Perseptiv qobiliyat: tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya'ni
kuzatuvchanlik muhim rol o‗ynaydi. O‗qituvchining shijoati natijasida rivojlanadi,
takomillashadi. O‗qituvchi o‗quvchining psixologiyasini, psixik holatini o‗ziga
singdirib idrok etadi, sinf jamoasining holatiga pedagogik vaziyatiga odilona baho
beradi.
Empatik qobiliyat: bolalarga bo‗lgan muxabbatdan kelib chiqadigan
o‗quvchilarning his-tuyg‗usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish, tushunish,
idrok etish, ularga achinish xususiyatlaridir.
Ta'lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati: o‗qituvchi o‗z bilimini
o‗quvchi ongi va tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga yetkaza olishi, ta'lim va
tarbiyada belgilangan muddatda maqsadga erishish qobiliyatidir.
Didaktik qobiliyat: o‗quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta'lim
va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o‗zlashtirgan holda
samarali dars berish qobiliyatidir.
Tashkilotchilik qobiliyati: pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir. U sinf
o‗quvchilarining o‗qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to‗garaklarga jalb
qila olishida, sinf jamoasining har bir o‗quvchiga faol vaziyatni ta'minlab berishida
namoyon bo‗ladi.
Konstruktiv qobiliyat: o‗qituvchining o‗quv–tarbiyaviy faoliyatni puxta
rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini
oldindan ko‗ra olishi.
Bilish qobiliyati: o‗qituvchining o‗z fanini va boshqa fanlarni chuqur
bilishida, o‗zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi.
Anglash (tushunish) qobiliyati: o‗qituvchining ziyrakligi va uddaburonligi,
voqyea va hodisalarni chuqur idrok etib, ularga adolatli munosabatda bo‗lishi.
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‗ra
bilish ko‗nikmasidir. Bu – individual narsaning o‗ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat
78
uchun boshlang‗ich
materialni ko‗ra
bilishi demakdir. Rassomning
kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o‗z-o‗zidan
ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo‗nalishda bo‗lganligi sababli, har biri
o‗z tafakkuri va dunyoqarashiga ega. O‗qituvchining kuzatuvchanligi o‗quvchilar
jamoasini ta'lim
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat
faqat rassomga, matematika o‗qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‗lmasdan,
balki aynan barcha fan o‗qituvchilariga ham tegishli.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va
hislatlar quyidagilardan iborat:
aql–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik; kamchiliklarga
tanqidiy e'tibor, sobitqadamlik;
o‗qituvchining nutqi: notiqlik san'ati, so‗z boyligining
teranligi;
aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy
fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish.
pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‗lish.
Dostları ilə paylaş: |