alomatlikni baholashgaturli yondashuvlar mavjud bo’lib,salomatlikka oid fazilatlarni shakllantirish ular uchun asos bo’ladigan belgilar quyidagi guruhlarga ajratiladi
alomatlikni baholashgaturli yondashuvlar mavjud bo’lib,salomatlikka oid fazilatlarni shakllantirish ular uchun asos bo’ladigan belgilar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Jismoiny garmonik rivojlanish darajasi
2. Asosiy funktsional tizimlar va butun oraginzmning rezerv imkoniyatlari
3. Organizmning immunitet himoyasi va nospetsifik rezistetnlik darajasi
4. Surunkali va tug’ma kasalliklar, rivojlanish nuqsonlari bor-yo’qligi.
5. Inson salomatligini ruhiy va ijtimoiy qulayliklarni aks ettiruvchi shaxsiy xususiyatlar darajasi.
Turmushda ishlatiladigan salomatlik bilan bog’liq atamashunoslik salomtalik darajasi turlicha bo’lishini hamma tan olayotganligi haqida guvohlik beradi. Kundalik hayotda ko’pincha “sog’lig’i zaif”, “sog’lig’i mustahkam” va h.k iboralar ishlatiladi. Mustahkam salomatlikka ega inson kasalliklarga chidamli bo’ladi.
Salomatlikning yosh va jinsiy xususiyatlari.
Hayotning jinsiy jihatiga e’tibor berish. Jinsiy yaqinlikni tark etmang, hatto yosh o’tishi bilan yugurish yoki suv muolajalari kabi o’zingizni majbur qiling. Jinsiy hayotning muntazamligi – barcha a’zo va tizimlar uchun optimal biologik chiniqtirish mashg’uloti deyish mumkin.
Jinsiy bezlar. Erkaklik jinsiy bezlari-urug’don va ayollik jinsiy bezlari- tuxumdon ikki xil funktsiyani bajaruvchi bezlardir. Ular tashqi sekretorlik funksiyasini bajarganda spermatozoid va tuxum hujayra ishlab chiqaradilar, ichki sekretorlik funksiyasini bajarganda gormonlar ishlab chiqaradilar.
Testosteron erkaklik jinsiy gormoni hisoblanib, birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlantiradi. Odatda o’g’il insonng jinsiy balog’atga etishi qizlarnikidan 1,5-2 yil keyin bo’ladi. Balog’atga etish jinsiy organlarning kattalasha boshlashi bilan xarakterlanadi va ularning o’sishi 17-18 yoshgacha bo’ladi. Testosteron tanada oqsillar sintezini kuchaytiradi, shuning uchun ham balog’atga etish davrida muskullar tez rivojlanadi.
Testosteron erkaklarda jinsiy qobiliyatni kuchaytiradi, asab tizimi tonusini yaxshilaydi va hokazo. Erkaklik jinsiy gormonlari 20-29 yoshlarda eng ko’p bo’lib, keyin asta-sekin kamayib keta boshlaydi.
Ayollar jinsiy gormonlari. Bu gormonlarning aktivligi va hosil bo’lishi ma’lum sikl bilan xarakterlanadi va uni ovorol-menstrualsike deyiladi.
Bu sikl odatda to’rtta davrga bo’linadi: ovulyasiya oldi davri, ovulyasiya davri, ovulyasiyadan keyingi davr, tinchlik davri. Birinchi, ya’ni ovulyasiya oldi davri tuxumdonda follikulalarning kattalashishi bilan xarakterlanadi. SHu folikulalardan birortasi tuxumdondan tashqari chiqadi, uning tarkibida tuxum hujayra bo’lib, o’zidan estrogen gormonini ajratib turadi. Bu xotin-qizlarga xos jinsiy belgilarni rivojlantiradi. Qiz bolalarda jinsiy etilish 9 yoshlarda boshlanadi, bu vaqtda ichki jinsiy organlar kuchli taraqqiy eta boshlaydi. Ko’krak sut bezlarining rivojlanishi qiz bolalarda 10 yoshdan boshlanib, 14-15 yoshlarda tugallanadi. Taxminan 12-13 yoshlarda menstruatsiya (hayz ko’rish) sikli boshlanib, ikkinchi tartibli jinsiy bezlar ham rivojlana boshlaydi. 15-16 yoshlarga kelib qiz bolalarda tuxumdon katta xotinlardagi kabi doimiy takrorlanuvchi siklga ega bo’ladi. Folliq’ula pishib etilganidan keyin u yoriladi va tuxum hujayra tuxum chiqaruvchi yo’lga tushadi. Bu jarayonni ovulyasiya deyiladi. Odatda, bu holat oldingi menstyrasiyadan roppa-rossa 14 kundan keyin boshlanadi va bu vaqtda qonda estrogenlar eng ko’p bo’ladi.Folikulalarning qolgan qismi sariq tanaga aylanadi. Sariq tana tez kattalashib ichki sekresiya bezi vazifasini bajaradi va o’zidan progesteron gormonini ajratib turadi. Uning faoliyati tufayli urug’lanuvchi tuxum hujayraning rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Agar tuxum hujayra urug’lanib qolsa, boshqa follikulaning pishib etilmasdan turishini ham mana shu sariq tana bajaradi. Agar tuxum hujayra urug’lanmasa ovulyasiyadan keyingi davr boshlanadi. Sariq tana organizmdan chiqarib yuboriladi va bu menstaruasiya davri bilan tugallanadi. Keyin tinchlik davri boshlanadi. Ma’lum vaqt o’tishi bilan oldingi davrlar takrorlanadi va hokazo.
Mensturasiya davri bilan bog’liq qon kelishi har 28 kunda qaytarilib, 3-5 kun davom etadi. Har bir menstruatsiya davrida taxminan 50-250 ml qon yo’qoladi.
Jinsiy bezlarning aktivligi gipofizning oldingi qismi adenogipofizdan ajraladigan gormonlar bilan boshqarilib boriladi. Bularga follikulostimulyasiya qiluvchi gormon kiradi. SHundan follikulostimulyasiya qiluvchi gormon xotin-qizlarda estrogenlar ajralishini hamda follikulalarning tezroq pishib etilishini ta’minlaydi, erkaklarda esa urug’donlardagi spermatogenez jarayonini tezlashtiradi.Insonlarning (nerv) asab tizimi tashqi muxitni ta’siriga juda sezgir bo’lib kasalliklar, xayajonlanish, siqilish, tanglik, emotsional va aqliy zo’riqish bolani asablarini keskin bushashtirib yuboradi va o’quvchida astenik xolat rivojlanadi. Har bir bolani astenik bexoililcbushashish nimjonlik xolatga tushib kolish sabablarini to’g’ri aniqlash kerak va bolaga qanday qilib yordam berish yullarini belgilash zarur. Qaysi dakikadan boshlab bola pedagog, psixoiog baiki shifokor yordamiga ham muxtojdir. Bu xolda bolani o’qishini pasayib ketishini sabablari aqliy zo`riqishdan, aqliy zaiflikda emas. Aqliy faoliyatini susayishi, faoliyat ritimini sekinlashishi, materialni uzlashtirishini va xotirani pasayishi bolada umumiy nimjonlikni natijasi, aqliy rivojlanishdagi nuqsonlarni emas.