Фарғона-2023 umumiy pedagogika o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə5/137
tarix27.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#149582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Barcha yo`nalish majmua

Tayanch doktorantura - O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.
Doktorantura - O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.
Mustaqil izlanuvchilik - ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori yoki fan doktori ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiq oliy ta’limmuassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining o‘qitish shakllari va usullarini, pedagog kadrlar tarkibining sifat darajasini zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 242-son qarori bilan «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 103-son Qarori bilan mazkur Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi - yangi kasbiy bilimlar, mahoratlar, zamonaviy ko‘nikmalar hamda boshqaruv va pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur hajmda va etarli darajada hamda davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv- ta’lim jarayoniga talab qilinadigan sifatni ta’minlaydigan darajada vakolatlarni nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi o‘qitish shakli.
YUqorida qayd etib o‘tilgan hujjatlarga asosan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi o‘quv rejasining namunaviy tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan 288 soat hajmdagi o‘quv dasturlari bo‘yicha ikki oy davomida, ishdan ajragan holda amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari o‘ qishni tugatgandan keyin attestatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tishlari kerak. Attestatsiya komissiyasi tegishli sohalardagi etakchi olimlar va mutaxassislar, ilmiy kengash a’zolari, o‘quv-uslubiy ishlar sohasidagi yirik mutaxassislar safidan kamida 7 kishidan iborat bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi rektori yoki fan doktori ilmiy unvoni berish bo‘yicha ilmiy kengash raisi boshchiligida shakllantiriladi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga qat’iy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan malaka attestati beriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari bir yil mobaynida pulli asosda o‘qishning tegishli yoki turdosh yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha keyingi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yakunida attestatsiyadan o‘tishadi.
Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini takroran o‘zlashtirishi asosiy ishdan ajralmagan holda kurslarning o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari orqali o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil ravishda yoki masofadan o‘qitish usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari bo‘yicha tayyorlanib kelgan tinglovchilar yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. YAkuniy attestatsiya tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari huzuridagi attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan takroran o‘tmagan yoki asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan takroran o‘tmagan taqdirda, ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan hamda bo‘sh turgan pedagog lavozimini egallash tanlovi davrining tugagan muddatidan qat’iy nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Bunda ular o‘z pedagogik faoliyatini boshqa ta’lim muassasalarida (oliy ta’limmuassasalaridan tashqari) davom ettirishi yoxud boshqa tashkilotlarda ishlashi hamda o‘zining kasbiy malakasini mustaqil ravishda oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni qabul qilindi.
Unga muvofiq, O‘zbekistonda professional ta’lim dasturlari nufuzli xalqaro tashkilot – YUNESKO tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg‘unlashgan holda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtiriladi. Xususan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab mamlakatda yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi. Bu orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlanib, ish beruvchilar keng jalb qilinadi.
Farmonga asosan, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalariga Xalqaro tasniflagich bo‘yicha asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash huquqi berildi. Unga ko‘ra, tizimda mos ravishda boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.
 Kasb-hunar maktablari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya sohasidagi Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari hamda mazkur farmon asosida amalga oshirilish belgilandi.
 Kasb-hunar maktablarining asosiy maqsadi:
1) umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni amalga oshirish;
2) o‘quvchilarni tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko‘nikma va malakaga hamda yuksak ma’naviy – axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, intellektual jihatdan etuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni qabul qilindi.
Kollejlar - Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida o‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari hisoblanadi. Kollejda ta’lim berish 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.


 Kollejning asosiy maqsadi:
1). kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan hayot davomida ta’lim olish prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash ;
2). o‘quvchilarni tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko‘nikma va malakaga hamda yuksak ma’naviy–axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, intellektual jihatdan etuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.



Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin