Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


 Kushon davlati va uning davlatchilik xususiyatlari



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

6. Kushon davlati va uning davlatchilik xususiyatlari 
Miloddan avvalgi I asrda yuechji qabilalari uyushmasida (Guyshuan, 
Shuanmi, Xisi, Xyumi, Xuanmi) 
Guyshuan
(Kushon) urug‘ining 
hokimlik mavqeyi ancha kuchaygan. Guyshuan qabilasi dastlab Surxon 
vohasida joylashgan va ularning poytaxti 
Dalvarzin 
shahri (hozirgi 
Sho‘rchi tumani) bo‘lgan. Podsho 
Kujula Kadfiz
davrida Kushon 
podsholigi hududlari ancha kengaydi va davlat tarkibiga hozirgi Janubiy 
Tojikiston, Afg‘oniston va Kashmir yerlari qo‘shib olinadi.
 
Kushon podsholigi Kanishka hukmronligi yillarida (78-123-yillar) 
ulkan saltanatga aylandi. Kushon podsholigi Surxon vohasi Janubiy 
Tojikiston, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va sharqiy Turkiston 
yerlarini o‘z tarkibiga kiritdi. Shu vaqtda poytaxt Dalvarzindan 
Peshovarga ko‘chirildi. Kushon podsholigi qadimgi davrdagi Rim, 
Parfiya, Xitoy davlatlari bilan teng bo‘lgan va g‘oyatda qutratli davlatga 
aylandi.
Mamlakatimiz hududlarida yuzaga kelgan Kushon podsholigi 
tarkibiga O‘zbekistonning asosiy hududlari (Xorazm, Zarafshon
Qashqadaryo, Toshkent, Farg‘ona) kirmaganligi natijasida o‘sha 
hududlarda o‘ziga xos boshqa mahalliy davlat yuzaga kelgan va 
kushonlar madaniy an’analaridan xoli tarzda taraqqiy etgan. Bu davlatlar 
bilan Kushon davlatining shimoliy chegaralari Ko‘hitog‘, Boysun, Hisor 
tog‘lari orqali o‘tganligi Boysun tumanidagi Darband atrofidan 
o‘rnatilgan mudofaa devorlarini o‘rganish natijasida isbotlandi. Bu 
mudofaa devorlari qoldiqlari shu yerdan o‘tgan chegara qal’asi devorlari 
bo‘lgan. 
Kushon sulolasi va davlati tarixi yozma manbalar va 
tangashunoslik tadqiqotlari orqali o‘rganildi. Tangalardagi dastlabki 
vaqtlarda Yunon-Baqtriya shohlari tasviri mavjudligi va asta-sekin 
uning o‘rnini kushonlarning “shoh”, “shohlar shohi” so‘zlari egallashi 
harbiy siyosiy qudrati yuksalib borganligidan dalolat beradi. 
Podsho Kanishka I o‘zidan oldingi davlat boshqaruvi an’analarini 
saqlab qoldi va davom ettirdi. Davlatning oliy hukmdori podsho, 
viloyatlar va shaharlarni o‘z noiblari yordamida boshqarardi. 
Buyuk Ipak yo‘lining rivojlanishi bilan Kushon Podsholigining 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yashnashiga ta’sir ko‘rsatdi. Shaharlar 
ko‘paydi, yangi-yangi yerlar o‘zlashtirildi va sug‘orish tarmoqlari barpo 
etildi. 


31 
Shaharlar tuzilishiga ko‘ra bir necha qismdan iborat bo‘lgan: 
hokim 
saroyi, 
hunarmadchilak 
ustaxonalari, 
guzarlar, 
alohida 
ibodatxonalar joylashgan shahar qismi va boshqalar. 
Davlatning iqtisodiy asosini sug‘orma dehqonchilikka asoslangan 
xo‘jalik, savdo va hunarmandchilik tashkil etgan. Hunarmandchilik turli 
–tuman kasb va hunardan iborat bo‘lgan. 
Tashqi siyosat ancha kengayib, Hindiston, Xitoy, Rim saltanati 
bilan 
savdo 
va 
elchilik 
munosabatlari 
o‘rnatilgan. 
Savdo 
munosabatlarining kengayishiga Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati katta 
bo‘lgan. Tadqiqotlar natijasida Termizdan Rim tangalari O‘rta yer 
dengizi atroflarida Kushon tangalarining topilishi ham fikrimizning 
dalilidir. 
Kanishka davrida kushonlar madaniyati hindlashtirildi va budda 
dini davlat diniga aylandi. Oromiy va Yunon yozuvlari asosida kushon 
yozuvi shakllandi. Me’morchilik tasviriy san’at yuksak darajada 
rivojlandi jahon miqyosida mashhur bo‘lgan Kushon davri san’at 
obidalari 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin