Populyatsiyalar sonining o‘zgarishiga tasodifiy hodisalar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rmon va to‘qayzorlardagi yong‘inlar daraxt, buta hayvonlari populyatsiyasining qisqarishiga, suv toshqini, muzliklar, ob-havoni keskin o‘zgarishi quruqlik hayvonlariga ta’sir qiladi. Masalan, mamontlarning yoki boshqa ulkan sudralib yuruvchilarning qirilib ketishiga ob-havoning (Shimoliy yarim shardagi) o‘zgarishi kuchli ta’sir qilgan. Ekologik tizimdagi ijobiy omillarning ko‘pligi tur miqdoriy zichlikning ortishiga, salbiy ko‘rsatkichlarning ortishi esa uning kamayishiga sabab bo‘ladi. - Populyatsiyalar sonining o‘zgarishiga tasodifiy hodisalar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rmon va to‘qayzorlardagi yong‘inlar daraxt, buta hayvonlari populyatsiyasining qisqarishiga, suv toshqini, muzliklar, ob-havoni keskin o‘zgarishi quruqlik hayvonlariga ta’sir qiladi. Masalan, mamontlarning yoki boshqa ulkan sudralib yuruvchilarning qirilib ketishiga ob-havoning (Shimoliy yarim shardagi) o‘zgarishi kuchli ta’sir qilgan. Ekologik tizimdagi ijobiy omillarning ko‘pligi tur miqdoriy zichlikning ortishiga, salbiy ko‘rsatkichlarning ortishi esa uning kamayishiga sabab bo‘ladi.
EKOLOGIK TIZIMLARNING TARKIBIY QISMLARI VA ULAR O‘RTASIDAGI ALOQA TIPLARI - Muayyan ekologik sharoitdagi energiya manbasi yordamida o‘zaro. energiya, modda orqali bog‘liqlikdagi bo‘lgan, biologik modda aylanuv jarayonini amalga oshiruvchi tirik va tirik bo‘lmagan komponentlar yig‘indisi ekologik tizim deb ataladi. Ekologik tizimlar o‘lchamlariga ko‘ra, juda xilma-xil va turlicha o‘lchamlarda bo‘ladi. Masalan, nina bargli, keng bargli o‘rmonlar, o‘tloq, ko‘l, dengiz yoki akvatoriya ekotizmlari planetar yirik masshtabli ekotizmlar bo‘lsa, hovuzlar, suv omborlari, hattoki, akvarium ham ekotim modeli bo‘lishi mumkin.
Ekologik tizim-tarkibiy qismlarining funksional jihatidan 3 ta blokka: - Ekologik tizim-tarkibiy qismlarining funksional jihatidan 3 ta blokka:
- 1. Quyosh - energiya manbasi;
- 2. Jonsiz komponentlar: tog‘ jinslari, tuproq (tirik organizmlarsiz), atmosfera (tirik organizmlarsiz) va suv (tirik organizmlarsiz);
- 3. Tiriklik tarkibiy qismlari. Bularga shu ekologik muhitdagi butun tirik organizmlar o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |