Fanning maqsadi – bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda mutaxasslikka oid bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini о‘qitishdan maqsad ixtisoslik bo‘yicha bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda mutaxassislik tili bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni tо‘g`ri hamda mantiqli tuzish, nutqiy etiketni va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fani doirasida talabalarga o‘z sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, ilmiy matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarini yozishga о‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ xususiyatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullari o‘rgatiladi.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanini o‘qitishdan maqsad:
- turli uslublarda qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarni tahlil qilish;
-mutaxassislikka oid matn, maqola va kurs ishlarini mazmunli va xatosiz yozish;
- matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilish;
- mavzular bо‘yicha dastlabki ilmiy ishlar va hujjatlarni savodli yozish haqida malakaga ega bо‘lish;
- ilmiy, rasmiy, publitsistik, sо‘zlashuv uslublariga xos nutqiy faoliyat va etiketni amalga oshirish;
- nutqning tarkibiy qismlari va nutq tuzish usullaridan xabardor bо‘lish;
- aniq va tо‘g`ri, mantiqiy va ta’sirli nutq tuza bilish;
- nutqning kommunikativ sifatlarini tо‘g`ri qо‘llay olish;
- taqdimot tayyorlashda nutq vositalari bо‘yicha kо‘nikmalarga ega bо‘lishi;
- mutaxassisligiga oid mavzularda bog‘lanishli matn tuza olish va bunday matnlarni tarjima qilish;
- ixtisoslikka oid ilmiy atamalarni to‘g‘ri o‘qish, ma’nosini izohlay bilish, ular ishtirokidagi gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzishni bilishi va amalda qo‘llay olishi;
- o‘z ixtisosligi bo‘yicha lug‘atlardan foydalangan holda maqola, turli rasmiy ish hujjatlarini tayyorlay bilish;
- mustaqil ta‘lim mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash.
“O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi” fani boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, fikrini o‘z sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassis tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonni yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart.