O`zbek filologiyasi fakulteti o`zbek adabiyoti kafedrasi



Yüklə 304,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix13.12.2023
ölçüsü304,87 Kb.
#176468
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ifodali oqish



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
 
O`zbek adabiyoti kafedrasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ifodali o`qish
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Navoiy - 2008 
 



 
 
 
 
 
 
O`zbek tili va adabiyoti fakulteti kunduzgi va sirtqi bo`lim 
talabalari uchun «Ifodali o`qish» fanidan tayyorlangan ushbu 
ma`ruza matnini yaratishda Qobuljon Oripov va Mahmuda 
Obidovalarning pedagogika institutlari filologiya fakulteti 
talabalari uchun mo`ljallangan «Ifodali o`qish» qo`llanmasiga 
tayanildi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Notiqlik san'ati tarixidan 
Reja: 
 
Kirish 
1. Ifodali o`qish tarixidan. 
2. Aristotel va uning "Ritorika" asari.
3. Demosfen va Sisteronlarning notiqlik tarixidagi o`rni va o`ziga xos 
xususiyatlari.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Aristotel - "Poetika" T. 1980 y. 
2. Axmedov A. - "Notiqlik san'ati" T. 1967 y. 
3. Oripov K., Obidova M. "Ifodali o'qish" T.1992 y. 
4. Inomxo'jayeva S., Zunnunov A. "Ifodali o'qish asoslari" T. 1978 y. 
5. Jo'rayev K. "Ifodali o'qish va himoya qilish" T. 1986 y. 
6. Yodgorov N. "Gigiyena golosa i yego fiziologicheskoye osnovo'" M. 
1967. 
7. Leonardi YE.I. "Deksiya orfoepiya" M. 1967. 
8. Sayfuddinov A. "Og'zaki nutqda pauzaning ahamiyati" T. 1965 y. 
9. Xo'jayeva L. "Lektor haqida ifoda vositalari" T. 1964 y. 
Ifodali o`qish, ayniqsa asarning g`oyaviy mazmunini chuqur 
tushunishda, badiiy xususiyatlarini ochishda katta ahamiyatga ega. Barcha 
janrdagi asarlar bir xilda o`qilmaganidek, barcha ham ifodali o`qiy olish 
qobiliyatiga ega emas. Ayniqsa, oliy o`quv yurtlarining ko`pchilik 
talabalari uzoq vaqt o`zlari mansub bo`lgan sheva ta'sirida bo`ladilar. 
Sheva ta'sirida "ifodali" o`qilgan asar mazmuniga esa putur yetadi, uning 
badiiy-estetik ta'sirchanligi susayadi. Shuning uchun, filolog talabalarni 
shevalar ta'siridan qutqarish, ularni ifodali o`qishga o`rgatish tarbiyaviy 
jihatdan muhim ahamiyatga ega, asar mazmunini puxta o`zlashtirishda, 
uning badiiy mohiyatini ochishda yaqindan yordam beradi.
... Badiiy adabiyot paydo bo`lishi bilan uning ifodali o`qishi, og`zaki 
ijrochilik taraqqiyoti ham ziddiyatlidir. Jumladan, adabiyot va san'at hali 
muayyan ma'noda sinkretik xarakterga ega bo`lgan qadimgi davrda badiiy 
va ifodali o`qish san'ati ham sinkretik xarakter kasb etgan. Chunonchi, bu 
davrda badiiy adabiyot yaratuvchilari ayni chog`da uning ijrochilari 
sifatida ko`proq e'tiborga ega bo`lgan. Jumladan, "Avesto"ning 



yaratuvchilari, bora-bora uning professional ijrochilariga aylanib qolgan 
kohinlar toifasi xalq orasida adiblar sifatidagina emas, balki jonli so`z 
sehri bilan mo`jizalar ko`rsatuvchi mutaxassislar sifatida ham katta e'tibor 
qozonganlar. Tarixiy taraqqiyot davomida adabiyot bilan birga ijrochilik 
san'ati ham rivoj topa bordi. Masalan, O`rta Osiyoda shoirlar bilan bir 
qatorda, ularning asarlarini majlis-anjumnalarda, keng mehnatkash xalq 
orasida ijro etuvchi san'atkorlar - roviylar toifasi paydo bo`ladi.
Roviylik va roviylar haqida tarixiy manbalarda qimmatli ma'lumotlar 
uchraydi. Jumladan, Nizom Aruz Samarqandiy ma'lumotiga qaraganda, 
Firdavsiy "Shohnoma"ni ijod etgach, Ali Daylam unga xattotlik, Abudulaf 
roviylik qildi.
Abu Abdullo Rudakiyning roviysi bo`lgan Majid ismli tarixiy shaxs 
haqidagi 
ma'lumotlar 
ham 
qiziqarlidir. 
Mashhur 
sharqshunos 
A.T.Tohirjonov Rudakiy asarlarining Majid ismli professional ijrochisi 
bo`lganligini e'tirof etadi va uni chtetsravi deb ataydi. 
Yirik tojik yozuvchisi, Tojikiston Fanlar akademiyasining muxbir 
a'zosi Sotim Ulug`zodaning ma'lumotlariga ko`ra "roviylar"- badiiy o`qish 
ustalari bo`lib, xaloyiq o`rtasida Rudakiy, Daqiqiy, Shahid Balxiy, 
Abdushukur Balxiy va boshqa o`nlab o`zlariga zamondosh va o`tmish 
shoirlari she'rlarini maxsus ohang bilan o`qirdilar. Xususan, Rudakiyning 
yoqimli she'ru qo`shilari ularning og`zidan tushmasdi.
Ulkan sharqshunos Ye.E.Bertels ham o`rta asrlarda roviylar toifasi 
mavjudligini e'tirof etadi.
Ko`rinadiki, qadimgi badiiy so`z ijrochiligining butun bir yo`nalishi, 
o`ziga xos maktabni tashkil etuvchi roviylar toifasi katta shon-shuhrat va 
ijtimoiy mavqega ega bo`lgan. Biroq, jamiyat taraqqiy qilishi bilan 
roviylik tarmoqlanib, XV asrlarga kelganda, mustaqil badiiy ijrochilik 
ko`rinishlari va ularga mansub ijrochilar toifasi voyaga yeta boshladi. 
Jumladan, Alisher Navoiy XV asrlarga kelib badiiy so`z ijrochiligi 
san'atining voizlik (notiqlik), qissaxonlik, badihago`ylik, bazlago`ylik 
(latifago`ylik), dostonxonlik, qasidaxonlik, g`azalxonlik san'ati shakllanib 
yetilganligi haqida mufassal ma'lumot beradi.
O`zbek badiiy so`z ijrochiligi san'atiga xos bo`lgan bedilxonlik, 
navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, mashrabxonlik bilan birga, qissago`ylik, 
hikoyago`ylik, 
latifago`ylik, 
navhagarlik, 
ertakchilik, 
kulguli 
hikoyago`ylikning taraqqiyoti bu san'atning juda qadimiy va boy tarixga, 
ma'lum an'anaga ega ekanligini anglatadi.
O`rta Osiyo xalqlari pedagogikasi tarixida ifodali o`qish san'atiga 
bo`lgan e'tibor alohida mavqe kasb etadi.



Notiqlik san'atining tarixi juda uzoq bo`lib, u eramizdan avvalgi V 
asr 
boshlarida 
Yunonistonda 
shakllana 
boshladi. 
Yunonistonda 
aristokratiya, demokratiya tuzumining o`rnatilishi natijasida davlat 
ishlarida, xalq majlislarida, senat kengashlarida, sud ishlarida va 
yig`ilishlarda respublikaning har bir ozod kishisi erkin nutq so`zlash 
huquqiga ega bo`lgan.
Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni hohlagan har bir kishi 
uchun chiroyli so`zlash san'atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylana 
borgan.
Sud ishlarida o`rnatilgan tartib notiqlik san'atining yuksalishiga katta 
bir turtki bo`ldi. Sud jarayonida javobgar o`ziga qo`yilayotgan aybning 
asossizligini isbotlab gapirishi, da'vogar esa o`z fikrida qattiq turishi, uni 
qoralashi lozim edi. Lekin hamma ham chiroyli so`zlash qobiliyatiga ega 
bo`lavermaydi. Shuning natijasida, nutq matnlarini yozib beradigan 
bilimdon kishilarga ehtiyoj tug`ila boshladi va yozma nutq san'atini yaxshi 
egallagan notiqlarni o`sha zamon tili bilan "logograflar" deb atay 
boshladilar.
Notiqlik san'atining keng ko`lamda qanot yoyishi esa, o`z navbatida 
uning sud notiqligi, harbiy notiqlik va siyosiy notiqlik kabi 
shoxobchalarining paydo bo`lishiga olib keldi. Sudda gapiriladigan 
chiroyli nutq o`rnini, endilikda aniq qonuniyatga ega bo`lgan sud notiqligi 
egalladi. Oradan bir oz vaqt o`tgach, notiqlikning yana bir turi - 
epideyktik, ya'ni tantanali nutq uslubi paydo bo`ldi.
Bulardan tashqari, notiqlik san'atining rivoji adabiy tilning 
shakllanishiga, notiqlik san'atining nazariyasidan iborat bo`lgan "Ritorika" 
ilmining vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Rimdagi barcha shoirlar va 
notiqlar shu maktabdan, ya'ni ritorika maktabidan ta'lim olganlar.
Notiqlar tomonidan yaratilgan nutq matnlari nasriy va poetik ijod 
mazmunasi hisoblangan. Bunday ijodkor notiqlarning nomi o`z mamlakati 
doirasidan chiqib, jahonga ma'lum va mashhur bo`lgan. Aristotel, 
Demosfen va Sitseronlar shular jumlasidandir.
O`rta Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo`lgan Aristotel 
eramizdan avval, 384 yili Stagir (Makedoniya yarim orolidagi Xalkidik)da 
shifokor oilasida dunyoga keladi. Uning otasi Nikomax Aleksandr 
Makedonskiyning nabirasi podsho Aminti II saroyida shifokorlik qildi.
Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu yerda o`z zamonasining 
mashhur olimlaridan bo`lgan Platonga shogird bo`ladi.



342 yili Makedoniya podshosi Filipp o`zining Aleksandr nomli 13 
yoshli o`g`lining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan chaqirib oladi. Bu 
yerda u falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil qiladi.
Shu davrda Gretsyada chiroyli so`zlashga qiziqish kuchayib ketgan 
edi. Buning natijasida qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu maktablarda 
so`z san'ati ustalari - shogirdlar yetishtirib chiqarilar edi. Keyinchalik 
chiroyli so`zlash haqida qo`llanmalar maydonga keldi. Shunday asarlardan 
biri Aristotelning "Ritorika" nomli kitobidir. Buyuk olim uni mashhur 
"Poetika" nomli asaridan so`ng, ya'ni eramizdan oldingi 330 yillarda 
Afinaga so`nggi marta qaytib kelganda yozgan edi.
Ma'lumki, ungacha Anaksimen, Lampsak ham "Ritorika" nomli 
qo`llanma yaratgan edi. Bu ikki asar bir-biriga tamoman o`xshamaydi. 
Ularning birinchisi qo`llanma bo`lsa, ikkinchisi chiroyli so`zlash 
nazariyasi bo`yicha ilmiy mulohazalardan iborat.
Aristotel har bir jumlaning asosiy fikrini ifoda etishga qaratilishi, 
ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo`lishini talab etadi. U 
notiqning hissiyot bilan so`zlashi mulohaza yuritayotgan fikrining 
tinglovchi qalbiga tez yetishiga muhim omil bo`lishini alohida uqtiradi. 
Bundan tashqari, Aristotel notiqning auditoriyani o`ziga jalb etishi uchun 
hazil-mutoiba so`zlar bilan lirik chekinish qilib tinglovchilarni 
hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko`rgazmali qurollardan 
foydalansa, har xil epitet, chog`ishtirish va metaforalarni qo`llasa, 
nutqining ta'sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar 
ko`payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo`ymasligi kerakligini ham 
ta'kidlaydi.
Aristotel notiqlik san'atini egallashni5 qismga bo`lib o`rgatadi: 
1. 
Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash). 
2. 
Materialni joylashtirish shakli (rejasi). 
3. 
Materialni eslab qolish (o`zlashtirish). 
4. 
Materialni so`z yordamida to`g`ri aks ettirish.
5. 
Materialni to`g`ri talaffuz etish.
Aristotel fikrlari hozirgi kunda ham o`z qimmatini yo`qotgani yo`q.
Umrini ona-Vatanining gullab-yashnashiga bag`ishlagan davlat 
arbobi, mashhur notiq Demosfen eramizdan oldingi 384 yili Afinada 
o`ziga to`q oilada dunyoga keldi. Uning otasining ismi ham Demosfen 
bo`lib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi edi.
Demosfen notiqlik bilan shug`ullanishdan avval o`z ustozi yo`lidan 
borib, boshqalarga sudda so`zlanadigan nutqning matnini yozib berar va 
bu ishlari uchun yaxshigina haq olar edi. Bora-bora nutqiy matnlar yozish 



Demosfenni qoniqtirmaydi. U otashin vatanparvar sifatida ijtimoiy 
faoliyatini vatanining ravnaqi uchun sarflashni orzu qiladi.
Yosh notiqning xalq oldidagi birinchi nutqi ayanchli holda: to`polon, 
kulgi, qiyqiriq, hushtak chalib masxaralash bilan qarshi olinadi. U o`z 
nutqini tugatolmay minbardan tushishga majbur bo`ladi.
Demosfen nutqining bunday ayanchli tugashi tabiiy edi, chunki 
uning tovushi juda past bo`lib, bir oz duduqlanar, "r" harfini talaffuz 
etolmas, g`uldirab, mujmal gapirar edi. Bulardan tashqari, uning elkasini 
qimirlatib turadigan odati ham bo`lib, ko`pchilik orasida o`zini tog`ri tuta 
bilmas edi.
Xalq majlislaridan birida Demosfen o`zini ikkinchi bor sinab 
ko`radi. Lekin bu safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shundan so`ng 
Demosfen o`z nutqidagi kamchiliklarni boshqa takrorlamaslik uchun 
astoydil bosh qotiradi. Har kuni bir necha soatlab noto`g`ri talaffuz 
etayotgan so`zlari ustida qayta-qayta mashq qiladi. Hatto og`ziga tosh 
solib olib, qattiq va ravon gapirishga harakat qiladi. "r" tovushini to`g`ri 
talaffuz etish uchun esa kuchuk bolasining irillashini kuzatadi va o`zi ham 
xuddi shu tovushni qaytaradi.
Nihoyat uzoq muddatli tinimsiz mashqlardan so`ng Demosfer o`z 
maqsadiga erishadi: mashhur notiq bo`lib etishadi. Ammo, shunga 
qaramay, u hech qachon tayyorgarliksiz nutq so`zlamas, oldindan yozib 
qo`yilgan matnni yodlab olar, har bir so`z ustida puxta o`ylar, jumlalarni 
aniq va chiroyli tuzishga harakat qilar edi. Ulug` notiqning nutqi shu qadar 
sodda, ravon, mantiqan puxta va jozibali bo`ldiki, bu faqat mashaqqatli 
mehnat samarasi edi.
Mark Tulliy Sitseron eramizdan oldingi 103 yilda Rimdan uzoq 
bo`lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keladi. Uning bolalik 
yillari Arpina shahridagi otasiga qarashli yerlarda o`tadi. Otasi o`z 
farzandiga yaxshi ta'lim-tarbiya berish maqsadida Rimga ko`chib o`tadi. 
Sitseron u yerda yunon tili va adabiyotini mukammal egallagach, 
Yunonistonning mashhur so`z ustalari Litsiniy Krass va Mark Antoniy 
kabi notiqlardan so`z san'atining nozik sir-asrorlarini o`rganadi, ularning 
ajoyib nutqlarini tinglaydi.
Bo`lajak notiq, ayni vaqtda, falsafa bilan ham shug`ullanadi. Lekin 
uni ko`proq notiqlik san'ati qiziqtiradi. Sitseron notiqlarning turli mimika 
va harakatlari bilan so`zlashayotganini ko`rib, notiq bo`lish uchun 
aktyorlikdan ham xabardor bo`lish kerak ekan, degan xulosaga keladi. 
Shuning uchun Ezop va Rossiy kabi o`z davrining mashhur aktyorlaridan 
saboq oladi.



Sitseron uzoq tayyorgarlikdan so`ng, 25 yoshida birinchi marotaba 
xalq oldida nutq so`zlashga jur'at etadi. U avval grajdanlik, so`ngra jinoiy 
ish jarayoni bo`yicha gapiradi. Biroq, uning bu nutqida davlat 
boshliqlaridan Sull hamda Kott ismli mashhur notiqlar qarshi chiqadi. 
Shundan keyin, u ritorika va falsafa fanlaridan mukammalroq nazariy 
bilim olish maqsadida zamonasining buyuk notiqlaridan hisoblangan Antio 
Askalonskiydan ta'lim oladi, mashhur so`z ustalaridan o`rganish niyatida 
Kichik osiyoning bir qancha shaharlarini kezib chiqadi.
U ancha vaqtgacha nutq so`zlashda yangi usullar qidiradi. Nihoyat 
Osiyo hamda Attika usullari omixtasidan iborat bo`lgan yangi bir uslub 
kashf etadi.
Sitseron o`z - zamonasining ko`pchilik so`z ustalari singari, o`z 
faoliyatining ilk davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyliligi, iboralarning 
jonliligi, jumlalarning nafis bo`lishiga katta e'tibor beradi.
Sitseronning fikricha, notiq shunchaki, sud ishlarining barcha qonun-
qoidalarini yaxshi biladigan qonunparast emas, balki davlat ishlarini 
chuqur tushunadigan xalq qayg`usiga hamdardlik qila oladigan davlat 
arbobi bo`lmog`i kerak. Shuning uchun notiqlik san'atiga qiziqqan har bir 
kishi faqat ritorika ilmiga oid ibtidoiy bilimlar bilan cheklanmasdan va 
o`zining tabiiy iste'dodiga ishonib qolmasdan, doimo turli fanlarni o`qib-
o`rganmog`i, ilm va madaniyatning yuqori cho`qqilariga intilmog`i darkor. 
Bundan tashqari, "Notiqlar haqida" asarining muallifi notiqlarning odamlar 
diliga qo`rquv, g`azab va qayg`u sola bilishi va aksincha, bu xildagi 
hayajonli holatlardan kishilarni xalos qilib, ularning ruhida xotirjamlik
mehr-shafqat hislarini uyg`ota olishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. 
Uning fikricha, agar notiq odamlarning turli-tuman xarakterlarini sezmasa, 
inson tabiatiga xos umumiy xususiyatlarni bilmasa va har bir kishini goh 
bezovta qiladigan, goh tinchlantiradigan sabablarni tushunmasa hech 
qachon o`zining maqsadiga erisha olmaydi.
Sitseron "Brut" (47 yil), "Notiq" (56 yil) nomli boshqa asarlarida 
Rim notiqlik san'ati tarixi haqida batafsil fikr yuritib, attikachilarning 
nazariyalariga tamomila qarshi mulohazalar bilan maydonga chiadi. Uning 
ta'kidlashicha, har qanday notiqning ko`zda tutgan asosiy maqsadi - 
tinglovchining zavqini uyg`otib, o`ziga moyil qilishdan iboratdir. Notiq 
sharoitga qarab, mavjud uslublarning hammasidan baravar foydalanishi 
zarur.




Yüklə 304,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin