Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi.
Agar idrok-qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun
yangi notanish bo'lsa, darrov fikr yuritish faoliyati
boshlanadi va "bu nima",
"buning nomi nima " degan savol tug'iladi.
Shuningdek, har bir idrok hukm shaklida
ifodalanadi. Ya'ni narsa yoki hodisaga nom beriladi,
uni so'z bilan aytiladi mavjud tushuncha doirasiga
kiritadi. Masalan: "bu gul", bu mashina, "bu kitob"
va boshqalar,
16
Idrokning turlari.
Idrok klassifikatsiyasining asosi, sezgilardagi
kabi, idrok jarayonida ishtirok qiluvchi
analizatorlaring har xilligidir. Idrok jarayonida
qancha analizatorning yetakchilik qilishiga
ko‘ra ko‘rish, eshitish, tuyush, kinestizik, hid
bilish va ta’m bilish idroklari farqlanadi.
Idrokning sof holatdagi turlari ham uchraydi.
Odatda ular birlashib ketgan. Bundag tashqari
materiyaning yashash shakllariga ko‘ra ham
idrok turlari, fazoni, vaqtni, harakatni idrok
qilish aniqlanadi.
17
Idrokning quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Fazoni idrok qilish.
2. Vaktni idrok qilish.
3. Harakatni idrok qilish.
Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini hajmini
va o'zaro munosabatlarini aks ettirishdir. Demak,
fazodagi narsalar uch o'lchovda idrok qilinadi,
narsalarning shakli: uch burchakli, to'rt burchakli, kub
kvadrat doira, konus va boshqalar. Narsalarning hajmi
katta kichik, o'rtacha, yirik mayda va boshqalar.
Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabati:
o'ngda, chapda, yuqorida, pastda, uzokda va
hokazo.
18
Idrokning murakkabligi
Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa
sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon
hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda
ifodalanadi: Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir
necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish.
Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi qovunning shakli
va rangini aks etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks
ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks ettiruvchi ta'm
sezgisi, harakatni aks etgiruvchi teri sezgisi va
boshqalar. Bu sezgilar taxlil yordamida ajratib olinadi
va idrokning reseptiv tomonini tashkil etadi. Ular
ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun
holda aks ettiriladi.
Bu esa idrokning perseptiv tomonini tashkil
etadi.
|