Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə7/29
tarix27.09.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#149900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Ma\'rifatdan O\'zbek tili soha MAJMUA

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Ritorika so‘zi qaysi tildan olingan?

  2. Notiqlik san’ati filologiyaning qaysi yo‘nalishida o‘rganiladi?

  3. Sharq ma’naviyatida notiqlik san’ati qaysi atama bilan yuritiladi?

  4. Qadimda notiqlik san’atining qanday turlari bo‘lgan?

  5. “Mahzan ul-insho” asarining muallifi kim?

  6. Sport sharhlovchilaridan kimlarni bilasiz? Sport notiqligida ularning qanday roli bor?

VOIZLIK SAN’ATI HAQIDA
«Voizlik san’ati – jamoat oldida nutq so‘zlash, notiqlik san’ati; ilmiy-siyosiy ma’ruza, bahs, munozara, targ‘ibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan san’at Yunonistonda voizlik – ritorika deyilgan. Qadimda Sharq mamlakatlarida hukmdor shaxsan o‘zi jamoat oldiga chiqib, o‘z siyosatida xalqaro ahvol va boshqalar haqida nutq so‘zlagan. El oldiga chiqish, ayniqsa, juma namozi, hayit, navro‘z kunlari va boshqalarda, mamlakatlararo urush boshlangandagi yig‘inlarda odat tusiga kirgan. IX asrga kelib, bu muhim ishni xushovoz, ta’sirchan gapiradigan, ishontira oladigan maxsus kishilar – voizlarga topshirganlar. Shunday qilib, voizlik san’ati shakllangan. Rivoji jarayonida dabirlik (davlat ahamiyatidagi yozishmalarni insho etish va o‘qib berish), xatiblik (diniy, siyosiy mayldagi notiqlik), muzakkirlik (diniy-axloqiy masalalarni sharhlab berish) kabi tarmoqlari vujudga kelgan. Voizlik san’atining nutq matnlari tinglovchilarning bilimi, ijtimoiy mavqeyi va boshqa xususiyatlarga ko‘ra turli maqom (qism)larga bo‘lingan:
Sultoniyot (yuqori tabaqa uchun),
Xutubu jihodiya (jangovor nutqlar),
Faribona maqom (oddiy xalq uchun) va boshqalar.
Voizlik san’ati ijtimoiy va badiiy jihatdan muhimligi tufayli asrlar davomida rivojlana bordi. O‘rta asrlarda voizlik san’atining nazariyasi va talqin uslublarini, yorituvchi ilmiy, uslubiy va xrestomatik asarlar yaratildi. Voizlik san’atini o‘rgatuvchi maxsus soha – kalom ilmi, balog‘a ilmi yuzaga keldi. Voizlik san’ati o‘tmishda katta ijtimoiy qudrat kasb etgan, hozirgi notiqlik san’ati rivojida muhim rol o‘ynagan2.



Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin