Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»


Topshiriq: Sohalarda kasbiy muloqot madaniyati va tildan foydalanish mahoratini oshirish bo‘yicha muloqot tashkil eting Ritorika



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə6/29
tarix27.09.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#149900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Ma\'rifatdan O\'zbek tili soha MAJMUA

Topshiriq: Sohalarda kasbiy muloqot madaniyati va tildan foydalanish mahoratini oshirish bo‘yicha muloqot tashkil eting


Ritorika grekcha so‘z bo‘lib notiqlik san’ati mazmunini beradi. Notiqlik nazariyasi, notiqlik san’ati haqidagi fan, notiqlik san’ati haqidagi ta’limot ma’nolarini esa notiqlik san’atining keng rivoj topib, nutq madaniyatining alohida sohasi sifatida shakllangandan keyin olgan. U filologiyaning stilistika – uslubshunoslik yo‘nalishida o‘rganiladi.
Uning nazariy asoslari Aristotelning “Ritorika” asarida bayon qilingan. Sitseron, Demosfen, Kvintilian kabilar bu san’atning yirik vakillari sanaladi.
Notiqlik san’ati, ya’ni ritorika eramizdan avvalgi III-II asrlarda Yunonistonda shakllangan bo‘lib, keyinchalik Rimda tarqalgan. Bu davrlarda Yunonistonda demokratik jarayonlar barq urib rivojlangan bir paytda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori mansablarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lib qoldi. Notiqlik san’ati sarkardalik san’ati bilan bab-baravar ulug‘landi. Ana shu ikki san’atni mukammal egallagan arboblargina yuqori lavozimlarga saylanadigan bo‘ldi. Masalan, mamlakat hayotiga oid muhim masalalar demokratik yo‘l bilan hal qilinadigan xalq majlislari va besh yuzlar Kengashida so‘zini o‘tkaza olgan kishigina xalqni boshqarishga loyiq deb topilgan. Aynan ana shu Kengash dunyoda notiqlik san’atining rivojlanishiga zamin yaratdi. U demokratik jarayonlarda insonning faol ishtirok etish ehtiyojiga aylandi.
Notiqlikda o‘ziga xos uslub egasi bo‘lgan Demosfen eskirgan so‘zlardan qochgan, latif va jozibali so‘zlarni qo‘llamagan, gohi-gohida xalq hikmatlaridan foydalangan, xolos. Sinonimlarni, talaffuzda uzun va cho‘ziq bo‘g‘inlarni qo‘llashni ma’qul ko‘rgan. Gapning oxiriga muhim ma’no anglatadigan so‘zni qo‘ygan va unga urg‘u bergan. Nutqi tuzilishi jihatdan mukammal bo‘lgan. Ifodada qaytariqlarni, qarama-qarshilikni yoqtirgan, ritorik so‘roqni ko‘p ishlatgan. Jest va mimikalardan, kishining diqqatini tortadigan, hayajonlantiradigan usullardan unumli foydalangan. Oqibatda bularning hammasi Demosfenni buyuk yunon siyosiy notig‘i darajasiga olib kelgan.
Sharq ma’naviyatida notiqlik san’ati voizlik san’ati deb nomlangan. Manbalarda qayd etilishicha, qadimda podshohlar turli bayram va marosimlarda mamlakat va xalq hayotiga oid mavzularda va’z aytganlar. Keyinchalik esa bu vazifani hukmdorlar nomidan maxsus tayyorgarlik ko‘rgan so‘z ustalari amalga oshirishgan. Shu tarzda Sharqda ham notiqlik – voizlik san’atining o‘ziga xos maktabi vujudga kelgan.
O‘rta Osiyo madaniyati tarixida Bahovuddin Valad (XII), Jalodiddin Rumiy (XIII), Husayn Voiz Koshifiy (XV), Muni Voiz Haraviy (XV) singari o‘nlab so‘z ustalarining nomlari ma’lum. Bu sohaning nazariy va metodik asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan Muhammad Rofi Voizning “Avbob ul-jinon”, Voiz Qazviniyning “Zilolu maqol”, Voiz Shirvoniyning “Ahsan ul-ahodis”, Muhammad Bobir binni Muhammad Voizning “Hidoyat ut-taqdim”, Quraysh Sindiyning “Anis ul-voizin”, Mulla Kalon Voiz Samarqandiyning “Ravzat ul-voizin”, Qozi Ushiyning “Miftoh un-najoh”, Husayn Voiz Koshifiyning “Dah majlis”, “Mahzan ul-insho” va boshqa asarlar yozilgan1.
Qadimda notiqlik san’atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik, nadimlik, qissago‘ylik, masalgo‘ylik, badihago‘ylik, qiroatxonlik, muammogo‘ylik, go‘yandalik, maddohlik, qasidaxonlik singari ko‘plab turlarining mavjud bo‘lganligi bu san’atning xalqimiz ma’naviyati va madaniyati tarixida naqadar ildiz otganligidan dalolat beradi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin