Topshiriq. Nutqning aniqligiga putur yetkazuvchi so‘zlarga 20 ta misol yozing.
13-amaliy mashg‘ulot. Sohada fikrni aniq ifodalash yo‘llari
Til - umumiy, nutq esa xususiy hodisadir. Nutq so‘zlovchining saviyasiga, uslubiga, o‘rin vamavqeyiga qarab har xil bo‘ladi.
Og‘zaki nutq o‘zaro muomala tilidir, undan o‘zaro suhbatlarda, ma’ruzalarda, radioda, telefonda, uy va oila muomalasida foydalaniladi. Har ikki nutq shakli oldiga bir xil talablar qo‘yiladi.
Fikrning aniq va tushunarli bo‘lishi, jumlaning to‘g‘ri, ravon hamda ta’sirli tuzilishi har qanday nutqning bosh fazilatidir.
So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (hol-xol, yod-yot, sof-sop, sher-she`r va b.), gapda so‘zlarni tartib bilanjoylash kabilar vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G‘o‘za va paxta o‘zaro juda yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay, «g‘o‘za terildi», «paxta gulladi» deyish xatodir. Aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, soddalik, tozalik, joziba (ta’sirli so‘zlash) kuchi har qanday nutqning eng muhim belgilaridir. Qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish (gishtin polli, zamonaviy bino; dadam va opam keldi...); so‘zlarni to‘g‘ri bog‘lash (qaror yozildi - qarorni emas),takror va keraksiz ifodadan qochish (turgan joyida turib qoldi), qo‘shma gapni me’yori bilan tuzish, chet so‘zlarni zo‘rma-zo‘raki - ehtiyojsiz ishlatish nutqni g‘aliz, mantiqsiz qiladi.
Til va nutq umumiylik - xususiylik, imkoniyat - voqelik, mohiyat-hodisa qarama-qarshiligini o‘zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi, bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o‘z ifodasini topadi.
Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun, u umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo‘ladi. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi.
Til - aloqa quroli, u vosita.Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun,nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. Navoiy aytganidek: «So‘zingni buyuk qilsang, o‘zingga buyuklik keltirasan».Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish barcha jonzotlarga xos xususiyatdir.
Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha shaxslar orasida (dialog) yuz beradi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi.
Topshiriq: D.Karnegining “O‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlash san’ati” kitobini o‘qing, o‘z fikringizni bayon qiling
Dostları ilə paylaş: |