Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə89/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Davr xarajatlari tarkibida hisobga olinib, asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar ishlab chiqarish sarflariga olib borilmaydi va mahsulot tannarxiga qo'shilmaydi. Bular:

  • sotish xarajatlari;

  • ma’muriy-boshqaruv xarajatlari;

  • boshqa muomala xarajatlari va zararlar.

Xarajatlami moddalar bo'yicha guruhlash ichki xo'jalik reja- lashtirilishi, joriy buxgalteriya hisobi va mahsulot(ish, xizmatjlar tan- narxini hisoblashda qo‘llaniladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot(ish, xizmatjlar tannarxini hisoblash uslublarining mazmunini belgilaydi.
O‘z navbatida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uslublari muayyan korxonadagi texnologik jarayonlaming mazmuni, kalkulatsi- yalash obyektlari va axborotlami to'plash usulidan kelib chiqqan holda turkumlanadi. Muayyan hisob obyektlariga olib boriladigan xarajat- laming to'liqligi va ishonchililigi dastlabki hisobning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va analitik hisobning tashkil etilishiga bog'liq. Ayrim xarajatlar (asosiy xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishda bevosita band bo'lgan xodimlar ish haqi va sh.o‘.) bevosita muayyan kalkulatsiya obyektlariga qo'shiladi. Bu toifa xarajatlami nazorat qilish qulay va shu munosabat bilan ulaming miqdori yetarli darajada aniq hisoblanishi mumkin.
Bilvosita xarajatlar, masalan ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari (2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schoti) mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga bilvosita (taqsimlash) yo‘l bilan qo'shiladi.
Asosiy (bevosita) xarajatlami mahsulot(ish, xizmatjlar tannarxiga olib borishning qulayligini e’tiborga olgan holda, barcha e’tibor kalkulatsiyalash jarayonida bilvosita xarajatlami kalkulatsiya obyektlari o'rtasida to‘g‘ri taqsimlashga qaratilishi lozirn. Bilvosita xarajatlami taqsimlashning qaysi usulini qo'llashdan qat’i nazar, muayyan mahsulot (ish, xizmat) turining tannarxini hisoblashda ma’lum darajadagi nuqsonlarga yo‘l qo‘yiladi. Buning sababi nuqsonlaming o‘zi bilvosita xarajatlaming mazmuniga xos. Ular mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga bilvosita (egri) yo‘l bilan tanlangan taqsimlash bazasiga mutanosib ravishda qo'shiladi.
Ayrim xarajatlaming shakllanishi va mahsulotlar tannarxiga qo'shilishining bunday xususiyatlarini hisobga olgan holda hisob yuritish amaliyotida har xil tannarx har xil maqsadlarga javob berishi lozimligi qaror topgan. Ichki xo'jalik bo'linmalari - mas’uliyat markazlari darajasida boshqarish maqsadlari uchun asosiy xarajatlar to'g'risidagi axborotlar yetarli hisoblanadi. Ustama xarajatlar bu shartli - doimiy xarajatlar bo'lib ulaming miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o'zgarmaydi yoki kam miqdorda o'zgaradi. Shuning uchun korxona boshqaruvi ushbu xarajatlaming belgilangan smetalardan chetga chiqishini doimiy nazorat qilishi lozim. Nazoratning bunday turi tafovutlarni boshqarish usuli deb nom olgan. Bunday xarajatlaming ko'lami, qoidaga ko'ra, faqat hisob davrining uzunligiga bog'liq. Bu xarajatlar qaror qabul qilish uchun xarajat sifatida o'rganilmaydi, balki nazorat va tartibga solish maqsadida hisobga olinadigan xarajatlar toifasiga taalluqli axborotlami shakllantiradi.
3. Kalkulatsiyaning tnrlari
Kalkulatsiyalashning maqsadiga ko'ra kalkulatsiya quyidagi turlarga bo'linadi (9.5-rasm):



    1. rasm. Kalkulatsiya turlari.

Reja (smeta) kalkulatsiyasi alohida kalkulatsiya moddalari bo'yicha hisoblangan har bir buyum, mahsulot turi yoki guruhining tannarxi bo‘lib, uning ko'lami korxona tomonidan oldindan rejalashtirilgan tashkiliy-texnikaviy tadbirlami amalga oshirgan holda nazorat qilib boriladi. Shutting uchun mahsulot taunarxining reja kalkulatsiyasi normativ kalkulatsiyadan past bo'lishi lozim.
Normativ kalkulatsiya hisobot davri boshiga hisob-kitob qilinadi va korxona kalkulatsiya tuzish paytida ishlab chiqarishning texnik darajasi va mavjud texnologiyadan kelib chiqqan holda, amal qilayotgan norma va normativlami hisobga olgan holda ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga moddalar bo‘yicha sarflaydi.
Kutilayotgan (provizor) kalkulatsiya qishloq xo'jalik korxonalarida 1-oktabrga, dastlabki uch choraklik (to'qqiz oy) ichida qilingan haqiqiy xarajatlar va olingan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar hamda to'rtinchi chorakda kutilayotgan xarajatlar va olinadigan mahsulotlaming taxminiy hisobi asosida tuzadilar. U har bir tarmoqning va butun xo'jalikning joriy yildagi ishlab chiqarish natijalarini oldindan aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Haqiqiy (hisobot) kalkulatsiyasi hisobot davridagi muayyan mah­sulot turiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy xarajatlaming miqdoridir. U bir vaqtning o‘zida normativ yoki reja kalkulatsiyasi bo'yicha tannarxdan chetga chiqishlami hisoblash uchun qo'llaniladi.
Haqiqiy tannarx bilan reja tannarxini o'zaro solishtirish mahsulot tannarxi rejasini nazorat qilish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini topishda muhim ahamiyatga ega.
4. Xarajatlar hisobi va kalkulatsiyalash obyektlari
Xarajatlami hisobga olish obyektari - bu xarajatlar vujudga keladigan va hisobga olinadigan alohida tarkibiy bo‘linmalar (sex, ishlab chiqarish, uchastka va b.) (9.6-rasm).



    1. rasm. Xarajat obyektlari.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar (detail, buyum, bir xil buyumlar guruhi), texnologik jarayonlar (bo'lak, ishlab chiqarish), bosqich va boshqalar, ya’ni har xil tayyorlik darajasidagi mahsulotlar, ish yoki xizmat turlari kalkulatsiyalash obyektlari hisoblanadi (9.7-rasm).



    1. rasm. Kalkulatsiya obyektlari.

5.Kalkulatsiya birligi va kalkulatsiyalash bosqichlari
Kalkulatsiya birligi deb, kalkulatsiyalash obyektining 0‘lchoviga aytiladi. Tayyor mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritilganda, kalkulatsiya birligi ishlab chiqarish rejalarida natural ifodasida yoki tegishli mahsulot turining standartida ko'rsatilgan o'lchov birligi bilan mos keladi. Kalkulatsiya birligining quyidagi turlari mavjud (9.8-rasm).
Ayrim tarmoqlarda kalkulatsiyalash obyekti va kalkulatsiya birligi o'zaro mos kelmasligi mumkin. Masalan, qayta ishlash sanoatida hisob birligi 1 kg mahsulot bo‘lsa, kalkulatsiya birligi esa 1 t yoki 1 ts mahsulot bo'lishi mumkin.
Bir xildagi oraliq mahsulotlami kalkulatsiyalashda shartli yirik- lashtirilgan kalkulatsiya birliklari (100 juft poyafzal, 1000 shartli banka va sh.o‘.) qo'llaniladi.
Yiriklashtirilgan kalkulatsiya birliklarini qo'llash reja va hisobot kalkulatsiyalarini tuzishda analitik ishlar hajmini keskin kamaytiradi.

Yakuniy mahsulotning muayyan turlarini kalkulatsiyalash uchun natural birliklar qo'llaniladi. Boshqa kalkulatsiya birliklari ham ishlatiladi.


Bu xarajatlar to‘la tannarxni hisoblash zarurati vujudga kelganda, masalan, sotiladigan mahsulot(ish, xizmatjning shartnoma bahosini shakllantirishda hisob-kitob qilinishi zarur. Xarajatlar hisobini mas’u- liyat markazlari bo'yicha tashkil etish muammosi bilan bir qatorda ulami xarajat markazlari (mahsulot turlari, ulaming tayyorlik darajasi va sh.o‘.) bo'yicha chegaralash uslublarini shakllantirish zarurati ham vujudga keladi.
Ushbu bosqichda kalkulatsiyalash jarayoni xarajatlarning qaysi qismini tugallangan ishlab chiqarish, ya’ni tayyor mahsulotga va qaysi qismi tugallanmagan ishlab chiqarishga olib borish hisob-kitobini ta’minlashi shart.
Shuning uchun kalkulatsiyalash jarayonini umumiy ko'rinishda quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin:

  1. xarajatlami tugallangan va tugallanmagan ishlab chiqarishlar o'rtasida taqsimlash;

  2. yaroqsiz mahsulot olinganda uning tannarxini, qoplanmaydigan xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga olib borilishini nazarda tutgan holda hisoblash;

  3. ishlab chiqarishdan qaytarib olingan chiqitlami aniqlash va baholash;

  4. har bir kalkulatsiya moddasi bo'yicha xarajatlami to‘liq hisobga olish.

Shunday qilib, alohida mahsulot (ish, xizmat) tannarxini kalkulatsiyalash jarayonida ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy mazmuni, hisobot davri, alohida xarajat moddalari, xarajat markazlari va mas’uliyat markazlari bo'yicha guruhlash hamda to'liq hisobga olish zarur.
6. Xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulatsiyalash usullari
Xarajatlami hisobga olish va mahsulot (ish, xizmatjlar tannarxini kalkulatsiyalash usullari deganda xarajatlaming kalkulatsiyalash obyektlari bo'yicha analitik hisobi usullari va mahsulot(ish, xizmatjlar tannarxini hisoblash amallari tushuniladi.
Korxonalarda xarajatlami hisobga olish va mahsulot (ish, xiz-
matjlar tannarxini kalkulatsiyalashning quyidagi usullari qo'llaniladi (9.9-rasm):



    1. rasm. Xarajatlami hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblash
      usullari.


Xarajatlami hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulatsiyalash usullari korxonaning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. U korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligi, qo'llanilayotgan texnologiyalar, mahsulotlar assortimenti va hokazolarga bog'liq.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin