Ta’lim olish va axloq: Skinnerning “qonunni ijobiy tarzda mustahkamlash” nazariyasi. Bir nazariyachining ishi nafaqat talabalarga maktablarning va o‘qituvchilarning munosabati usullarini o‘zida aks ettirdi, balki jarayonga ichki hissiyot bilan qarashni o‘stiradi. Umumiy (masalan, maktabdagi ham ichki, ham tashqi vazniyatni) rivojlantirish yuz berishi va vaziyatni nazorat qilishni o‘rganib chiqqan bu nazariyotchi Fredrik Skinnerdir (1953). Skinnerning ko‘plab nazariyalari makraziy ko‘rish atrofida aylanadi, insonlar “to‘g‘ri javobgarliklar” yoki javobgarliklar, ya’ni potensiyal vaziyatlarda “to‘g‘ri javobgarliklar”ning (ba’zida “ta’sir etuvchi qobiliyat” deb aytiladi) dalili bo‘lib, ko‘rinishi orqali yaxshi o‘rganadilar. Torndaykning “qonunning ijobiy ta’siri” (Torndayk 1914)dan ilhomlanib, Skinner o‘zining “qonunni ijobiy tarzda mustahkamlash” deb nomlangan dasturini ishlab chiqdi. Dastur agar kattalarning hulq-atvori yoshlarga o‘rnak bo‘larli bo‘lsa,ular maktab o‘quvchilariga va ularning mukofotlash, o‘rnak qilib ko‘rsatish g‘oyasini ham o‘z ichiga olgan. Bugungi kunda bunday mukofotlar “axloqi uchun baho” jamoatchilik ma’qullagan va ijtimoiy imtiyozga ega bo‘lgan bir qancha shakllar tarkibiga kiradi.
Skinnerning nazariyasi nafaqat sinfxonasidagi yuqori darajada ijobiy ko‘tarinkilikning muhimligiga, balki o‘quvchilarning tashqi tarafdan qo‘yilgan maqsadlariga qadam ba qadam intilishlari uchun yuqori strukturaviy materiallardan foydalanishlariga ham urg‘u beradi. chunki Skinner xato qilish haqida quydagicha fikr yuritadi,tushkunlikka solish yoki istakni so‘ndirish, o‘quvchilarning o‘quv jarayonlariga xalaqt berishi xato, u bu kabi materiallar ehtimollikdan imkon qadar uzoq, xatolikdan holi bo‘lishining tarafdori. O‘ta strukturalashgan, “ssenariylashtirilgan” – o‘qituvchilar tilida oldindan belgilab qo‘yilgan va kamdan-kam sezilarli tarzda og‘ishgan dars shakli aniq belgilab qo‘yilgan qolipga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan buni keng tushinish mumkin, bugungi kunda muhokamali mavzu “an’anaviy” tarzda dars o‘tish, ya’ni o‘qituvchi boshlashi (bunga, masalan, belgilab olingan savollarni so‘rash yoki oddiy qo‘llanmani taqdim qilish), o‘quvchi javob berishi bo‘lib qolmoqda.3