Biogeotsenozlarga xos xususiyatlari. Biogeotsenozlar bir qator xususiyatga ega bo’lib, bu xususiyatlar ularning uzoq muddat davomida barqarorligini taminlaydi. Bu xususiyatlarga biogeotsenozlarning o’z-o’zini yaratishi (tiklashi), barqarorligi, o’z-o’zini boshqarishi, rivojlanishi va ekologik suksessiya (ekosistemalarning almashinishi) kabilar kiradi.

Biogeotsenozlarning o’z-o’zini yaratish xususiyati deyilganda biogeotsenoz tomonidan energiya oqimining yo’naltirilishi tirik organizmlar va anorganik tabiat o’rtasidagi moddalar va energiyaning biologik aylanishini ta’minlash tushuniladi.
Produtsentlar tomonidan o’zlashtiriladigan quyosh energiyasi, suv va
anorganik moddalar organik birikmalar shaklida to’planib, biogeotsenozning tirik tarkibiy qismlarining hayotiy jarayonlari uchun sarflanadi. O’simlik va hayvon organizmlarida hayotiy jarayonlarda hosil bo’ladigan va tashqi muhitga ajratiladigan qoldiqlar redutsentlar tomonidan minerallashtiriladi va qaytadan moddalar aylanishiga qaytariladi. Nafas olish jarayonida tashqi muhitga ajraladigan karbonat angidrid gazi produtsentlar tomonidan fotosintez jarayonida foydalaniladi va aerob organizmlarning nafas olishi uchun zarur kislorod hosil bo’ladi.
Biogeotsenozlarning barqarorligi. Bu xususiyat biogeotsenozlarning o’z tuzilishini, tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar xarakteri va boshqa ko’rsatkichlarini nisbatan doimiy holatda saqlash xususiyatidir. Biogeotsenozlarning barqarorligi turlar xilma-xilligi bilan ta’minlanadi.
Shunday qilib, biogeotsenoz biotsenoz va biotopning majmuasi bo’lib, unda moddalarning va energiyaning davriy aylanishi amalga oshadi. Produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar ekosistemalarning funksional tarkibiy qismlari hisoblanadi.