Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə12/29
tarix27.09.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#149900
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Ma\'rifatdan O\'zbek tili soha MAJMUA

Ma’lumot-axborot hujjatlari. Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo‘llanadi. Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.
Tarjimayi hol. Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bolishi shart.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hoi).
2. Matn:
1) muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
3) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi);
4) ma’lumoti va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi;
5) ish faoliyatining turlari;
6) oxirgi ish joyi va lavozimi;
7) mukofot va rag‘batlantirishlar;
8) jamoat ishlarida ishtiroki;
9) oilaviy ahvoli va oila a‘zolari;
10) turar joyi;
3. Sana.
4. lmzo.
Tarjimayi hoi oddiy qog‘ozga, ayrim hollarda,ya‘ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lsin.



TARJIMAYI HOL
Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), (tug‘ilgan yili, sanasi, joyi) __________________ oilasida tug‘ildim.
(oila a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish (o‘qish) joyi, lavozimi).
(O‘zining o‘qish, mehnat va jamoatchilik faoliyati uchun olgan mukofotlari).
Bo‘ydoqman [turmushga chiqqanman, ta farzandim bor]
Mening turar joyim:
Sana imzo ismi, familiyasi


Ariza. Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma — xildir.

Qayerda yoki kimga
Ariza yozuvchining turar joyi,lavozimi,to‘liq nomi
Ariza
Ariza matni mazmuni
Ilova
Sana (yil,kun,oy) imzo F.I.Sh.




Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin