Redutsentlar – o‘simlik qoldig‘i va hayvon jasadi o’zida energiya saqlaydi. Nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvonlardagi organik modda mikroorganizmlar, ya'ni saprofit holda yashovchi bakteriya va zamburug‘lar ta'sirida parchalanadi. Bunday organizmlar redutsent deb ataladi.

Saprofitlar o‘zidan maxsus fermentlar ajratib chiqaradi. Organik qoldiqlar sekin - asta bakteriyalar va zamburug‘lar hayot faoliyatida parchalanib, hazm bo‘ladi. Parchalanish tezligi ham har -xil bo‘lishi mumkin. Hayvon jasadi, ahlatlari bir necha haftalar talab etsa, qulab tushgan daraxt tanasi va moxlar bir necha yilda chirishi mumkin.
Biogeotsenoz populyatsiyalari orasidagi bog‘lanishlarni - turlarning oziqlanish xarakteri va energiya hosil qilish usullari belgilaydi. Organizmlar oziqlanish usuliga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
Avtotroflar (asosan yashil o‘simliklar. Organik moddalarni sintezlash uchun atrofdagi anorganik birikmalardan foydalanadi).
Geterotroflar ( hayvon, odam, zamburug‘, bakteriyalar. Avtotroflar hosil qilgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi).
Zamburug‘lar biotsenozda turlicha rol o‘ynaydi. Ular orasida o‘simlik va hayvonlarda tekinxo‘r holda yashovchi va ko‘pchiligi organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchilar bo‘lib, ular redutsentlar deyiladi. Ammo shu bilan birga ko‘pchilik zamburug‘larning meva tanalari jamoadagi hayvonlar uchun sevimli ozuqa bo‘lishi ham mumkin. Bunda ular konsumentlar hisoblanadi.

Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar hisoblanib, ular organik moddalarni mineral moddalarga parchalab beradi.
Demak, yuqorida aytib o‘tilgan organizmlar guruhi o‘rtasida keskin chegara qo‘yib bo‘Imaydi, chunki konsumentlar (hayvonlar, zamburug‘lar, tekinxo‘r o‘simliklar) ayni vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajarishi mumkin.