O‘rgatish - o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyati. O‘rganish- anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o‘zgaradi. O‘qitish - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan o‘quvchilarning tartiblangan o‘zaro harakati. Ta’lim - o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi. Bilim - ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson g‘oyalari yig‘indisi; Ko‘nikma - egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini egallash. Malaka- avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko‘nikmaning takomillashgan darajasi. Kompetensiya -egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish layoqati. Maqsad - o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo‘sinda safarbar etilishi. Mazmun - o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi. Tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha tartiblangan didaktik jarayon.