22
"Agar biror harakat ma'lum bir vaqt me'yorida bajarilsa, tempni
ko`tarish o`sha vaqtni bir oz qisqartirishga olib keladi, natijada yashash
(kechinma)ni ham, shu orada aytiladigan so`zni ham bir oz tezlashtirib,
qisqartirilgan vaqt miqyosiga joylashtirishga to`g`ri keladi".
Agar ifodali o`qish jarayonida temp inobatga olinmasa, nutq so`lg`in,
jonsiz bo`lib, ta'sir kuchi pasayadi. Bunga G`ofur G`ulomning "Sen yetim
emassan" she'ridan olingan quyidagi parcha yaxshi misol bo`la oladi.
Nega cho`chib tushding?
Murg`ak tasavvur.
Go`dak xayolingga
Nimalar keldi?
Shunday qilib, nutq tempi asar mazmuni va muallif maqsadiga ko`ra
goh pasayadi, goh ko`tariladi.
Dostları ilə paylaş: