Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Atrof muhit muhifozasi. Tabiatni asrab avaylash ,uni muhofaza qilishga doir hulq atvorni shakllantirish



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə19/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
valeologiya maruza matni

Atrof muhit muhifozasi. Tabiatni asrab avaylash ,uni muhofaza qilishga doir hulq atvorni shakllantirish. O’zbekiston respublikasining ayrim shahar va viloyatlarida keyingi yillarda atrof muxitning haddan tashqari ifloslanishi jamoatchilikni bezovta qilmoqda. Sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan chiqqan zaharli moddalar aholi orasida allergiya, nafas olish, oshqozon - ichak, yurak-qon tomir, nerv sistemasining har xil kasalliklari ko’payishiga sabab bulmokda.Tabiatni asrab avaylash ,uni muhofaza qilishga doir hulq atvorni shakllantirish uchun tushuntirish ishlari olib borilayapdi. Axolini bunday zaharli moddalar ta’siridan muxofaza kilish uchun korxonalarga tozalash uskunalari, avtomobillarga zaharli gazlarni zararsizlantiruvchi qurilmalar – katalizatorlar o’rnatilishi zarur. SHuningdek, shahar, kishloklarni ko’kalamzorlashtirish, gigiena qoidalariga rioya qilish ham bu borada asosiy tadbir.
Tuproq, Suv va havo gigienasi.
Tuproqning ustki qavati murakkab mineral birikmalar kompleksidan (90-99 %) va organik moddalardan (1-10 %) iborat. Mineral qismi asosan qum, tuproq, oxak, loy va ular tarkibiga kiruvchi kremniy, aluminiy, kaltsiy, magniy tuzlari va boshqalardan, organik qismi o’simliklar qoldig’i va xayvonlar organizmi maxsulotlari chirish natijasida xosil bo’ladigan chirindidan (gumus) iborat.
Tuproqning bu qavati juda ko’p miqdorda miqroblar saqlaydi.
Tuproqning diologik tuzilishiga qarab quyidagicha tafovut qilinadi: qum tuproq (80% dan ortiqrog’i qum), qumloq, tuproq (60 % dan ko’prog’i tuproq), sog’ tuproq, sho’rxok (xloridlarga boy), qora tuproq (20 % dan ko’prog’i chirindi), torfli tuproq va boshqalar.Tuproq qattiq zarrachalardan iborat bo’lib, uning oralig’i xavo yoki suv bilan to’lgan ozod bo’shliq xosil qiladi. Diametri 3 mm dan oshiq bo’lsa, tuproq zarrachalariga tosh va shag’al, birdan to 3 mm gacha bo’lganlariga qum va 1 mm dan kam bo’lsa mayda qum, tuproq, chang va loyqa kiradi.
Tuproq zarrachalarining kattaligi muxim gigienik axamiyatga ega bo’lib, tuproqning xossasini xavo o’tkazish xolatini belgilaydi. Donasi yirik tuproq mayda donali tuproqqa qaraganda ko’p o’tkazadi, shu sababli ularda kislorod aylanishiga qulay sharoit mavjud va organik modalarning oksidlanishiga, bu esa tuproqning o’z-o’zidan chiqindilardan tozalanishiga yordam beradi. Tuproq xavosida organik moddalarning parchalanishi tufayli kislorod kam, atmosferaga qaraganda karbanat angidrid ko’p bo’ladi.Tuproqning boshqa muxim gigienik axamiyati uning namni o’ziga tortishi, o’zida suvni ushlab qolish xususiyatidadir.Tuproq doimo xar xil chiqindilar bilan ifloslanadi va agar ular tozalanish qobilyatiga ega bo’lmaganida edi, unda erda xayot bo’lmas edi. Tuproq organik moddalarni epedimiologik jixatdan juda xavfli noorganik moddalar mineral tuzlar va gazlarga aylantirish mumkin. Bu juda xam murakkab protsess o’z-o’zidan tozalanish deb aytiladi. U shunday yuz baradi: tuproqqa tushgan organik moddalar o’zidagi kasal tug’diradigan mikroblar va gijja tuxumlari bilan qisman filtirlanib, ushlanib qoladi va yutilib ketadi. Bioximiyaviy, mikrobiologik va boshqa protsesslar ta’sirida axlatlar tuproqdan o’tib yoqimsiz hidini, zaharliligini va boshqa xususiyatlarni yo’qotadi, ximiyaviy tarkibi radikal o’zgarishga uchraydi. CHiqindilarning uglevod qismi tuproqda korbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi; yog’lar glitserin va kislotalarga parchalanadi, shundan keyin karbanat angidrid va suvgacha oksidlanadi; oksillar aminakislotalarga parchalanadi va undan azot ammiak formasida ajralib chiqadi va keyin oksidlanib va nitrat va nitrit kislotalarga parchalanadi. .Organik moddalar bilan ifloslangan tuproq xar xal mikroorganizmlar, g’ijjalar tuxumi xashoratlar qurti saqlanadigan va rivojlanadigan yaxshi sharoit xisoblanadi, ular orasida infeksiya va gelmintlarni tarqatadigan qo’g’atuvchilar bo’lishi mumkin. Mikroblarning eng ko’p miqdori tuproqning uski qavatida 1-2 sm gacha chuqurlikda bo’ladi, undan chuqurlikda borgan sari ularning miqdori kamayib 4-6 m chuqurlikda umuman bo’lmadi. Axoli yashaydigan joylarda yaxshi qurilgan tosh yo’l va kanalizatsiyalarning yo’qligi sababli xovli va ko’chalardagi tuproqning bakteriya va gijja tuxumlari bilan ifloslanishi ayniqsa quyosh nuridan saqlangan soya joylarda juda ko’p bo’ladi.
Tuproq shuningdek gijjalarning o’sishi va rivojlanishiga manba bo’lib xisoblanadi. Ular unda uzoq muddatda saqlanishi mumkin. Gijja tuproqqa kasallar axlatidan geogelmintlar turiga qarab tuxum xolatiga tushadi va bu erda to lichinka bosqichiga rivojlanadi. Odam organizmiga geogelmintlarning tuxum va lichinkalari tuproq yoki qum bilan ifloslangan sabzavotlarni qo’l bilan eyilganda yuqadi. Geogelmint-ankilostom bilan kishi teri orqali kasallanadi. Tuproqda, shuningdek parazitlik qilib yashaydigan xashoratlar: pashsha, chivin, so’na va boshqa yuqimli kasalliklarni tashuvchilar yashaydi.
Axoli yashaydigan joylarda ochiq sport inshoatlari qurishga maydon tanlashda uning bateriologik ko’rsatkichiga axamiyat beriladi. Ba’zan tuproqning yuqori qavati olib tashlanishi o’rniga yangi tuproq solinadi. U yolg’iz sport texnik talablarni qondirishdan tashqari, sanitariya-epidemiologiya talablarni xam qondirishi kerak. Qishloq sharoitida sport maydonini qurishda xayvonlari saqlangan joydan foydalanish mutloq man etiladi.
Shaharlar va aholi yashaydigan joylarda tuproqning ifloslanishdan ratsional ravishda ahlatlarni va chiqindilarni uzoqlashtirish va zarasizlantirish muxim rol o’ynaydi. Umumiy shaxar kanalizatsiyasi radikal sistema xisoblanib, undan butun xo’jalik najas va yomg’ir suvlari trubalar orqali shahar chetiga tozalash stantsiyasi chiqarib tashlanadi.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin