Kushon podsholigida boshqaruv tizimi mundarij a kirish


II-bob Kushon podsholigida boshqaruv tizimi va tadqiqotchilar tomonidan o’rganilishi



Yüklə 285 Kb.
səhifə5/8
tarix21.06.2023
ölçüsü285 Kb.
#133446
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Kushon podsholigining tashkil topishi, ijtimoiy-iqtisodiy (1)

II-bob Kushon podsholigida boshqaruv tizimi va tadqiqotchilar tomonidan o’rganilishi.
2.1.Kushonlar davlatida boshqaruv tizimi.

Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuechji qabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil.avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil.avv. 172-161-yillar oralig‘ida deb belgilaydilar) yuechjilar xunlardan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko‘chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuechji” – “Buyuk” yoki “Katta yuechji” deb eslatiladi. CHjan Szyan ma’lumotlariga ko‘ra, yuechjilar xunn qabilalaridan mag‘lubiyatga uchragach O‘rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. Katta Xan uyi tarixida ham yuechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonidan o‘z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi.Tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra, yuechjilar mil.avv. 140-130-yillar oralig‘ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko‘p o‘tmay Baqtriyada Katta yuechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, Katta yuechji hukmdorlari qo‘l ostida beshta xokimlik (Xi-xeu) bor bo‘lib, ular Xyumi, SHaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuechji davrini uch bosqichga bo‘ladilar:


1.Mil.avv. 139-125-yillar katta yuechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi.
2.Mil.avv. 25-yilga qadar katta yuechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo‘lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. YUechjilar bo‘ysundirgan hududlar Xise, SHaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo‘lib, ular xi-xou (yabg‘u) tomonidan birlashtirilgan.
3.Mil.avv. 25-yildan keyin Katta yuechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan mulklarning mustaqil bo‘lishi. Kushon (Guyshuan) yabg‘usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to‘rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi.Ta’kidlash lozimki, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixga nisbatan Kushon davlatining siyosiy tarixi kam o‘rganilgan masala hisoblanadi. Kushonlarning hokimiyat tepasiga kelish sanasi, ushbu davlat tarixini davrlashtirish ayrim kushon yozuvlari, tangashunoslik ma’lumotlari, qisman Xitoy manbalari, buddaviy ma’lumotlar va ilk o‘rta asrlar manbalariga asoslanadi. Tadqiqotchilar Kushon davlati tarixini quyidagi uchta bosqichga ajratadilar:
1.YUnon-Baqtriya podsholari hukmronligining tugatilishi hamda O‘rta Osiyo va SHimoliy Afg‘oniston hududlarida bir nechta alohida davlat uyushmalarining tashkil topishi (mil.avv. II asrning oxiri – I asr).
2.Buyuk Kushon davlatining paydo bo‘lishi va gullab yashnashi (milodiy IIII asrlar).10
3.Ko‘chmanchilarning tinimsiz urushlari natijasida Kushon davlatining inqirozi va qo‘lashi (III asr oxiri – IV asr). Kushon davlatining paydo bo‘lishi haqida ko‘proq Xitoy manbalari va tangashunoslik ma’lumotlari xabar beradi.
Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsada, o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu masalaga juda ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961-yil Londonda o‘tkazilgan xalqaro simpozium, 1968-yil Dushanbeda YUNESKOning konferensiyasi, 1970-yil Kobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, undan keyin ham bu masala bo‘yicha ko‘plab xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Mil.avv. I asrning oxiri – mil. I asrning boshlariga kelib, Guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib Qobuliston va Qandahorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib dastlabki poytaxti Surxon vohasidagi Dalvarzin ko‘hna shahri harobalari bo‘lgan Kushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi “Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk Kushon davriga oid topilma tangalar aks ettirilgan “Kushon podshosi Kujula Kadfiz”ga aynan mos to‘shadi.Tangashunoslik ma’lumotlariga tayangan tadqiqotchilarning fikricha, Kujula Kadfiz yoki Kadfiz I 80-yildan ziyodroq umr ko‘rib 50-60-yil davlatni boshqarib, taxminan milodiy 35-yilda vafot etadi. O‘zining hukmronligi davrida Kadfiz I Baqtriyadagi uncha katta bo‘lmagan yuechji mulklari hukmdoridan Baqtriyadan tashqari G‘arbiy va Janubiy Afg‘oniston va SHimoliy Hindistonni o‘z tarkibiga olgan qudratli davlatning podshosi darajasiga ko‘tariladi. Ammo, manbalarning guvohlik berishicha Kadfiz I davrida Kushon davlati to‘la shakllanib bo‘lmagan edi. Har holda, bu davrda Kushonlar o‘z tangalariga ega bo‘lmay, Kadfiz I Rim imperatorlariga (Avgust va Tiberiyga) taqlid qilib tanga zarb ettirgan.Manbalarning dalolat berishicha, Kujuladan keyin taxtga uning o‘g‘li Vima (Gima) Kadfiz (Kadfiz II) o‘tiradi. Xitoy mualliflari Kadfiz II taxtga o‘tirganidan so‘ng “Tyanchju (Markaziy Hindiston)ni zabt etdi va u erga o‘z sarkardalaridan birini boshqarish uchun qoldirdi. SHu davrdan boshlab yuechji kuchli va boy davlatga aylandi”, deb xabar beradilar. Bu xabarni tangashunoslik ma’lumotlari ham ta’kidlaydi. Kadfiz II zarb ettirgan tangalarning o‘ng qirg‘oq Baqtriyadan, Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy tumanlaridan topilishi bu hududlarning Kushon davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. Tangashunoslarning so‘nggi yillardagi tadqiqotlariga ko‘ra, Kadfiz II zarb ettirgan “SHohlar shohi – buyuk xaloskor” degan yozuv bor tangalar Hindiston, Afg‘oniston va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Bunday tangalar Ashxobod, Xorazm, Toshkent vohasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Panjikent hududlaridan ham topilgan. Kadfiz II ning Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatganligi haqida ma’lumotlar bor.Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hukmronligi davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Kanishka davrida Panjob, 11Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan Peshovar (Afg‘oniston) atroflariga ko‘chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi SHimoliy Hindiston, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning katta qismi, SHarqiy Turkmanistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon shuxrati qo‘shni mamlakatlarga yoyildi.
Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g‘arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o‘z garovga qo‘ygan odamlarini yuborar edilar”.Kushonlar sulolasi yozma manbalar asosida va tangashunoslik tadqiqotlari orqali o‘rganilgan. Kushonlar davrida chiqarilgan ilk tangalarning bir tomonida Yunon-Baqtriyaning so‘nggi podshosi Germey tasviri, ikkinchi tomonida esa “kushonlar yabg‘usi Kujula Kadfiz” degan so‘zlar bor. Demak, dastlab Kushon hokimlari o‘z nomlarini “podsho”, “shoh” tushunchalari bilan bog‘lamaganlar. Ammo, Kushon davlati hududining kengayishi va siyosiy-harbiy ahamiyatining ortib borishi bilan birga tanga pullarda “shoh”, “shohlar shohi” atamasi ko‘plab uchraydi. Bunday o‘zgarishlar Xitoy muallifi bergan ma’lumotlarni ya’ni, davlatning harbiy qudrati ko‘pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinganligini isbotlaydi. Podsho Kanishka I o‘zidan oldingi davlat boshqaruvi an’analarini saqlab qoldi va davom ettirdi. Ma’lum viloyatlar va shaharlar davlat tepasida turuvchi oliy hukmdor noiblari tomonidan boshqarilar edi. Bunday noiblar podsho tomonidan tayinlanib, uning eng yaqin va ishonchli vakillari hisoblangan. Ular oliy hukmdorga, ya’ni, podshoga so‘zsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga o‘lponlar tulab turganlar. Kushonlar davrida mahalliy aholidan yig‘iladigan soliq tartibi haqida ma’lumotlar bizgacha saqlanmagan bo‘lsa-da, bunday tartib mavjud bo‘lganligi aniq.
Kushonlar davrida madaniy hayotning yanada yuksalganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xususan, Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari asosida kushon yozuvi mavjud bo‘lgan. SHuningdek, bu davrda Sug‘dcha va xorazmiycha yozuvlar ham bor edi. Ushbu yozuvlar yodgorliklarida o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotni aks ettiruvchi ayrim ma’lumotlar saqlanib qolgan. SHuningdek, Kushonlar davrida O‘rta Osiyo xalqlari madaniy hayotining quruvchilik, haykaltaroshlik, rassomlik, naqqoshlik kabi sohalarida ham katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm, Sug‘diyona, Baqtriya, Farg‘ona, CHoch, SHarqiy Turkiston va SHimoliy Hindistondan ochilgan ko‘plab madaniy yodgorliklar yuqoridagi hudadlardagi madaniy hayot o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqqanligidan dalolat beradi.Kushonlar davrida binokorlik va me’morchilik ham rivoj topganligi kuzatiladi. CHunki, bu davrdagi ma’muriy, diniy, ishlab chiqarish, turar-joy, mudofaa inshoatlari, SHarq me’morchiligi bilan ayrim o‘xshashliklar topsada, o‘ziga hos tomonlari ustunlik qiladi. Me’morchilikning o‘ziga hos namunalari Dalvarzin, Xolchayon, Eski Termiz, Kampirtepa, Fayoztepa, Qoratepa kabilardan o‘rganilgan bo‘lib, ular jahon miqyosida mashhur bo‘lgan obidalardir.Kushon davlatining inqirozga uchrashi Yunon-Baqtriya va Rim saltanati tarixiy taqdiriga ancha o‘xshab ketadi.
Bu davlatlarning barchasi qulash arafasida tinimsiz yurishlar olib borishga majbur bo‘lganlar. Tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish uchun ichki va tashqi sabablarga ko‘ra, zaiflashgan yirik davlatlarda yetarli harbiy imkoniyat topilmadi. Milodiy IV asrga kelib Kushon podsholigi o‘zining asosiy hududlaridan mahrum bo‘ldi. Bu podsholikning ayrim mulklari SHimoliy Hindistonda saqlanib qoldi12

Yüklə 285 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin