Dastlabki qiymati bo‘yicha baholash usuli. Asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga dastlabki qiymati bo‘yicha, ya’ni ulami sotib olish, qurish va tayyorlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo’yicha qabul qilinadi:
korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan qo’shilgan ulushlar - tomonlaming kelishuvi bo’yicha;
korxonaning o’zida tayyorlangan hamda boshqa korxonalar va shaxslardan sotib olinganda - barpo etish (qurish, qo'shimcha qurish va h.k.) yoki ushbu obyektlami sotib olish bo’yicha qilingan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda, to’langan va qoplanmaydigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlami hamda tashib keltirish, montajlash, o’matish, ishga tushirish va aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bog’liq istalgan boshqa xarajatlami ham qo’shgan holda;
d) boshqa korxonalar va shaxslardan tekinga hamda davlat organlarining subsidiyasi sifatida olinganda - kirim qilish sanasidagi bozor bahosi yoki qabul qilish - topshirish hujjatlarida ko’rsatilgan qiymat bo’yicha baholanadi.
asosiy vositalaming qoldiq qiymati ulaming dastlabki qiymatidan eskirish summasini ayirish yo’li bilan aniqlanadi. Qoldiq qiymat asosiy vositalami hisobda haqqoniy baholash uchun qo’llanilib korxona balansida ham ular qoldiq qiymat bo’yicha aks ettiriladi.
Vaqt o'tishi bilan asosiy vositalami qoldiq qiymati hozirgi sharoitda sotib olingan yoki barpo qilingan, shunga o'xshash asosiy vositalar qiymatidan farq qiladi. Ushbu farqni bartaraf etish uchun asosiy vositalar har yili birinchi yanvar holatiga qayta baholanib, ulaming tikiash qiymati aniqlanadi.
Tikiash qiymati -bu hozirgi sharoitda asosiy vositalami (hozirgi baholarda, zamonaviy texnikalar va h.k.) qayta barpo etish qiymati. Bu qiymati asosiy vositalaming qayta baholash yo‘li bilan aniqlanadi.
Asosiy vositalaming dastlabki qiymatini o'zgartirish qo'shimcha qurish, qo'shimcha jihozlash, rekonstruksiyalash va qisman tugatish hamda qayta baholash hollarida ruxsat etiladi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2001-y. 490-sonli «0‘zbekiston Respub- likasining 2002-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida» qaroriga muvofiq xo'jalik yurituvchi subyektlar mulkchilik shaklidan qat’i nazar har yili 1-yanvar holatiga asosiy vositalami ulaming qiymatini joriy baholarga muvo- fiqlashtirish uchun qayta baholaydilar.
Dastlabki qiymatini shakllantirish
Nomoddiy aktivlarni olish manbalari:
Sotib olish
Inventa rizatsi- yada oshiq- cha chiqish
К.ОГХО- nada ishlab chiqarish
Te- kin- ga olish
Ustav kapi- taliga ulush
1. Haqiqiy xarid bahosi va foydalanish holatiga keltirish xarajatlari
X
2. Inventarizatsiya paytidagi bozor bahosi bo'yicha
X
3. Haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo'yicha
X
4. Bozor bahosi va ishga tushirish xarajatlari bo'yicha
X
5. Ustav va ta’sis shartnomasiga mu- vofiq
X
8.5-rasm. Nomoddiy aktivlarni baholash usullari. Qayta baholash natijasida asosiy vositalaming oshgan (pasaygan) summasi 0100 «Asosiy vositalami hisobga oluvchi schotlar» (01100190) debeti(krediti) bo'yicha 8510 «Uzoq muddatli aktivlami qayta baholash bo'yicha tuzatishlar» schoti bilan korrespondensiyalanadi.
Xarid qilish chog‘ida qiymati chet el valutasida aniqlangan asosiy vositalami baholash chet el valutasini 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining, korxona tomonidan asosiy vosita obyektini sotib olish paytida amalda bo'lgan kursi bo'yicha qayta hisoblash yo'li bilan amalga oshiriladi.