Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Materiallami hisobdan chiqarish vaqtida baholash



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə85/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

3. Materiallami hisobdan chiqarish vaqtida baholash
№4 «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq, zaxiralar hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri bo‘yicha baholanadi (yangi tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug'i bilan 15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595 raqam bilan 17.07.2006-y. ro‘yxatga olingan)(8.3 - rasm).
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda tovar-moddiy zaxiralami baholashning quyidagi usullari ham qo‘llaniladi: keyingi partiya kirimga - birinchisi chiqimga (NIFO), bazisli va boshqa.
Korxona tomonidan maxsus tartibda foydalaniladigan (qimmat- baho metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.) va bir-birining o'mini bosmaydigan (ya’ni ular oddiy tarzda bir-birini o'mini bosmaydi) hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo'ljallangan (foydala­niladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining identi-fikatsiya- langan tannarxi bo‘yicha baholanadi.
Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralaming alohida turlariga olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljal- langan buyumlar uchun, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidan qat’i nazar, mos keladi.
AVECO usuli bo'yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining qiymati shunga o'xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o'lchangan qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o'xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli bo'yicha aniqlash shunga o'xshash zaxiralar umumiy tannarxini ulaming umumiy miqdoriga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Bunda umumiy tannarx mos ravishda davr boshiga bo'lgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va miqdori va davr davomida olingan zaxiralami tannarxi bilan miqdoridan tashkil topadi. O'rtacha miqdor korxona tomonidan tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralaming har bir yangi partiyasi olinishiga qarab hisob-kitob qilinadi.

8.3 - rasm. Tovar-moddiy zaxiralami baholash usullari.

FIFO usuli - bu birinchi kirim qilingan baho bo'yicha chiqim qilish. FIFO usuli bo'yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga birinchi navbatda sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar qiymati olib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralaming davr oxiridagi qiymati so'nggi sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralaming umumiy qiymatidan iborat.


Tovar-moddiy zaxiralaming hisobot davri oxiriga qiymatini aniqlash tovar-moddiy zaxiralami hisobdan chiqarishda qiymatini aniqlash uchun qabul qilingan usuldan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralami hisobdan chiqarishda qiymatini aniqlashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
4.Asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni baholash
Asosiy vositalar ulami takror ishlab chiqarishda dastlabki qiymati bilan birga qoldiq va tikiash qiymati bo'yicha hisobga olinadi. Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalaming real bahosini, ya’ni dastlabki qiymatidan eskirish summasini chegirib tashlagan holda hisoblash uchun qo’llaniladi. Tikiash qiymati hozirgi haqiqiy xarajatlami, ulaming haqiqiy tannarxini tavsiflaydi. Asosiy vositalaming dastlabki qiymatini tikiash qiymatiga o’tkazish qayta baholash orqali amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar obyektlarini baholash usullari №5 «Asosiy vositalar» nomli BHMSda belgilangan (O‘zR MVning 114-sonli buyrug’i 9.10.2003-y., O‘zR AVda 20.01.2004-y. 1299-raqam bilan ro'yxatga olingan) (8.4-rasm).

8.4-rasm. Asosiy vositalami baholash usullari.

Yuqorida kelitirilgan baholash usullarini batafsil ko’rib chiqamiz.




  1. Yüklə 5,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin