Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»


-amaliy mashg‘ulot. Soha hujjatlarini tuzish texnologiyasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə11/29
tarix27.09.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#149900
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Ma\'rifatdan O\'zbek tili soha MAJMUA

6-amaliy mashg‘ulot. Soha hujjatlarini tuzish texnologiyasi

Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.


Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí.
Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.
Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumotsimon- axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqarish jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Ma’lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Farmoyish - bu muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo‘lib, uning kuchi bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi, farmoyishning matni huddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Ko‘rsatma - idoralarda xabarsifat-uslubiy tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon “maqsadda”, falon “buyruqni bajarish uchun” kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llaniladi va “YUKLAYMAN”, “TAVSIYA ETAMAN” so‘zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa «TAVSIYA ETAMAN» so‘zi qo‘llaniladi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin