Faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o\'rtasidagi bog\'liqlik
Mana shuning uchun ham qobiliyat deganda birorta xususiyatning o„zini
emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu
faoliyatda yuqori ko„rsatkichlarga erishishni ta'minlay oladigan xususiyatlar
ansambli yoki sintezini tushunish lozim. O‗qituvchi qobiliyatini o‗rganishda xususiyatlar «ansambli» iborasini biz
shuning uchun ham ishlatamizki, bunda xususiyatlarning oddiygina birgalikda
mavjud bo‗lishini emas, balki ularning uzviy bog‗langan bo‗lishini, muayyan
tizimda o‗zaro ta'sir qilishini ko‗zda tutayapmiz. Bu tizimda xususiyatlardan biri
oldingi o‗ringa chiqib, yetakchi xususiyatga ega bo‗lsa, ayni vaqtda boshqalar
uchun yordamchi xususiyatlar rolini o‗ynaydi.
Kishining kobiliyati juda katta ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega. Qobiliyat
yuqori mehnat unumdorligini ta'minlashga, binobarin, ijtimoy boylikning son va
76
sifat jihatidan tez o„sishiga, jamiyat taraqqiyotiga yordam beradi. Shuning uchun
ham bo„lajak o„qituvchilarning zakovati, qobiliyatini ochish hamda ulardan o„z
o„rnida foydalanishini o„rganib olishi zarur ekanligi haqidagi masala qat'iy talab
qilinadi. Qobiliyat bilim, ko‗nikma va malakalar mahsuli, shu bilan birga faoliyat
usullarini egallash tezligi, teranligi va mustahkamligida namoyon bo‗ladi.
O‗qituvchining o‗quvchilar bilan muloqoti yuksak darajada muvaffaqiyatli
bo‗lishi uning pedagogik qobiliyatga qanchalik ega ekanligiga bog‗liq.
O‗qituvchilarning faoliyati yosh avlodni ma'naviy barkamol shaxs darajasida
tarbiyalashda va kasbiy bilimlarni chuqur egallagan kadrlarni tayyorlashda
namoyon bo‗ladi. Buning muvaffaqiyati o‗qituvchilarning pedagogik qobiliyatiga
bog‗liq. Qobiliyat kasbiy faoliyat jarayonida sayqallanib boradi. Buning uchun
o‗qituvchida layoqat, zehn va qiziqish bo‗lishi kerak.
3. Pedagogik–psixologiyada o‗qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari
yo‗q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab
ko‗payib va o‗zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha
―o‗zgarmas irsiyat‖ nasldan – naslga o‗tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan.
Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida