2. Pedagogik qobiliyatlar o‗z funksiyasiga ko‗ra umumiy va maxsus turlarga
bo‗linadi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo‗lganda o‗qituvchi o‗z pedagogik kasbiy
faoliyatini mukammal egallab, mohirona olib borish bilan birga, boshqa turli xil
faoliyatlar bilan ham muvaffaqiyatli shug‗ullanadi. Umumiy qobiliyatga ega
bo‗lgan o‗qituvchilar ta'lim-tarbiya jarayonida har qanday qiyinchilik va
ziddiyatlarni qiynalmasdan bartaraf etadilar.
O‗qituvchining pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V. Kuzmina shunday
yozadi: “Ta'lim – tarbiyada ro„y beradigan ko„pgina kamchiliklar o„qituvchi o„z
pedagogik qobiliyatining amaliy yo„nalishlarini yaxshi bilmasligi, iste'dodning
o„qituvchida yo„qligi natijasida ro„y beradi”. Maxsus qobiliyatga ega bo‗lgan o‗qituvchilar faqat o‗zlari egallagan kasbiy
yo‗nalishlari bo‗yicha muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‗ullanadilar.
Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini
ta'minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi (6 ilova).
Barcha mutaxassisliklarda bo‗lgani kabi o‗qituvchilik kasbida ham pedagogik
qobiliyat – uning shaxsiy iste'dod xususiyatlarini belgilab, kasbiy faoliyat turini
muvaffaqiyatli amalga oshirishda sub'ektiv shart - sharoitlar yaratadi.
Har qanday qobiliyat – shaxsga tegishli bo‗lgan murakkab tushunchadir, u
faoliyatning talablariga mos xususiyatlar tizimini o‗z ichiga qamrab oladi.
Har qanday faoliyat ham murakkab bo‗lib, u kishiga turli-tuman talablar
qo‗yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talablarga javob bera olsa, kishi
faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda o‗z qobiliyatini ko‗rsata oladi,
agar xususiyatlaridan qaysi biri rivojlanmagan bo‗lsa, shaxs mehnatining muayyan
turiga nisbatan kam qobiliyatli, deb xarakterlanadi.