Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


 O‘rta Osiyo xalqlari Makedoniyalik Iskandar saltanati



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

 
2. O‘rta Osiyo xalqlari Makedoniyalik Iskandar saltanati 
tarkibida 
Makedoniyalik Iskandar o‘z harbiy yurishlari bilan Bolqon yarim 
oroli, Kichik Osiyo, Misr, Sirdaryo va Hindistongacha cho‘zilgan ulkan 
hududda o‘z saltanatini barpo qildi. Saltanat poytaxti Bobil edi. 
Miloddan avvalgi 330-yili qudratli Eron Ahamoniylari davlatini mag‘lub 
etgan Makedoniyalik Iskandar shu yili Markaziy Osiyo hududlariga 
yaqinlashdi. 
Olima 
Fozila 
Sulaymonovaning 
ta’kidlashicha, - 
“Aleksandrning Baqtriya, So‘g‘diyona, umuman, Markaziy Osiyoga 
yurishining g‘oyaviy-siyosiy sabablari bor edi. Avvalo shimoli-sharqiy 
viloyatlar eroniylarning rasmiy dini bo‘lmish Zardo‘shtiylikning vatani, 
beshigi edi, eroniylar tushunchasiga ko‘ra xalq qudrati, xalq ruhining siri 
o‘sha qadimiy vatanda. Eron zabt etilgani bilan mamlakat orti hali 
mustahkamdek, xalq ruhi tetikdek tuyular edi. Demak, Baqtriya va 
So‘g‘diyonani zabt etmasdan turib eroniylar qudratini yengib bo‘lmas, 
kelajakdagi tinchlikka ham ishonib bo‘lmas edi”. 


20 
Miloddan avvalgi 330-yilda Iskandar Baqtriyani bosib oladi. O‘z 
harbiy yurishlarini boshlagandan buyon o‘tgan qisqa vaqt davomida juda 
katta hududlarni bosib olishga erishgan Iskandar uchun Girkaniya, 
Drangiana, Araxoziya, Baqtriya va So‘g‘diyonani bosib olish uchun uch 
yildan ortiqroq vaqt zarur bo‘ladi va butun yurishlari davomidagi eng 
qattiq qarshilikka ham aynan shu viloyatlarda duch keladi. Buning, 
albatta, bir necha sabablari bor: birinchidan, antik mualliflarning 
xabarlariga ko‘ra bu hududlarda Baqtr, Kiropol, Maroqanda kabi 
mustahkam shaharlar mavjud bo‘lgan; ikkinchidan, mahalliy xalqlarning 
mustahkam qal’alarida turib va ochiqda jang qilish uslubi Iskandar 
uchun begona bo‘lgan va bu jang vaqtlarida katta qiyinchilik tug‘dirgan; 
uchinchidan, Iskandar va uning armiyasi uchun mahalliy xalqlarning 
qurol-yarog‘lari va ulardan foydalanish usullari noaniq bo‘lgan; 
to‘rtinchi va eng asosiysi, uzoq vaqtlardan buyon Eron Ahamoniylari 
zulmi ostida ezilgan mahalliy xalqlar boshqa bir bosqinchi 
Makedoniyalik Iskandarga qarshi xalq kurashini amalga oshirganlar. 
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar Iskandarning qisqa vaqt ichida O‘rta 
Osiyoni bosib olish rejasini chippakka chiqaradi va hatto uning qo‘shini 
orasida katta noroziliklarga ham sabab bo‘ladi.
Baqtriylar 
va 
so‘g‘dlar 
Spitamen, 
Datafern, 
Kattanlar 
boshchiligida yunon-makedon bosqinchilariga qarshi miloddan avvalgi 
329-327-yillarda uch yil davomida kurash olib borganlar. Ayniqsa, 
Spitamen boshchiligidagi so‘g‘dlar qarshiligini yenga olmay, chorasiz 
qolgan Iskandar o‘ziga qarshi kuchaygan noroziliklar natijasida eng 
yaqin kishilari – Klit (yaqin do‘sti va uni o‘limdan saqlab qolgan), 
Kallisfen(Iskandarning ustozi va barcha yurishlaridagi hamrohi bo‘lgan 
Aristotelning jiyani, tarixchi)larni o‘ldirishgacha borib yetadi.
Spitamen qo‘shinlari tarkibida so‘g‘dlardan tashqari baqtriylar, sak 
va massagetlar ham bo‘lgan. Ozodlik uchun kurashlarga mahorat bilan 
rahbarlik qilgan Spitamenning o‘limi xiyonatchilarning qo‘li bilan 
amalga oshiriladi. Bu haqida Arrian asarlarida uni dashtlik 
ko‘chmanchilar tomonidan Iskandarning dasht xalqlariga yurish 
boshlashining oldini olishi uchun o‘ldirilgan deb aytilsa, Kvint Kursiy 
Ruf uni o‘z rafiqasi tomonidan o‘ldirilgan deb yozadi.
Iskandarning so‘g‘dlarga qarshi kurashi mahalliy xalqlar uchun 
katta yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi, ko‘plab shaharlar vayron etildi
sug‘orish tarmoqlari ishdan chiqarildi, dehqonchilik dalalari katta zarar 
ko‘rdi, ozodlik kurashlari natijasida Diodorning yozishicha, 120 
mingdan ortiq odam o‘ldirildi.


21 
So‘g‘d va Baqtriyani bo‘ysundirgan Iskandar keyingi yillarda Hind 
daryosi bo‘ylarigacha bo‘lgan yerlar va davlatlarni bosib olgach, Bobilni 
o‘z saltanatining poytaxti deb e’lon qildi va shu yerdan turib davlatini 
boshqardi. Biroq ko‘p o‘tmay miloddan avvalgi 312-yilda Italiyaga 
qarshi harbiy yurishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan vaqtda u og‘ir 
kasallikka chalinib vafot etadi. Katta kurashlar va yuz minglab 
odamlarni qurbon qilish evaziga tashkil etilgan bu ulkan davlat Iskandar 
vafot etishi bilanoq inqirozga yuz tutib, parchalanib ketadi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin