Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»


-amaliy mashg‘ulot. Sohada matn tuzish masalasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə22/29
tarix27.09.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#149900
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Ma\'rifatdan O\'zbek tili soha MAJMUA

14-amaliy mashg‘ulot. Sohada matn tuzish masalasi

O’zaro va tarkiban bog’langan gaplar ketma-ketligidan iborat yozma yoki og’zaki shakldagi yaxlit birlik matn sanaladi.


Matn - bu jumlalarning o’zaro munosabatidan kelib chiquvchi xabardir.
Hikoya matni. Matnning bu turi asosan so’zlashuv va badiiy asarlarda qo’llaniladi.
Afrika qabilalaridan birida jinoyat qilgan odamni sazoyi qilish, qamab qo’yish, qatl etish degan gaplar yo’q ekan. Tanho o’zini qabiladan haydab yuborisharkan, xolos… Aslida, odam uchun yolg’izlik eng oliy jazodir. (O’tkir Hoshimov)
Tasviriy matn o’zaro so’zlashuvlar, badiiy asarlar va nutqning boshqa shakllarida qo’llaniladi.
Temurbek qaddi-qomati raso, baland bo’yli, keng peshonali, qoshlari quyuq, ko’zlari katta-katta bir yigit edi. Ko’z qarashi mayin, muloyim bo’lib, kuchli, o’ktam ovoz bilan gapirar, shoshilmas, ovozida kishini o’ziga tortuvchi qandaydir joziba sehr yashiringandi. Qur`on tushirganda, ovozi nomdor qorilarniki singari shirali va yoqimli eshitilardi. (Muhammad Ali)
Muhokama matni. Dunyoda shunday hunarlar borki, birining xatosini ikkinchisi tuzatishi mumkin. Paxsakash xatosini suvoqchi, suvoqchi xatosini bo’yoqchi; to’quvchi aybini bichiqchi, bichiqchi aybini tikuvchi “yopib yuborsa” yuborar…
Dunyoda shunday hunarlar borki, xatosini hech kim tuzata olmaydi. Bular – shifokor va huquqshunos. Ular inson hayotini, inson qimmatini hal qiladi.(O’tkir Hoshimov)
Matnlar axborot uzatish usuliga ko’ra og’zaki va yozma matnlarga ajratiladi. Ma’lumki, gap tilning eng yuqori pog’onasini tashkil etuvchi birlik sanaladi.Ammo gap nutqiy jarayonda eng kichik birliklar sirasiga kiradi.Shuning uchun ham gapni matnning qurilish materiali sifatida talqin etish masadga muvofiq.
Hajm belgisiga ko’ra matnlar minimal matn (mikro) va maksimal matn (makro) ga ajraladi.
Ba’zi adabiyotlarda kichik, o’rta va katta matnlarga ajratiladi.
Mikro matnlarga rasmiy uslubda: telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kiradi. Badiiy uslubda: qatralar, maqol, matal va aforizmlar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar kiradi.
Maksimal (makro) matn deyilganda keng ko’lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi.
Badiiy uslubda hikoya, roman, epopeya kabi asarlar makro matn sanaladi. Bunday matnda eng kichik butunlik abzatzga, eng katta butunlik bob (qism yoki fasl)larga tog’ri keladi, matn tarkibida epigraf, so’zboshi (muqaddima) va so’ngso’z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin.



Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin