Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə10/29
tarix27.09.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#149900
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Ma\'rifatdan O\'zbek tili soha MAJMUA

Hujjatlar tili va uslubi. Hujjatlarning tili va uslubiga qadimdan e’tibor berishgan. Bir qat'iy tartibda qonun-qoidalarga rioya qilingan holda yozilgani ma’lum. Turkiy tilida teri, yog‘och, sopol, va pergamentlarga yozilgan hujjatlar talablariga ko‘ra bitilgan. Turkiy tilda bitilgan hujjatlar X-XII asrlarda, o‘zbek (turkiy) tilida yozilgan hujjatlar XIV-XVI asrlar Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida hujjatlar tuzish keyingi asrlarda ham davom etgan, ammo qisman fors tilida ham rasmiylashtirish bo‘lgan.
Hujjatlar tili umumadabiy tildan ajralgan emas. U vazifasiga ko‘ra rasmiy uslubga xos. Rasmiy uslub xarakteriga muvofiq hujjatlarda aniqlik, mantiqlik, ishonarlilik va ihchamlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hujjatlar rasmiy uslub talablariga javob bera olishi talab qilinadi. Bu o‘z o‘rnida hujjatlarning axborotlarini rasmiy ravishda xolisligini yuzaga keltiradi.
Hujjatlar tilining o‘ziga xosligi shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli va andozali so‘z birikmalari, gaplar qo‘llaniladi. Bu jihati bilan ilmiy, matbuot, badiiy uslublardan farq qiladi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrda hujjatlar tilida ishlatilayotgan so‘zlar qatlami ayrim “eskirib qolgan” deb hisoblanadigan atamalar bilan to‘lgani aniq. Masalan, bildirgi (bildirish), ma’lumotnoma, tavsifnoma, bayonnoma va boshqalar.
Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri, unda trafaret, qolipli bir shaklda qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin, eshitildi va b.
Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, tasviriy so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al so‘zlar, kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda so‘zlarni qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul qilingan qisqartma so‘zlardan foydalanish mumkin.


1-mashq. Nuqtalar o’rniga mos qo’shimchalarni qo’yib namunani to’ldiring.
Toshkent davlat pedagogika universitet...
rektori prof. B. G‘. Qodirovga
... fakulteti... II kurs talaba... Samad
Qosimovdan
A R I Z А
Men «Umid» jamg‘arma... tanlovida ... natijalarga erish... imtiyozli o‘rinni qo‘Iga kirit... . Shuning ... «Umid» jamg'armasi men... Amerika Qo‘shma ... ga o‘qish uchun yo‘llanma berishga ... qildi.
O‘qishimni Amerik... Shtatlari... Kaliforniya universiteti... tarix fakultetida ... ettirish uchun ruxsat... ni so‘ray... .
2019-yil 28- may (imzo) S. Qosimov



Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin