Kushon podsholigida boshqaruv tizimi mundarij a kirish



Yüklə 285 Kb.
səhifə1/8
tarix21.06.2023
ölçüsü285 Kb.
#133446
  1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Kushon podsholigining tashkil topishi, ijtimoiy-iqtisodiy (1)


Kushon podsholigida boshqaruv tizimi


M U N D A R I J A


Kirish…………………………………………………………...3-4


I.bob. Kushon podsholigining tashkil topishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti omillari ………………….…………………………………..5-8
1.1. Kushon podsholigining tashkil topishi va rivojlanishi ………..……5-8
1.2. Kushon podsholigining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti omillari …………………….9-15

1.3. Kushon podsholigi davrida diniy bag’rikenglik……………………15-16


II bob. Kushon podsholigida boshqaruv tizimi va tadqiqotchilar tomonidan o’rganilishi.……..17-20
2.1 Kushon podsholigida boshqaruv tizimi ……………………….17-20
2.2. Kushon podsholigining tadqiqotchilar tomonidan o’rganilishi …………………………………………20-26

2.3. Kushon saltanatidagi islohotlar…………………27-32


Xulosa……………………………………………………….….32-33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………..34-35


K I R I SH


Mavzuning dolzarbligi. ”Hamma oʻz tarixini ulugʻlaydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq. Bu merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak.” Jahon sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo’shgan Kushon davlati ulkan sarhadlarga ega bo’lib, davlatning shahar va qishloqlarida savdo-sotiq, hunarmandchilik, qishloq xo’jalik sohalari rivojlangan. So’nggi yillarda olib borilgan ko’plab arxeologik tadqiqotlar Kushon davri O’rta Osiyo xalqlarining moddiy madaniyatini o`rganish bo`yicha boy materiallar berib, keng imkoniyatlar yaratdi. Janubiy Turkmaniston va Xorazm, Buxoro va Samarqand, Surxon vohasi, Vaxsh, Qashqadaryo va Farg`ona vodiysidan topilgan shu davrga oid arxeologik topilmalar sug`orma dehqonchilikning anchagina rivojlanganligidan dalolat beradi. Dehqonchilikning rivoji tufayli keng hududlar o`troq aholi tomonidan jadallik bilan rivojlanadi. Kushonlar saltanatini dunyo xalqlari taraqqiyotiga qo’shgan hissasini o’rganish, ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixini yangi manbalar bilan boyitish olimlarimiz oldida turgan dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksak darajada rivojlangan Kushon davlati tarixini yosh avlodni ongi-shuurigiga yetkazish, singdirish, yoshlarni milliy o’zlikni anglash ruhida tarbiyalashda bu tarixiy davlatning o’rni beqiyosdir. Ularga asoslanib, biz "Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi", "O’rta Osiyo sivilizatsiyasi", "Turon" yoki "Turkiston sivilizatsiyasi" kabi tarixiy tushunchalardan ilmiy tadqiqotlarda keng foydalana boshladik. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, hozirgi “O’zbekiston hududining ulkan Yevroosiyo mintaqasi markazida, muhim tranzit yo’llari kesishgan chorrahada joylashganligi tarixan belgilangan bo`lib bu vatanimizni kishilik tarixining ilk bosqichlaridayoq Sharq va G’arb dunyosi o’zaro muloqotga kirishadigan joy sifatidagi ahamiyatini belgilab” berdi.Shu tufayli ham tarix fanining hozirgi taraqqiyot bosqichida Vatanimiz tarixini jahon sivilizatsiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida o’rganish dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo`yilmoqda. O’rta Osiyo sivilizatsiyasining shakllanishi va bosqichma-bosqich rivojlanib borishda Kushon davlatining mintaqaviy va trans-mintaqaviy iqtisodiy-madaniy aloqalar tizimini rivojlantirishdagi o’rni beqiyos bo’lgan. Bu saltanatni rivojlanish tendensiyalarini ilmiy o`rganish va tahlil qilib, yosh avlodga yetkazish asosiy maqsad sifatida gavdalanadi.
Mavzunining dolzarbligi: XXI asr O’zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy innovatsiyalar asri sifatida boshlandi va ana shunday sharoitda barkamol shaxs, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy zaruratga aylandi. Bu zarurat Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida belgilangan ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish” masalasiga etibor qaratishni talab etdi.
Tarixi fanini o’qitish ta’lim-tarbiya birligiga asoslanib, ushbu fan o’sib kelayotgan yosh avlodda siyosiy, g’oyaviy, ma’naviy-axloqiy va jismoniy fazilatlarni yuksak ong va madaniyatni shakllantiradi. Demak, yosh avlod, bo’lajak mutaxassislarning, umuman, millatning qanday siyosiy, g’oyaviy, axloqiy, tamoyillar asosida yashashi va mehnat qilishi bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi samaradorligiga bevosita bog’liq.
Mavzuning o‘rganilish darajasi: Kushonlar davri madaniyatini o’rganish borasida 1913 va 1960-yillarda Londonda, 1968-yil Dushanbeda va 1970-yil Kobulda xalqaro simpoziumlar o’tkazildi, YUNESKO qoshidagi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini o’rganish komissiyasi esa kushonlar tarixi va madaniyatini o’rganishni o’z oldiga asosiy vazifalardan biri qilib qo’ydi. Arxeologlar Kushon madaniyatiga oid Bagram, Kushonlar davri moddiy va ma'naviy madaniyatini o'rganishda qadimshunos va san'atshunos olimlardan V. M. Masson, B. YA. Staviskiy, L. I.Albaum, G. A. Pugachenkova, E. V. Rtveladze, B. A. Turg'unov, T. V. Belyayev hamda Sh. R. Pidayevlarning ilmiy xizmatlari beqiyos darajada kattadir.SHu bois mana shu arxeolog olimlar asarlaridan foydalandim.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Tarixiy manba va ilmiy adabiyotlarda aks ettirilgan, Kushon podsholigining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan masalalarni chuqur o‘rganish va qiyosiy tahlil asosida, .Kushon podsholigining taraqqiyoti va inqirozi sabablarini yoritish maqsadida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
-Kushon podsholigining tarixiga oid manbalarni qiyosiy tahlil qilish va tarixshunosligini o‘rganish, yangi ma'lumotlarni ilmiy muomalaga kiritish;
- Kushon podsholigining siyosati va boshqaruv tizimini tadqiq qilish va xulosalar berish;
Kurs ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda Kushon podsholigining boshqaruv tizimi, xo‘jalik va madaniy hayoti hamda mazkur davlatlarining inqirozi sabablari yangi ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Mustaqillik yillarida e'lon qilingan yangi ma'lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, Kushon podsholigi haqidagi yangi ma'lumotlar o‘quvchilarga kengroq tushunchalar berishi, tadqiqot ishida umumlashtirilgan ma'lumotlardan ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlarida hamda milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq komil insonni tarbiyalashda foydalanish mumkin.1

Yüklə 285 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin