Nepal valyuta tizimi jahon moliya tizimi bilan o'zaro bog'liq bo'lib, unga turli iqtisodiy va geosiyosiy omillar ta'sir ko'rsatadi. Bu mamlakat ichida ham ichki, ham xalqaro savdo-iqtisodiy faoliyatni osonlashtirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi.Bunga javoban Nepal Rastra banki raqamli valyutalar sohasidagi o'zgarishlarni diqqat bilan kuzatib bordi va raqamli valyutalarni mamlakat pul tizimiga kiritishning mumkin bo'lgan xavflari va afzalliklarini baholadi. Dunyoning ko'plab mamlakatlarida bo'lgani kabi, Nepal ham raqamli valyutalar valyuta kursi va kengroq moliyaviy manzaraga qanday ta'sir qilishi mumkinligini diqqat bilan ko'rib chiqmoqda. Nepalning NRB va pul tizimini boshqarish iqtisodiy va moliyaviy tamoyillarni har tomonlama tushunishni, shuningdek, markaziy bank sohasida tajribani talab qiladi. NRBning siyosati va harakatlari Nepalning umumiy iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi va samarali boshqaruv makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror o'sishga erishish uchun juda muhimdir.
Nepalning pul manzarasini tushunish uning valyutasini shunchaki qadrlashdan tashqari, bu jonli xalqning iqtisodiy yurak urishini ochib beradi. Nepal rupisi o'zining aniq nominallari va Nepal Rastra bankining diqqatli ko'rinishi bilan an'anani zamonaviylik bilan uyg'unlashtirgan millatning moliyaviy mohiyatini qamrab oladi. Nepal rivojlanishda davom etar ekan, uning valyutasi ham bu Himoloy marvaridining mustahkamligi va dinamikligini aks ettiradi Xulosa
1-topshiriq
O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi nizom
To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar
1. To‘lov talabnomasi mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan unda ko‘rsatilgan summani to‘lash to‘g‘risidagi mablag‘larni oluvchining talabi nazarda tutilgan to‘lov hujjati hisoblanadi.
To‘lov talabnomasi faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga taqdim etilishi mumkin, bundan chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga taqdim etiladigan to‘lov talabnomalari mustasno.
2. To‘lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek mablag‘larni oluvchi hamda to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin.
3. To‘lov talabnomalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
akseptli to‘lov talabnomasi, unga muvofiq to‘lov talabnomasida nazarda tutilgan to‘lovlar mablag‘larni to‘lovchi tomonidan akseptlanganidan keyin amalga oshiriladi;
akseptsiz to‘lov talabnomasi, unga muvofiq to‘lov talabnomasida nazarda tutilgan to‘lovlar mablag‘larni to‘lovchining roziligi bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
To‘lov talabnomalari qog‘oz shaklda yoki Tizim orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
4. Tovar yetkazib beruvchi to‘lov talabnomasining “To‘lov maqsadi” grafasida:
shartnoma turi, sanasi va tartib raqami;
tovarni jo‘natish (topshirish) sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish-topshirish hujjatlari raqami hamda transport turi, tovarlar pochta aloqasi orqali jo‘natilganda — pochta kvitansiyalarining raqami;
tovarlar sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilganda “__-son ishonch xati asosida sotib oluvchining transport vositasi bilan olib chiqib ketilgan” degan yozuv ko‘rsatiladi.
5. Qog‘oz shakldagi to‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ikki nusxada tuzilgan reyestr bilan birga unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki to‘lovchining bankiga taqdim qilinadi.
Reyestrning birinchi nusxasi tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan hamda tashkilot muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak, bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan reyestrda muhr izining mavjudligi talab etilmaydi.
Reyestrning birinchi nusxasi qabul qilish sanasi ko‘rsatilib, bank mas’ul xodimining imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qo‘yilgan bank shtampi bilan tasdiqlangan holda bankda qoladi.
Reyestrning ikkinchi nusxasi bank tomonidan qabul qilingan sanasi ko‘rsatilib, mas’ul xodimning imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qo‘yilgan bank shtampi bilan tasdiqlangan holda mablag‘larni oluvchiga qaytariladi.
6. Qog‘oz shaklidagi akseptli to‘lov talabnomalari:
a) mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bankning bitta filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi.
Bunda to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi bankda qoldiriladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi nusxasi keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay (bundan mablag‘larni to‘lovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar mustasno), bank tomonidan qabul qilish sanasi ko‘rsatilib akseptlash uchun mablag‘larni to‘lovchi yoki uning vakiliga topshiriladi;
b) mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bir bankning turli filiallari yoki turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. To‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchining bankiga taqdim qilingan bo‘lsa, to‘lov talabnomasining barcha nusxalari mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi. Bunda mablag‘larni to‘lovchining bankida to‘lov talabnomasining:
birinchi nusxasi bankda qoldiriladi;
ikkinchi nusxasi keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay (bundan to‘lovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar mustasno), bank tomonidan qabul qilish sanasi ko‘rsatiladi va akseptlash uchun to‘lovchi yoki uning vakiliga topshiriladi.
To‘lov talabnomasi kelib tushganligi haqida mablag‘larni to‘lovchiga xabar berish hamda Tizimdan foydalanuvchi mablag‘larni to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomasi bilan tanishganligini tasdiqlash tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.3
7. Akseptli to‘lov talabnomasining nusxasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga kelib tushgan kundan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmasdan, mablag‘larni to‘lovchi yoki uning vakiliga “To‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari” jurnalida va ushbu to‘lov talabnomasi birinchi nusxasining yuqori o‘ng burchagiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi. Bunda topshirilgan akseptli to‘lov talabnomasi 1-son kartotekada hisobga olinadi.
Tizim orqali topshirilgan akseptli to‘lov talabnomalarining olinganligi mablag‘larni to‘lovchi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Bunda ushbu to‘lov talabnomalarining hisobi elektron shakldagi “To‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari” jurnalida yuritiladi hamda 1-son kartotekada hisobga olinadi.
8. Akseptli to‘lov talabnomalarini akseptlash muddati ular mablag‘larni to‘lovchiga topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab besh operatsiya kunini tashkil qiladi.
Bunda mablag‘larni to‘lovchining arizasiga asosan akseptli to‘lov talabnomalari ular topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab o‘n operatsiya kuni ichida akseptlanishi mumkin.
Mablag‘larni to‘lovchi mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar va muddatlarda yozma yoki elektron ravishda to‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la yoki qisman rad etishi mumkin.
9. Akseptli to‘lov talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab o‘n operatsiya kuni ichida bank tomonidan mablag‘larni to‘lovchiga topshirish imkoni bo‘lmagan, shu jumladan ushbu muddatda mablag‘larni to‘lovchi Tizimga kirmagan hollarda to‘lov talabnomasiga bank tomonidan “Mijozning kelmaganligi sababli ijro etilmadi” degan yozuv kiritiladi va ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.
Bunda, mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan o‘n operatsiya kuni ichida mablag‘larni to‘lovchining topshirig‘iga asosan uning hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish, shu jumladan naqd pul berish operatsiyalari amalga oshirilgan bo‘lmasligi kerak, bundan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali yuborilgan to‘lov topshiriqnomalari asosida to‘lovlarni amalga oshirish holatlari mustasno.
10. Mablag‘larni to‘lovchining to‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la yoki qisman rad etish to‘g‘risidagi arizasida rad etish sabablari ko‘rsatiladi hamda uning shaxsiy varaqchasida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan imzolanadi (Tizim orqali yuborgan hollarda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi).
11. Akseptli to‘lov talabnomasi to‘lovchining ruxsati bilan ijro qilinadi. Debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi, yetkazib berilgan tovarlar (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar) bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomaning to‘lov talabnomasiga ilova qilinishi mablag‘larni akseptsiz ravishda hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lmaydi.
12. Akseptli to‘lov talabnomasi qisman rad etilganda, to‘lov akseptlangan summa doirasida amalga oshiriladi. Mablag‘larni to‘lovchining banki akseptlash qisman rad etilganligi haqida mablag‘larni oluvchining bankini uch operatsiya kuni ichida xabardor qiladi.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, to‘lov talabnomasi akseptlangan summa doirasida 2-son kartotekada hisobga olinadi.
13. Mablag‘larni to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomasini akseptlash to‘la rad etilganda, to‘lov talabnomasi shu kunning o‘zida 1-son kartotekadan hisobdan chiqariladi hamda to‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la rad etish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi bilan birga mablag‘larni oluvchining bankiga ijro etilmasdan keyingi operatsiya kunidan kechikmagan holda qaytarib yuboriladi.
14. To‘lov talabnomasi mazkur Nizomning 48-bandida belgilangan muddatlarda to‘lov talabnomasini akseptlash yoki rad etish (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risida uning yuqoridagi o‘ng burchagiga mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy varaqchasida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan belgi va imzo qo‘yilgan holda mablag‘larni to‘lovchining bankiga qaytarilishi kerak, bundan to‘lov talabnomalari akseptlash uchun Tizim orqali taqdim qilingan hollar mustasno.
Mablag‘larni to‘lovchi belgilangan muddatda to‘lov talabnomasini akseptlashi yoki rad etishi (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risida ma’lum qilmagan taqdirda, to‘lov talabnomasi bank tomonidan umumiy tartibda akseptlangan hisoblanadi hamda to‘lov amalga oshiriladi.
15. To‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la yoki qisman rad etish sabablari banklar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
16. Mablag‘lar quyidagi hollarda akseptsiz hisobdan chiqariladi:
to‘lov talabnomasiga mablag‘larni to‘lovchining summani tan olganligi to‘g‘risidagi yozma xatining asl nusxasi ilova qilinganda;
banklar tomonidan mablag‘larni to‘lovchining bankiga uning kreditlari va ularga hisoblangan foizlari bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlarni undirish uchun;
bankdan olingan kreditlar va ularga hisoblangan foizlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzdorlikni kafil bo‘lgan shaxsdan undirish uchun, bundan kafilning subsidiar javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan hollar mustasno;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
17. Qog‘oz shakldagi akseptsiz to‘lov talabnomalari bankka:
mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bankning bitta filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi; mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bir bankning turli filiallari yoki turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda to‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchining bankiga taqdim qilingan bo‘lsa, uning barcha nusxalari mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi.
18. Mablag‘larni to‘lovchining banki akseptsiz to‘lov talabnomalari asosida mablag‘larni hisobdan chiqarganda, to‘lov talabnomasi old qismining yuqori o‘ng burchagiga “Akseptsiz” degan yozuv kiritadi va to‘lovni amalga oshiradi.
19. Akseptlangan, qisman akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomasi asosida to‘lov amalga oshirilgandan keyin, mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan to‘lov talabnomasining:
birinchi nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikiladi;
ikkinchi nusxasi mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda to‘lovchiga beriladi. Bunda, to‘lov talabnomasining nusxasini mablag‘larni to‘lovchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
20. Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar yetarli bo‘lgan va to‘lov talabnomalari mazkur Nizom talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, to‘lov mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomalari bank tomonidan 2-son kartotekada hisobga olinadi va mablag‘larning yetarli bo‘lgan qismi doirasida to‘lov amalga oshiriladi, bunda to‘lov talabnomasining orqa tomonida qisman to‘lov amalga oshirilgan sana, qisman to‘langan summa va qoldiq ko‘rsatilib, imzo qo‘yiladi. To‘lov talabnomasi bo‘yicha summaning qolgan qismi mablag‘larning kelib tushishiga qarab to‘lab boriladi.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomalari 2-son kartotekada hisobga olinadi hamda bu haqda uch operatsiya kunidan kechikmay mablag‘larni oluvchining bankiga xabar beriladi va mablag‘larning kelib tushishiga qarab to‘lab boriladi.
Tizim orqali taqdim qilingan to‘lov talabnomalari asosida amalga oshirilgan qisman to‘lovlar hisobi dasturiy ravishda yuritiladi.
21. Akseptli va akseptsiz to‘lov talabnomalarining 2-son kartotekadan hisobdan chiqarilishi sud qaroriga, mablag‘larni oluvchining arizasiga va mablag‘larni oluvchining faoliyati tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomaga asosan amalga oshiriladi hamda ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.
22. Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan elektron shakldagi to‘lov talabnomalari ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Elektron shakldagi to‘lov talabnomasining nusxasini mablag‘larni oluvchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
23. To‘lov talabnomasi bitta operatsiya bo‘yicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, bundan dastlabki to‘lov talabnomasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga kelib tushmagan hollar mustasno.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.A.A.Omonov, T.M.Qoraliev. “Pul, kredit va banklar”. Darslik. TMI..Toshkent – 2012.489 vet
2.Mishkin F. The Economics of Money, Banking and Financial Markets (Global edition 11th Edition)( Den’gi, kredit i banki). Pearson. United Kingdom, 2015
3.Prof. Dr AP Faure. Sentral banking & Monetaty Polisy: An introduction. 1 st edition.2013 Quoin institute (PTY)Limited & Bookboon/com.
4.International banking/Types of Banks _ History of Banking.htm/
5.ekonomicheskoe obozrenie. www.cer.uz
6.www.cbu. uz