Pedagogika fanining obekti va predmetini izohlang.
Pedagogika fanining asosiy vazifalariga izoh bering.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi?
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligini asoslang.
Pedagogik fanlar tizimini shartli ravishda asosiy, yordamchi va mustaqil fan sohasi yo‘nalishlariga turkumlang.
Pedagogika fani metodologiyasi tushunchasiga izoh bering.
Pedagokaning ilmiy tadqiqot metodlari haqida gapirib bering.
2-MAVZU:DIDAKTIKA - PEDAGOGIK TA’LIM NAZARIYASI. O‘QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA. TA’LIM MAZMUNI Reja: Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
Tayanch tushunchalar: didaktika, o‘qitish, o‘qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’lim paradigmalari, ta’lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so‘zdan olingan bo‘lib, «didacticos» - o‘rgatish, o‘qitish ma’nosini bildiradi.
Didaktika - ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi. Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor YA.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga o‘rgatish san’ati» deb tushuntirdi. «Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida qo‘llanilgan. Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi YAn Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1657-yil) asarida ochib berilgan. Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi. Pedagog – olimlar yillar davomida ta’lim tizimida Nega o‘qitamiz? Nimani o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz? Qaerda o‘qitamiz? kabi savollarga javob izladilar. Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?”, “qaerda o‘qitish?”, “qanday o‘qitish?” kabi savollarga javob beradi.
Ushbu holatga asosan 1990 yillarning o‘rtalarida ta’lim sohasiga oid teoriyalar va ularning asoschilari, o‘sha davr amaliy darslari va o‘qitish tarixi, talqin qilish kabilar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Men o‘z hamkasblarimga qarata o‘zida “ qanday o‘qitish” kabi savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lgan qo‘llanmalar avval ham, xozir ham ta’lim jarayonida asosiy ustun bo‘lib kelgan va talabalar, izlanuvchilarga amaliy maslahat ko‘rsata olgan deb ayta olaman.2