Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə19/29
tarix27.09.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#149900
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Ma\'rifatdan O\'zbek tili soha MAJMUA

Nutqning aniqligi. Aniqlik ham nutqning kommunikativ sifatini ta’minlovchi shartlardan biridir. Nutqning aniqligi deyilganda, ifodalanayotgan fikrga, voqelikka soʽz va terminlarning muvofiq kelishi tushuniladi. Agar nutq aniq boʻlmasa, soʽzlovchining fikri tinglovchiga toʻla yetib bormaydi, natijada fikr chala tushuniladi, kishilar oʻrtasidagi normal munosabat va muloqot yo‘qoladi. Ma’lumki, aniq nutqning asosiy maqsadi tinglovchining faqat qulogʻini emas, balki qalbini ham zabt etishdir. Ya’ni shakl bilan mazmun mutlaqo mos boʻlmogʻi nutqning aniqligini ta’minlaydigan omillardir. Nutqning aniq boʻlishi uning shakllanishida ishtirok etuvchi nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik omillarga ham bogʻliq boʻladi. Bu esa, til va tafakkurning oʻzaro aloqadorligi bilan o‘lchanadi. Tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar hamda voqeiylik bilan ularning nutqdagi in’ikosi oʻrtasidagi aynan muvofiqlik nutqning aniqligini ta’minlaydi.
Nutqning mantiqiyligi oʻqituvchining faoliyatida ham muhim oʻrin tutadi. Oʻqituvchi mantiqiy nutq egasi boʻlishi uchun unga faqatgina tilni yaxshi bilish emas, balki keng bilim doirasi, tafakkur qobiliyati ham zarur boʻladi. Dars o‘tayotgan oʻqituvchi oʻz mavzusini chuqur bilishi, shu mavzu yuzasidan keng va atroflicha fikr yurita olishi talab etiladi. Bir soʻz bilan aytganda, oʻqituvchi-pedagog darsni muqaddas bilib, mantiqiy soʽzlashi, mantiqiy fikrlashi, umuman, sogʻlom nutq va fikr egasi sifatida oʻz oʻquvchilari qalbidan chuqur joy egallamogʻi kerak. A.G.Chernishevskiy «Nimani noaniq tasavvur qilsang,shuni noaniq ifoda etasan, noaniq va chalkash ifoda esa fikrlar chigalligidan dalolatdir» degan edi. Nutqning mantiqiyligi faqat lisoniy hodisa boʻlmasdan, ekstralingvistik hodisa sifatida ham namoyon boʻladi. Agar oʻqituvchi tilning butun qoidalarini yaxshi bilsada, oʻzi fikr yuritayotgan mavzuni yaxshi bilmasa, nutqning mantiqiyligi yuqori darajada boʻlmaydi. Zero, ulugʻ mutafakkir Forobiy to‘gʻri ta’kidlaganidek, «Mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ham tafakkurni haqiqiy yoʻldan olib borish uchun aqlni to‘gʻrilab turadi».

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin