Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə5/29
tarix27.09.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#149900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Ma\'rifatdan O\'zbek tili soha MAJMUA

Topshiriq: O‘zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi bo‘yicha fikr bildirish


3-amaliy mashg‘ulot. Soha notiqligi


Har bir soha va kasb vakillarining oʽziga xos nutqi va notiqligi bor. Har bir odam cholgʻu asbobini chala olmaydi, har kim ham rasm chizolmaydi, har kim ham kuy bastalay olmaydi. Shu kabi har kim ham notiq boʻla olmaydi, omma oldida turib nutq s oʽzlay olmaydi. Ana shu ma’noda oʻqituvchi qaysi fandan dars o‘tmasin, u til ilmidan boxabar boʻlishi lozim, yozma va ogʻzaki nutqi shakllangan, tom ma’nodagi notiq boʻlmogi kerak, chunki u auditoriya bilan muloqotda boʻladi.


Auditoriyaga kirishdan oldin oʻqituvchi oʽz nutqini rejalashtirib olishi kerak. Nutq soʽzlashda dadillik va ishonch bilan gapirish kerak, shundagina tinglovchilar uning ma’ruzasini eshitadilar. Dadil nutq boʻlishi uchun esa mavzu yaxshi oʽzlashtirilgan boʻlishi, oʻqituvchi oʽzini notiq sifatida erkin tutishi lozim. Nutqni yodlash emas, balki aytiladigan gaplarni o‘ylash, fikrni mushohada qilish, mavzuga moslab gapirish kerak. Shundagina oʻqituvchining oʽzi ham, auditoriya ham zerikmaydi. “So‘zlab turib o‘ylanmaydi,balki o‘ylab turib so‘zlanadi.Agar so‘zlash jarayonida o‘ylansa, har xil parazitlar, varvar va vulgar so‘zlar paydo boʻladi, bu esa tinglovchining gʻashini keltiradi. Shu sababdan hamma nutq so‘zlayotganlar ham notiq boʻlavermaydi. Hamma oʻqituvchilarda ham nutqiy malaka shakllangan deb boʻlmaydi. So‘zda sehr bor: so‘z tuzadi, so‘z buzadi; kuldiradigan ham, kuydiradigan ham so‘z; olqish ham so‘zdan, qargʻish ham soʽzdan; obod qiluvchi ham, barbod qiluvchi ham soʽz; omonlik ham, yomonlik ham soʻzdan; topish ham, qopish ham so‘zdan. Shuning uchun soʽzning qadri baland.”
Har bir pedagog ham notiq, zero, uning faoliyati oʻz shogirdlariga nutq bilan
murojaat etishdan iborat. Oʻqituvchi auditoriyaga kirar ekan, kasbi bilan bogʻliq ma’lum maqsadga erishish, o‘z xohish-istaklarini roʻyobga chiqarishga intiladi. Albatta, nutq so‘zlar ekan u, avvalo, oʻquvchi talabalarga u yoki bu bilimni, ya’ni axborotni berishga intiladi. Lekin, ma’lumki, har qanday nutqiy muloqot u yoki bu ma’noda axborotni uzatish bilan bogʻliq. Oʻqituvchi ma’ruza o‘qishdan koʻzlagan maqsadining oʽziga xosligi nimada? Oʻzida bor bilimlar bilan o‘rtoqlashish istagining paydo boʻlishiga nima turtki beradi? Umumiy tarzda ularni quyidagicha belgilash mumkin: avvalo, oʽzgalardan o‘z hamfikrlarini tayyorlash. Intellektual hamfikrlar talabalar auditoriyasida yoki olaylik, ilmiy anjumanlarda shakllanadi va professor bu joylarda ma’ruza o‘qib ma’lum masala yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etar ekan, talabalar yoki hamkasblarni oʽz fikrlariga sherik qilishga intiladi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin