E) dastlabki, yig'ma Hujjatlarnlng aylanish grafigi qanday tuziladi va kirn tomonl- dan tasdiqlanadi? bo'limlar bo'yicha bosh buxgalter tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
bosh buxgalter tomonidan bo'limlar bo'yicha tuzilib, xo'jalik rahbari tasdiqlaydi.
yuqori tashkilotlar tomonidan ko'rsatiladi va beriladi.
xo'jalik ma’muriyati tomonidan tuziladi.
hisobotlami topshirish muddatlari asosida tuziladi.
14-MAVZU.Baholash va kal’kulyatsiya qilish va uning korxona faoliyati uchun axamiyati
14-Mavzu. Baholash va kal’kulyatsiya qilish va uning korxona faoliyati uchun axamiyati Odam hamma narsaning bahosini biladi, ammo hech narsani baholay olmaydi. 0. Uald REJA 1.Baholashning mohiyati, ahamiyati va tamoyillari 2.Materiallarni kirimga olish vaqtida baholash 3. Materiallarni hisobdan chiqarish vaqtida baholash 4.Asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni baholash
1.Baholashning mohiyati, ahamiyati va tamoyillari
Buxgalteriya hisobining metodi oldingi boblarda ко‘rib chiqilgan balans, hujjatlashtirish va inventarizatsiya, schotlar va ikkiyoqlama yozuv usullaridan tashqari, baholash va kalkulatsiya kabi elementlami ham o‘z ichiga oladi. Ular buxgalteriya hisobi obyektlarini qiymat o'lchovida ifodalash usullari bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining pul o'lchovidagi ko'rsatkichlariga ega bo'lish uchun qo'llamladi. Bozor munosabatla rining rivojlanishi natijasida bu usullami qo'llashning ahamiyati yanada oshib bormoqda.
0‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunining 4-moddasiga muvofiq barcha asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar va xarajatlar hamda moliya- xo'jalik faoliyatining boshqa tomonlari buxgalteriya hisobining obyektlari hisoblanadi.
Ushbu hisob obyektlarini yagona o‘lchov - pul о ‘lchovigz. keltirish uchun ulami baholash, ya’ni pulda ifodalash zarur.