« Mashina detallari » fanidan baholashning tartibi 86% dan 100% gacha ball qo`yiladi: Savollarga javob to`g`ri batafsil yoritilgan, adabiyotlar tahlili va masalaga bog`liqligi hamda darajasi aniq yozilgan va bayon qilingan bo`lsa.
Javoblarni yozganda fikrni ifodalash mantiqiy izchil bo`lib, xulosalar aniq isbotlangan bo`lsa.
Javoblar aniq, tushunarli, ilmiy-amaliy yo`nalishda yoritilgan, qo`pol bo`lmagan xato bo`lib, mazmuni ifodalashga halaqit bermasa yoki xatolar talaba tomonidan to`g`ri topilib yozilgan bo`lsa.
71% dan 85% gacha ball quyidagi ishga qo`yiladi. Savollarga javob to`liq o`quv dastur asosida, fikrlar erkin, mustaqil bayon qilinsa, mulohazalarni izchil bayon qilish va isbotlab berish ko`rinib turgan bo`lsa.
Javoblar izchil tahlil va sintez asosida yozilgan bo`lib qo`pol xatolarga yo`l qo`yilgan bo`lsa-yu va ular o`qituvchi bilan birgalikda to`g`irlangan bo`lsa.
55% dan 71% gacha ball quyidagi ishga qo`yiladi. Savollarga to`liq emas lekin o`quv dastur asosida yozilgan bo`lsa.
Savolga javob yozishga ba’zi bir noaniqlliklarga yo`l qo`yilgan bo`lib, fikrni bayon qilish buzilgan bo`lsa-yu o`qituvchi yordamida to`g`irlab yozilgan bo`lsa.
Topshiriqda ko`rsatilgan savollardan biri chala yoki umuman yechimini topmay, mazmun to`la ochilmay qolgan bo`lsa.
55% dan past ball quyidagi ishga qo`yiladi. Savollardagi javoblar to`liq sistemaga keltirilmagan bo`lib mantiqiy bog`liqlik joyi bo`lmasa.
Topshiriqdagi savollarga to`g`ri javob yoza olmaganda va berilgan savollarning ma’nosini to`g`ri tushunmagan bo`lsa.
Nazariy olgan bilimlarini amaliy faoliyatida qo`llab bilmaganda.
Bаhоlаsh mеzоnlаri tаlаbаlаr bilimini bаhоlаshning rеyting tizimi tаlаblаrigа аsоsаn yozilgаn vа dаvlаt tа`lim stаrdаrti tаlаblаrigа mоs kеlаdi.
Bаhоlаsh mеzоnlаri «Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish» kafedrasi yig`ilishidа muhоkаmа qilingаn vа tаsdiqlаngаn. Bаyonnоmа № . «____» __________ 2011 yil.