Фарғона-2023 umumiy pedagogika o’quv – uslubiy majmua


Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə9/137
tarix27.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#149582
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   137
Barcha yo`nalish majmua

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bilim
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi.
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish.






3-rasm. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari
SHaxs -psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya- muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi,xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim- o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilimshaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati.
Malaka - muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Kompetensiya - egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin