2-topshiriq: “Mutaxassislikks oid terminlar” bo‘yicha “Klaster” tuzing.
10-amaliy mashg‘ulot. Soha leksikografiyasi
Asrlar mobaynida arab, fors,tojik tillari o‘zbek tili leksikasining boyishida o‘z o‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o‘ynay boshladi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildan faqat so‘zlar olishdangina iborat bo‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Termin yagona ma`no bildirisni lozim. Termin sinonimlardan holi bo`lisni kerak. 26 bilan bir qatorda o‘z (o‘zbek) mualliflari mustaqil ravishda yaratgan iqtisod darsliklari, qo‘llanmalari hamda bir qator terminologik lug‘atlar yuzaga keldi. Bu darslik va lug‘atlar o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasini tartibga solish hamda uning yanada ixchamlashuvi uchun katta zamin bo‘lib xizmat qildi. 90-yillar bozor iqtisodiyoti va shu munosabat bilan o‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining muayyan taraqqiyot va takomillashuvi bosqichi bo‘lib qoldi.
Ma’lumki, tilda so‘zlarning ma’nolari har xil usullar bilan ko‘chishi mumkin. Chunonchi, so‘z semantikasidagi o‘zgarish, asosan, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi semantik transformatsiya asosida ro‘y beradi. Tilshunoslarning yakdillik bilan bildirgan fikrlariga qaraganda, semantik usul bilan termin hosil qilishda asosiy rolni metafora o‘ynaydi. Chunki umumadabiy yoki jonli tildagi so‘zlarning biror xususiyatini, masalan, shaklan o‘xshashligini, rang-tusidagi bir xillikni asos qilib olish yo‘li bilan yangi-yangi terminlar vujudga keladi.
O‘zbek tili iqtisodiy terminlarning semantik yoxud semantik-sintaktik usul bilan yasalishi sof o‘zbekcha yoki o‘zbek tilida avvaldan ishlatilib kelingan arabcha va fors-tojikcha so‘zlarni yangi, iqtisodiy ma’noda qo‘llashdan iboratdir. O‘zbek tilida nashr etilgan iqtisodga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, terminologik hamda izohli lug‘atlar va boshqa Iqtisodiyot terminologiyasidagi sinonimiya foydasiz bir holdir. Sinonim terminlar kishi xotirasiga ortiqcha yuk bo`ladi, ma`no farqlanishi qiyinlashadi. 27 manbalardan to‘plangan misollarni tahlil qilib chiqib, o‘zbek tili leksikasining qator qatlamlaridan olingan leksik birliklar iqtisodiy terminlarga aylanganligining guvohi bo‘lamiz. Bu o‘rinda mazkur so‘zlarning ma’nosi o‘zgargan yoki ko‘chma ma’noda qo‘llangan. O‘zbek iqtisodiy terminlarning ma’lum qismini tashkil qiluvchi bunday birikma terminlar boshqa sohalarda bo‘lganidek, tushunchalarni mantiqan to‘g‘ri, mazmunan va grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalashda birikmaning semantik transformatsiyaga uchragan ikkinchi qismining ahamiyati kattadir. To‘plangan materiallardan shu narsa ayon bo‘ldiki, iqtisodiyot terminologiyasida butun nomini anglatuvchi terminlarga qaraganda, uning qismlarini anglatuvchi terminlar kamroq ekan. Ma’lumki, muayyan terminologik tizim yoki umumiste’moldagi ma’nosi ko‘chirilgan leksemalar boshqa sohaning “mulki”ga aylanar ekan, yakka holatda ham, ma’lum so‘zlar qurshovida (ya’ni birikma tarkibida) ham shu sohaga doir tushunchalarni ifodalay oladi. Masalan, shunday bir tushunchani olib ko‘raylik: “qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta, tovar narxining pasayishidan foydalanuvchi birja chayqovchilari”. Bu tushuncha iqtisodchilar tilida “ayiqlar” deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |