha alohida mustaqil ishlov berish fazalari - bo'laklardan o'tadigan korxonalarida qo'llaniladi.
Bo'lakli (yarim fabrikatsiz) usul ko'pincha sanoatning metal- lurgiya, to'qimachilik va boshqa tarmoqlarida qo'llaniladi. Masalan, qora metallurgiya sanoatida quyidagilar bo'lak hisoblanadi: cho'yanni eritish (domna pechi), po'latni eritish (po'lat eritish sexi), prokat ishlab chiqarish (prokat sexi). '
Bo'lakli usulning yarim fabrikatsiz variantida bevosita xarajatlar buxgalteriya hisobida har bir bo'lak bo'yicha alohida hisobga olinadi, ammo har bir bo'lakdagi mahsulot tannarxi kalkulatsiyalanmaydi. Yakuniy tayyor mahsulot tannarxi barcha bo'laklar bo'yicha xarajatlami jamlash yo'li bilan hisoblanadi.
Bo'lakli (yarim fabrikatli) usulda kalkulatsiyalash obyektlari sifatida har bir bo'lak mahsuloti qabul qilingan. Har bir bo'lakdagi mahsulotlar (yarim fabrikatlar) harakati buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettiriladi.
Masalan, to'qimachilikda ishlab chiqarish bir qancha bo'laklardan iborat bo'lib, ulardan asosiylari ip yigirish, to'qish va ishlov berish hisoblanadi. To'qimachilik ishlab chiqarishi uchun paxta tolasi, yuvilgan va yuvilmagan jun, pilla xomashyosi va boshqa materiallar birlamchi xomashyo hisoblanadi. Ular birinchi bo'lakka - ip yigirishga qabul qilinadi. Ushbu bo'lak uchun yigirilgan ip tayyor mahsulot hisoblanadi. U keyingi bo'lak - to'qishga o'tkazilib, undan xom surp olinadi. Xom surp esa uchinchi bo'lak - ishlov berishga o'tkazilib, u yerda matoga kerakli rasmlar tushiriladi.