14-mavzu davomi. MAHSULOT (ISH, XIZMATJLAR TANNARXINI KALKULATSIYALASH
Buxgalteriya qanchalik takomillashsa va kalkulatsiya bilan moslashsa, zarar moddalari shuncha kamayadi.
I.F. Sher
1. Kalkulatsiyalashning mohiyati va ahamiyati
Materiallami tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko'rsatish bilan bog'liq xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida schotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash buxgalteriya hisobida kalkulatsiyalash deyiladi.
Kalkulatsiyaning juda keng ma’nodagi mazmuni xarajatlami bir tizimga keltirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida mahsulot (ish, xizmat)laming tannarxi to‘g‘risida ma’lumot shakllan- tirishdan iborat. Nisbatan tor ma’noda har xil xarajatlami yagona pul o'lchovida umumlashtirish va ulami mahsulot(ish, xizmatjlar turlari bo'yicha guruhlash usulidir.
Barcha xarajatlar yagona pul o‘lchovida ifodalanib, tegishli yo'na- lishlar bo'yicha guruhlanadi va mahsulot(ish, xizmatjlar birligining tannarxi hisoblanadi. Birinchi qarashda oddiy bo'lib ko'ringan bu ish juda murakkab va sermehnat jarayon hisoblanadi. Uning muammolari maxsus kalkulatsiyalash nazariyasini va kalkulatsiya ishining turli amaliy jihatlarini vujudga keltirdi. Tannarxni kalkulatsiyalash korxo- nada ishlab chiqarishni rejalashtirish, boshqarish va samaradorlikni baholashda muhim ahamiyatga ega (9.1-rasm).
Kalkulatsiyalash masalalarining murakkabligi eng awalo xo'jalik jarayonlarining xilma-xilligi, ishlab chiqarishning tashkiliy va texnologik shart-sharoitlari murakkablashuvi bilan bog‘liq. Murakkab!ik xarajatlami guruhlash uchun asos tanlash paytidayoq vujudga keladi. Bu yerda bir qancha asoslar mavjud: kalkulatsiyalash obyekti, xarajatlar elementi, tannarx moddalari. Kalkulatsiyalash obyektlari — bu tannarx hisoblash uchun xaraja tlami guruhlashning asosidir.
9.1-rasm. Tannarxni kalkulatsiyalashning vazifalari.
Ayrim ishlab chiqarishlarning tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tannarx hisoblash har xil usullar yordamida bajariladi, buni hisoblash jarayoni esa buxgalteriya hisobining alohida bo'limi bo‘lib, uni kalkulatsiya is hi deb atash mumkin.
Uning asosini belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadigan, xarajatlami yagona pul o'lchovida umumlashtirish va ulami ma’lum ketma-ketlikda guruhlash yo‘li bilan mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini hisoblash tashkil etadi.
9.2-rasm. Xo'jalikjarayonida tannarx shakllanishi.
Xarajatlaming alohida turlarini ilmiy asoslangan normalar va normativlar negizida rejalashtirish, hisob va kalkulyatsiyani, xarajatlar shakllanishining nazorati va auditini to‘g‘ri yo'lga qo'yish mahsulot (ish, xizmat) tannarxini boshqarish tizimining asosini tashkil etadi.
Xususan, ichki nazoratning vazifalari barcha xo'jalik muomala- larining to'liqligi va qonuniyligini, jumladan schotlar guruhlari bo'yicha jamlangan summalami arifinetik tekshirishdan iborat.
Kalkulatsiyalash masalalari buxgalter oldida xo'jalik mablag'lari doiraviy aylanishining barcha bosqichlarida (ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya) vujudga keladi.
Mahsulotlar tannarxini hisoblash jarayonida kalkulatsiyalash obyekti va kalkulatsiya birligi, xarajat dementi va xarajat moddasi to‘g‘risida aniq tasawurga ega bo'lish lozim.
2. Xarajatlaming turkumlanishi
Xarajatlami guruhlash elementlar va kalkulatsiya moddalari bo'yicha amalga oshiriladi.
Xarajatlami elementlar bo'yicha guruhlash zarurati korxona tomonidan hisobot davrida nima va qancha sarflandi degan savolga javob beradigan axborotlami olish zaruratidan kelib chiqadi.
«Xarajatlar tarkibi ... to'g'risidagi Nizom»ga muvofiq mahsulot (ish, xizmat) laming ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ulaming iqtisodiy mazmuniga ko'ra quyidagi elementlar bo'yicha guruhlarga ajratiladi:
ishlab chiqarish bilan bog'liq moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilgan holda);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan mehnat haqi xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli bo'lgan ijtimoiy sug'urtaga ajrat- malar;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlaming eskirish qiymati.
Xarajatlami elementlar bo'yicha guruhlash xalq xo'jaligini rejalashtirishda qo'llaniladi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va uni tartibga solishda davlat aralashuvining kamayishi sharoitida xarajatlami elementlar bo‘yicha guruhlash ahamiyati xalq xo'jaligi darajasida o'z ahamiyatini biroz yo'qotadi. Mazkur guruhlash korxona miqyosida uning hisobot davrida butun ishlab chiqarishga moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaming alohida turlari bo'yicha qancha sarflanganligini aniqlashga imkon yaratadi. Tabiiyki, mazkur guruhlash yordamida korxona va uning tarkibiy bo'linmalari faoliyati ustidan muayyan mahsulot turlarini ishlab chiqarish, ish yoki xizmat turlarini bajarish bo'yicha kundalik nazorat o'matish qiyin. Bu masala xarajatlami moddalar bo'yicha guruhlash yordamida hal etiladi.
Buning uchun tarmoqlar va ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqqan holda xarajat moddalarining namunaviy ro'yxati ishlab chiqilib, yagona uslubiy yondashuv ta’minlanadi.
Masalan, qishloq xo'jaligida o'simlikchilik tarmog'i xarajatlarining analitik hisobi quyidagi moddalar bo'yicha tashkil etiladi:
mehnat haqi xarajatlari, yagona ijtimoiy to'lov ajratmalari bilan;
urug'lik va ko'chat materiallari;
o‘g‘itlar;
o'simliklami himoya qilish vositalari;
ishlar va xizmatlar;
asosiy vositalami saqlash xarajatlari;
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari;
sug'urta to'lovlari;
boshqa xarajatlar.
Tarmoq va ishlab chiqarish xususiyatlariga ko‘ra xarajat moddalarining namunaviy ro'yxati o'zgarishi mumkin. Bu alohida korxonalaming xarajatlarini solishtirish, buxgalteriya hisobi uslubiyatini soddalashtirishga imkon yaratadi.
«Xarajatlar tarkibi ... to‘g‘risidagi Nizomwga muvofiq korxona qaysi xarajatlami mahsulot(ish, xizmatjlar tannarxiga kiritish, qaysilarini kiritmaslik kerakligini aniqlaydi. Ushbu nizomga muvofiq korxona quyidagi toifa xarajatlami mahsulot tannarxiga to'liq hajmda kiritadi:
bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan ustama xarajatlar.
Dostları ilə paylaş: |