Fanning maqsadi, mohiyati va uning o`quv jarayonida tutgan o`rni


Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining



Yüklə 278,96 Kb.
səhifə5/9
tarix07.01.2024
ölçüsü278,96 Kb.
#207547
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fanning maqsadi, mohiyati va uning o`quv jarayonida tutgan o`rni (1)

Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining
ta`lim jarayoniga joriy etish
Fan mohiyati va mazmunini mavzular bo`yicha tegishli sxema, grafik, chizmalar hamda Internetdan olingan zaruriy ma`lumotlar va yangiliklar zamonaviy axborot texnologiyalari orqali talabalarga etkaziladi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Tarmoq texnologiyasi” usulidan foydalaniladi. Fan bo`yicha olib borilayotgan 2, 3, 4, 5, 6, 9, 10 ma`ruza darslari mobaynida talabalarni faolligini ta`minlab, erkin fikr yuritish va ochiq o`ylash (interfaolligini oshirish) uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan tashqari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Aqliy hujum” va “Klastr” usullari qo`llaniladi. Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida “Interfaol” usullardan foydalaniladi.

2.4. Kurs loyihasi


Kurs loyihaning maqsadi-mashinalarni loyihalash uquvlarini egallash,loyiha o`qituvchisi nazorati ostida talabaning mustaqil ishlashi shakllaridan biridir. Shunga asosan tahsilgohlar kurs loyiha bajarish uchun topshiriqlar, uslubiy qullanmalar yaratadilar.
Kurs loyiha tarkibi ko`chirib olish imkoniyatini tugdiradigan butun konstruksiyalarni emas,balki konstruksiya bo`laklari yoki elementlaridan iborat bo`lishi kerak.
Tipik topshiriqlarga konveyyer yuritmalari (baraban yoki yulduzchani vallar tayanchlari bilan), mexanikaviy chivirlar, dastgoh yuritmalari, tezlik qutisiga yoki variatorlarga ega bo`lgan alohida uzellar, yuk tashish mashinalarining yuritmalari, sinash mashinalari, robotlar va boshqa ob`ektlarni misol qilish mumkin.
Topshiriqning aniq turlari, hajmi va mazmuni kafedra tomonidan belgilanadi.Topshiriq turlari oliygoh va talabalarning mutaxassisliklariga mos bo`loshi lozim. Shu maqsadda kafedralar tegishli ishlab chiqarish tashkilotlari bilan bog`lanishlari tavsiya etiladi. Ayrim topshiriqlar sinash qurilmalari yoki boshqa qurilmalar yangi yaratilgan texnikaning qismi, turli hil variantlarda tayyorlangan texnikalarni taqqoslash kabi ilmiy tekshirish ishlari ko`rinishida bo`lishi ham mumkin.Bunday ko`rinishlardagi topshiriqlardan foydalanish ishlari qullab quvvatlanib rag`batlantirilishi lozim.
Loyihalanayotgan ob`ektlarda iloji boricha kursning nazariy qiami materiallarini to`liq tadbiq qilinishi hamda talabaning tajriba va amaliy mashg`ulotlarda olgan bilimlari o`z o`nini topgan bo`lixhi lozim. Topshiriqlarda muhim va keng tarqalgan tipdagi detallar qo`llangan bo`lishi kerak: ilashish prinsipidagi uzatmalar (tishli va chervyakli) ishqalanish prinsipidagi uzatmalar (tasmali va friksionli) dumalash podshipniklari bo`lgan uzellar, muftalar va korpusli detallar va h.k.
Kurs loyihani bajarish borasida talabalar ob`ektini loyihalash,texnologik va iqtisodiy masalalarni hal qilish bir butun muammo ekanini tushunib etishlari lozim.
Kurs loyihani hajmi bakalavrlar uchun 4-5 varaq (24 format), boshqa mutaxassisliklar uchun 3-4 varaq chizmadan hisoblash tushuntirish qismi esa mexanika sohasidagi mutaxassisliklar uchun 25-30 betdan iborat bo`lishi lozim.

  1. lentali konveyyer yuritmani loyihalash.

  2. Zanjirli konveyyer yuritmani loyihalash.

  3. Vertical valli yuritma mexanizmini loyihalash.

  4. Osma konveyyer yuritma mexanizmi loyihalash.



Yüklə 278,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin