Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»


Topshiriq. Matnni o‘qing va so‘zlab bering. Muloqotning biznesdagi o‘rni



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə9/29
tarix27.09.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#149900
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Ma\'rifatdan O\'zbek tili soha MAJMUA

Topshiriq. Matnni o‘qing va so‘zlab bering.

Muloqotning biznesdagi o‘rni
Biznes muloqot shaxsiy va ijtimoiy muloqotga nisbatan rasmiyligi bilan xarakterlanadi. Har qanday biznesning muvaffaqiyati gʻoyatda yaroqli va samarali muloqotga bogʻliq boʻladi. Bu muloqot biznes tashkilotlari, bozorda, tashkilotlar va ishchilarning turli xil guruhlaribiznes egalari va ishchilarixaridorlar va sotuvchilar, xizmat ta’minotchilari va mijozlar, savdo va tashkilot xodimlari hamda matbuot xodimlari oʻrtasida ham sodir boʻladi. Bu kabi barcha muloqotlar biznesga oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Diqqat bilan qilingan bu kabi muloqot biznes manfaatlariga koʻmaklashadi. Aks holda, u tashkilotni nochor ahvolda koʻrsatadi.
Muloqot har qanday tashkilot uchun hayotiy kuch manbaidir. Har qanday tashkilotda asosiy muammo samarali muloqot jarayonidir. Odatda, boshqaruv muammosi yetarli darajada boʻlmagan muloqotga sabab boʻladi. Buyruqlarni notoʻgʻri talqin etish jiddiy xatolarni keltirib chiqaradi. Muloqotdagi asosiy muammo talqin etilgan ma’no boʻlib, uni soʽzlovchi koʽzda tutmagan boʻlishi mumkin. Soʻzlovchi va tinglovchi alohida ikki shaxsligi, ularning oʻz cheklovlari mavjudligini va ular oʻrtasidagi xabarda ma’no buzilishi mumkinligini anglab yetish shart.
Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot hisoblanadi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi. Muloqot rasmiy yoki norasmiy boʻlishi mumkin. Ichki muloqot yuzma-yuz va yozma muloqotni oʻz ichiga oladi. Xabar, hisobot, ofis buyruqlariaylanma farmoyish, faks, videokonferensiya, yigʻilish va shu kabilar ichki muloqot namunalaridir.


5-amaliy mashg‘ulot. Sohada hujjat yuritish asoslari

Ma’lumki, boshlang‘ich tashkilotlardan tortib davlatning oliy organlarigacha hujjatlarga tayanib ish yuritadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yaqin vaqtlargacha hujjatlarning aksariyati rus tilida rasmiylashtirilar edi. O‘zbek tilida ayrim hujjatlargina yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslanar edi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda yuritiladigan hujjatlarni o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilishiga erishishdek ulkan vazifa hammamizning oldimizda turibdi.


Korxonalarda ish qog‘ozlarini davlat tilida yuritishga o‘tish qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning sabablaridan biri davlat tilida ish yuritish bo‘yicha tegishli qo‘llanmalar, uslubiy ishlarning kamligi bo‘lsa, ikkinchisi, bu sohada hali mutaxassislar tayyorlashga kirishilmaganligi, ishlab turgan mutaxassis xodimlarning hujjatchilik bo‘yicha malakasini oshirish borasida yetarlicha ish qilinmayotganidir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning2019-yil 21-oktabrda imzolagan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida “Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda”deb ta’kidlanib, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin